Oddiy askarlar tarkibi
oddiy askar
|
matros
|
Serjantlar va starshinalar tarkibi
|
kichik serjant
|
2-darajadagi starshina
|
serjant
|
1-darajadagi starshina
|
katta serjant
|
bosh starshina
|
starshina
|
kemaning bosh starshinasi
|
Praporshchiklar va michmanlar tarkibi
|
praporshchik
|
michman
|
katta praporshchik
|
katta michman
|
Kichik ofitserlar tarkibi
|
kichik leytenant
|
kichik leytenant
|
leytenant
|
leytenant
|
katta leytenant
|
katta leytenant
|
kapitan
|
kapitan-leytenant
|
Katta ofitserlar tarkibi
|
mayor
|
3-darajadagi kapitan
|
podpolkovnik
|
2-darajadagi kapitan
|
polkovnik
|
1-darajadagi kapitan
|
Oliy ofitserlar tarkibi
|
general-mayor
| |
general-leytenant
| |
general-polkovnik
| |
armiya generali
| |
O‘zbekiston Respublikasi Marshali
| |
Zaxira yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvonlariga tegishincha “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.
3. Harbiy unvonlar “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq beriladi.
4. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan mahrum qilish og‘ir jinoyat uchun mahkum etilganlarida sudning qaroriga binoangina mumkin bo‘ladi.
Askar, matros, serjant va starshina lavozimlarida (oddiy askar va matros unvoniga ega shaxslardan tashqari) muddatli xizmatni va bitimga binoan xizmatni o‘tayotgan praporshchiklar (michmanlar), harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizomiy Ustavida belgilangan tartibdagina harbiy unvondan mahrum etishlari yoki ularning harbiy unvonlari pasaytirilishi mumkin.
5. Harbiy unvonni tiklash “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.08.00 Harbiy lavozim]
6-modda. Harbiy lavozimlar
1. Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar O‘zbekiston Respublikasi harbiy qismlarining, harbiy boshqaruv idoralari va muassasalarining, harbiy o‘quv yurtlarining shtatlarida nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oliy rahbarlik lavozimlariga tayinlash O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan, boshqa lavozimlarga tayinlash esa O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
2. Harbiy lavozimlar:
oddiy askarlar tarkibi lavozimlari;
serjantlar va starshinalar tarkibi lavozimlari;
praporshchiklar lavozimlari;
ofitserlar tarkibi lavozimlaridan iborat bo‘ladi.
3. Harbiy xizmatchilar o‘z roziligiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida harbiy xizmatdan qoldirilgan, shuningdek ijtimoiy himoyalanish huquqlari saqlangan holda davlat-huquq va mudofaa yo‘nalishidagi vazifalarini bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga ishga yo‘llanishi mumkin.
4. Harbiy xizmatchilarni xizmatda yuqori lavozimga o‘tkazish “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilab beriladi.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
7-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklari va farqlovchi nishonlari
1. Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatga majburlar yig‘inlarda ishtirok etayotganda harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlar O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
2. Qaysi idoraga tegishli ekanligidan qat’i nazar, ishchi va xizmatchilar uchun harbiy xizmatchilarning kiyim-kechagini va farqlovchi nishonlarini joriy etish taqiqlanadi.
3. Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan holda fuqarolarning harbiy kiyimda yurishi, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklarini va farqlovchi nishonlarini tahqirlash yoki xo‘rlash O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq jazolanadi
II. BOB. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYoRLASh
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
8-modda. Chaqirish yoshiga etmaganlarni va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash
1. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilar bilan tayyorgarlik ishlari olib boriladi, bu ish quyidagilarni qamrab oladi: o‘spirinlarni chaqirishga qadar tayyorgarlikdan o‘tkazish; chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari bo‘yicha tayyorlash; harbiy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlash; jismoniy jihatdan tayyorlash, davolash-sog‘lomlashtirish ishlari o‘tkazish; umumiy olgan ta’limining saviyasini oshirish; davlat tilini o‘rgatish; vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
2. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligi ostida viloyatlar, nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalarning hokimliklari tomonidan amalga oshirilib, bu idoralar o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini pul bilan ta’minlaydilar, moddiy-texnika ta’minotini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini vujudga keltiradilar va o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash uchun javobgar bo‘ladilar.
Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini amalga oshirilishini va bu ishning natijalarini nazorat qilib borish, chaqirishga qadar bo‘lgan tayyorgarlikni dasturiy va uslubiy jihatdan ta’minlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek o‘quv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
9-modda. Chaqirishga qadar tayyorgarlik ishlari
O‘spirinlarni chaqirishga qadar tayyorlash ishlari, shu jumladan ularni fuqarolar mudofaasiga tayyorlash ishlari majburiy fan bo‘lib, umumiy ta’lim maktablarida (shu jumladan gimnaziyalar, litseylar va o‘rta umumta’lim o‘quv yurtlarining boshqa turlarida), hunar-texnika bilim yurtlarida bitirish yili arafasidagi sinflarda, kurslarda shtatdagi harbiy rahbarlar tomonidan o‘qitiladi.
Chaqirishga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan o‘spirinlar chaqirishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi hokimliklari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda uyushtiriladigan mudofaa-sport-sog‘lomlashtirish lagerlarida chaqirishga qadar qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tadilar.
10-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari bo‘yicha tayyorlash
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisoslari bo‘yicha tayyorlash, ya’ni:
hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilari orasidan bo‘lgan chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga kiritilgan sohaga o‘xshash ixtisoslar bo‘yicha tayyorlash — bevosita ana shu bilim yurtlarida;
ishlovchi va vaqtincha ishlamayotganlar jumlasidan, shuningdek hunar-texnika bilim yurtlarida harbiy ro‘yxatga kiritilgan ixtisosga daxli bo‘lmagan mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasidan bo‘lgan chaqiriluvchilar tayyorlash — O‘zbekiston Respublikasi mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining o‘quv tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Bunday ta’limga 17 yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan hamda o‘qishni bitirgach harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
Harbiy-texnika ixtisosliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ixtisosliklarning va dasturlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining maktablarida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlashni pul bilan ta’minlash uning Markaziy Kengashi orqali respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
11-modda. Oliy o‘quv yurtlarida zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash
1. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlarining talabalariga oliy o‘quv yurtlari aro harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) ta’lim berish orqali amalga oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli talabalar (27 yoshgacha bo‘lgan erkaklar) harbiy tayyorgarlik kursini, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talaba xotin-qizlari — harbiy tibbiy tayyorgarlik kursini o‘taydilar.
Talabalarni harbiy tayyorgarlik kurslariga qabul qilish ixtiyoriy asoslarda (talabalarning shaxsiy arizalariga binoan) amalga oshirilishi mumkin. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar harbiy tayyorgarlikni yuqori kurslarda o‘taydilar.
2. Oliy o‘quv yurtlari aro o‘quv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) harbiy tayyorgarlik kursini o‘tgan, ta’lim dasturini o‘zlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan shaxslar kichik leytenant unvoni olganlaridan keyin zaxiradagi ofitserlar hisobiga kiritiladilar. Oliy o‘quv yurtlari aro o‘quv markazlarida ta’lim kursini muvaffaqiyatli tugallab, ofitser lavozimida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan erkak talabalar dastlabki ofitserlik unvoni olganlari va oliy o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin qo‘shinlarga jo‘natilishlari mumkin. Bunda oliy o‘quv yurtida o‘qish davri harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi.
Oliy o‘quv yurtlarining kichik kurslarida serjantlar tayyorlash dasturini o‘tgan yoki yuqori kurslarda harbiy ta’lim olishni davom ettirishni rad etgan, harbiy tayyorgarlik ta’limi olish istagini bildirmagan talabalar (oliy o‘quv yurtini bitirgandan keyin) ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tashga jalb etiladilar.
3. Zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar (qo‘mitalar) zimmasiga yuklatiladi.
Oliy o‘quv yurtlariaro harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarining (harbiy kafedralar yoki sikllarning) yo‘nalishlarini, zaxiradagi ofitserlar ixtisoslarining ro‘yxatini Mudofaa vazirligi belgilaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
4. Tarkibida oliy o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlari (harbiy kafedralar yoki sikllar) tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari harbiy tayyorgarlikni alohida modda bo‘yicha pul bilan ta’minlaydilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazani yaratadilar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlarining, harbiy kafedralar (sikllar)ning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimiga ushbu kelishgan holda, boshqa lavozimlarga esa — oliy o‘quv yurtlarining rektorlari bilan kelishgan holda ofitserlar tanlash va tayinlashni amalga oshiradi.
Oliy o‘quv yurtlariaro o‘quv markazlarining, harbiy kafedralarning (sikllarning) harbiy lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kadri sifatida qoladilar va haqiqiy harbiy xizmatdagilar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar.
12-modda. Harbiy o‘quv yurtiga kirishga va harbiy xizmatga tayyorlash tartibi. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash-sog‘lomlashtirish ishlari. Umumta’lim tayyorgarlik saviyasini oshirish. Davlat tilini o‘rganish. Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
1. Harbiy o‘quv yurtiga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumta’lim o‘quv yurtlarida (gimnaziyalarda, litseylarda), O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining tashkilotlarida, harbiy o‘quv yurtlari qoshidagi tayyorlov kurslarida yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
2. Chaqirish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarni jismoniy jihatdan tayyorlash jismoniy tarbiya dasturiga muvofiq xalq ta’limi, jismoniy tarbiya va sport davlat boshqaruvi idoralari, sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi mudofaa-sport-sog‘lomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi.
3. O‘spirinlar o‘rtasida davolash-sog‘lomlashtirish ishlari sog‘liqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ularning turar joylarida, ish yoki o‘qitish joylarida, davolash-oldini olish va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida tashkil etiladigan o‘smirlar xonalari va poliklinikalarida uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi.
15 — 17 yoshdagi o‘spirinlar har yili chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
4. Ta’limni boshqarish davlat idoralari chaqirilish yoshiga etmaganlar va chaqiriluvchilarning tarbiya, umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rishlari, davlat tilini yaxshi bilmaydigan yoki mutlaqo bilmaydigan o‘smirlar bilan davlat tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazishni uyushtirishlari va o‘tkazishlari shart.
13-modda. Harbiy xizmatga tayyorgarlikka jalb etiladigan fuqarolarning huquq va majburiyatlari
1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda hunar-texnika ta’limining o‘quv tashkilotlarida, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatining o‘quv tashkilotlarida harbiy-texnika ixtisosliklari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishga jalb etilgan fuqarolarning ish o‘rni va egallagan lavozimi ularning yuqoridagi vazifalarni bajarishlarining butun davrida, shu jumladan o‘qish (yig‘in) o‘tkaziladigan joyga borish va orqaga qaytish davrida saqlab qoladi.
2. Chaqiriluvchilarning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida ijaraga olgan uy-joylarga qilgan xarajatlari, o‘qish joyga borish va u yerdan qaytishning (basharti, boshqa aholi punktiga borish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa) yo‘lkira qiymati, shuningdek o‘rtacha oylik ish haqi asosiy ish joyida to‘lanadi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek kun kechirishning belgilangan eng kam miqdoridagi nafaqa hokimiyatlar tomonidan to‘lanadi.
3. Harbiy-texnik ixtisoslar bo‘yicha chaqirishga qadar tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etilgan fuqarolar mashg‘ulotlarda qatnashishlari shart.
[
OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
III BOB. FUQAROLARNI ChAQIRISh PUNKTLARIDA QAYD ETISh. HARBIY XIZMATGA ChAQIRISh VA QABUL QILISh (KIRISh)
14-modda. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish
1. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish o‘spirinlarni ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini aniqlash, umumta’lim saviyasi, egallagan ixtisosi va jismoniy tayyorgarligini bilib olish maqsadida o‘tkaziladi.
Fuqarolarni qayd etish uchun nohiyalarda (shaharlarda) chaqiriq uchastkalari tashkil etiladi.
2. Chaqiriq uchastkalarida har yili yanvar — mart oylarida shu yil 17 yoshga to‘ladigan fuqarolar qayd etiladilar.
Qayd qilish qayd qilinadigan fuqarolarning turar joylaridagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralari tomonidan o‘tkaziladi.
Chaqiriq uchastkalarida qayd qilinadigan fuqarolarni vrachlar, shu jumladan jarrohlar, terapevtlar, asab kasalliklari, ruhiy kasalliklar, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zaruratga qarab boshqa ixtisosdagi vrachlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadilar.
3. Uy-joydan foydalanish tashkilotlari, uylardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va muassasalar, uy egalari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchilarni dastlab ro‘yxatga olish vazifasi yuklatilgan hokimiyatlar, korxonalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlarining kadrlar bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilagan muddatlarda har yili tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga chaqiriq uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan o‘spirinlarning ro‘yxatini beradilar.
4. Chaqiriq uchastkasida qayd etish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari idoralariga kelib, zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.
5. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish ishlarini o‘tkazish uchun nohiyalarda (shaharlarda) tegishli komissiyalar tuziladi.
6. Chaqiriq uchastkalarida qayd etilgan fuqarolar chaqiriluvchilar deb hisoblanadi. Ularga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorlash tartibi tushuntiriladi, qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar.
15-modda. Chaqiruv yoshi. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish
1. Tinchlik vaqtida salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan va chaqiruv kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmish yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
(15-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Vazirlar Mahkamasining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilinganidan keyin har bir chaqiriluvchi, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan chaqiriluvchi chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatga kiritilmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy istiqomat joyidan vaqtincha boshqa joyga ketib qolgan va u yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari idoralariga borishlari shart.
2. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar va o‘quv yurtlarining rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiriq uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart.
3. 18 yoshga to‘lgan va 18 yoshdan katta chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi, qaror e’lon qilinganidan keyin esa faqatgina ayrim hollarda, basharti chaqiriluvchi mudofaa ishlari idoralariga:
boshqa joydagi ishga o‘tkazilganligini;
yangi istiqomat joyiga ko‘chib o‘tganligini;
o‘quv yurtiga qabul qilinganligi va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotganligi yoki o‘quv yurtini tugatib, yo‘llanma bo‘yicha ishga jo‘natilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etganidan keyin harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishi mumkin.
4. Quyidagilar:
fuqaroning chaqiriq uchastkasiga shaxsan kelishiga imkon bermagan kasalligi;
yaqin tug‘ishganining vafot etgani yoki og‘ir betobligi;
fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uni ko‘rsatilgan uchastkalarga va muddatlarda shaxsan etib kelishiga to‘sqinlik qilgan tabiiy ofat va shunga o‘xshash boshqa vaziyatlar fuqaroning mudofaa ishlari idoralari belgilagan muddatlarda chaqiriq uchastkalariga etib kelmaganligining uzrli sabablari hisoblanadi.
Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
5. Tinchlik vaqtida:
ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga muvofiq chaqiruvdan ozod etilgan;
o‘tkazilayotgan dastlabki surishtiruv yoki tergov daxldor bo‘lgan shaxslar; jinoiy ishga daxldor bo‘lgan shaxslar ish to sudda uzil-kesil qarab chiqilib, ayblov yoki oqlov xulosasi chiqarilgunga qadar;
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar muddatli xizmatga chaqirilmaydilar.
16-modda. Chaqiruv komissiyalari
1. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga chaqiruvini o‘tkazish uchun nohiyalarda, shaharlarda, viloyatlarda, Qoraqalpog‘istan Respublikasida chaqiruv komissiyalari tuziladi. Chaqiruv komissiyalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘istan Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va nohiya hokimlari tomonidan viloyat, shahar va nohiya harbiy boshqaruv idoralarining muqarrar ishtirokida belgilanadi.
Yuqori turuvchi chaqiruv komissiyalari zimmasiga:
chaqiruv muddatini kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod qilganlik qay darajada to‘g‘ri ekanligini tekshirish;
chaqiriluvchilarni harbiy kasb-korlarga tayinlashda ularning tajribasi, qobiliyati, qiziqishlari va shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olishi qay darajada asosli bo‘lganligini nazorat qilish:
fuqarolarning nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining xatti-harakatlari ustidan qilgan shikoyatlarini qarab chiqish vazifalari yuklatiladi.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlarni, shuningdek nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining tibbiy ko‘rik natijalariga hamda qaroriga noroziligini bayon etgan shaxslarni harbiy qismlarga jo‘natishdan avval nazorat tarzida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini ko‘rib chiqish va bekor qilish huquqiga egalar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasining qarorlari ustidan davlat boshqaruvi idoralari va mansabdor shaxslarning fuqarolar huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda xalq sudiga shikoyat qilishi mumkin.
2. Harbiy xizmatga chaqirilayotgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq mutaxassis vrachlarning tibbiy ko‘rigidan o‘tishlari shart.
3. Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga, uning ma’naviy va kasbiy xislatlarini o‘rganishga, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganib chiqish natijalariga muvofiq nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasi:
harbiy xizmatga yaroqliligi va qo‘shin turini belgilagan holda harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi;
muqobil xizmatga yaroqliligi va muqobil xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi;
salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizligi to‘g‘risidagi;
ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga asosan muddatli xizmatga chaqirishni kechiktirish yoki chaqirishdan ozod qilish to‘g‘risidagi;
salomatligiga ko‘ra tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqsizligi, urush vaqtida cheklangan ravishda yaroqliligi va zaxiraga o‘tkazish to‘g‘risidagi;
harbiy ro‘yxatdan chiqargan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish to‘g‘risidagi qarorlardan birini qabul qiladi.
17-modda. Chaqirish muddatini kechiktirish
1. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish muddatini uzaytirish:
fuqarolarning oilaviy sharoiti, salomatligining yomonlashganligi munosabati bilan o‘qishni davom ettirishlari uchun nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Quyidagi chaqiriluvchilarning chaqirish muddati oilaviy sharoitga ko‘ra uzaytiriladi, chunonchi:
a) chaqiriluvchining otasi va onasi yoki ulardan biri mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib ular bilan birga yoki ayrim holda istiqomat qilishdan qat’i nazar, o‘zlarini boqishi shart bo‘lgan boshqa mehnatga qobiliyatli o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onalarning mehnatga qobiliyatsizligi amaldagi qonunlarga muvofiq aniqlanadi;
b) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli onasi yolg‘iz bo‘lib, uning 16 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo‘lsa-yu, istiqomat joyidan qat’i nazar, amaldagi qonunlarga muvofiq onasiga moddiy yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli boshqa bolalari bo‘lmasa;
v) chaqiriluvchining bir farzandi bo‘lib, uni yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan bo‘lsa;
g) chaqiriluvchining ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa, yoki xotini I yoinki II guruh nogironi bo‘lsa.
Ota-onasining vafot etganligi, ularning uzoq muddat betobligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra chaqiriluvchini kamida besh yil davomida o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga teng shaxslar hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rta umumiy ta’lim, hunar texnika bilim yurtlari, kunduzgi diniy o‘rta o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati — to‘liq umumiy ta’lim olgunlariga qadar, lekin ko‘pi bilan 21 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan studentlarga hamda kunduzgi diniy oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan fuqarolarga chaqirish muddati — o‘quv yurtini bitirgunlariga qadar ta’lim olishni davom ettirishlari maqsadida uzaytiriladi.
(17-moddaning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 882-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 266-modda)
O‘quv yurtlaridan intizomsizligi, o‘qishda ulgurmasligi va o‘qishni xohlamasligi sababli haydab yuborilgan shaxslar chaqirilish muddatini uzaytirish huquqidan mahrum bo‘ladilar.
2. Tabiiy ofat ro‘y bergan joylardan ko‘chirilgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan ko‘chirilgan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan 2 yilga kechiktiriladi.
3. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, shuningdek chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan chaqirilishdan ozod bo‘lish asoslari bo‘lmagan shaxslar va turli sabablarga ko‘ra muddatli xizmatga chaqirilmaganlar qo‘shinlarga jo‘natish kunigacha 27 yoshga to‘lgunga qadar navbatdagi chaqirish amalga oshirilayotganda chaqiriladilar.
18-modda. Muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan ozod etish
Tinchlik vaqtida:
tinchlik vaqtida salomatligi yomonlashganligi uchun harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan;
27 yoshga to‘lguniga qadar muddatli harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilmagan;
ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy idoralarning birida diniy rutbaga ega bo‘lgan;
tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki o‘lgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etiladilar.
19-modda. Zaxiradagi ofitserlarni harbiy xizmatga chaqirish
Muddatli xizmatni o‘tamagan 40 yoshgacha bo‘lgan va (17-moddaga binoan) chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega bo‘lmagan ofitserlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan tinchlik vaqtida 18 oy davomida ofitserlar tarkibiga kiruvchi lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilishlari mumkin.
Keyinchalik esa ofitser ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatni o‘tashi mumkin. Bunda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtida ta’lim olish davri va harbiy ro‘yxatdagi ixtisoslikka mos keladigan uzluksiz ish staji harbiy xizmat muddatiga qo‘shiladi.
20-modda. Bitimga binoan harbiy xizmatga (kirish) qabul qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi)
1. Harbiy xizmatning talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar, chunonchi:
chaqiruvga binoan kamida bir yil oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibida xizmatni o‘tagan hamda ixtisosi bo‘yicha tegishli hunar bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar bitimga binoan askarlik va serjantlik lavozimidagi harbiy xizmatga;
19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda xotin-qizlar bajaradigan harbiy xizmatga;
muddatli xizmatni o‘tab bo‘lgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlar — 30 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek 19 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli, tegishli ixtisos tayyorgarligiga ega xotin-qizlar — praporshchiklar lavozimidagi harbiy xizmatga;
17 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘lgan fuqarolar, shuningdek ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy o‘quv yurtlarining kursantlari lavozimidagi harbiy xizmatga;
zaxiradagi ofitserlar va ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonlar berilgan 40 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar — ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda qabul qilinadilar.
2. Harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
21-modda. Fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirilganligi yoki qabul qilinganligi munosabati bilan moddiy ta’minlash
1. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qabul qilingan fuqarolarga ish joyidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishdan bo‘shaganlik nafaqalari to‘lanadi.
2. Fuqarolar harbiy ro‘yxatdan o‘tish, harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishlari uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan (o‘qishdan) ozod etilib, ularning doimiy ish (o‘qish) joyidagi o‘rtacha ish haqi (o‘qish puli) saqlab qolinadi.
3. Harbiy o‘quv yurtlariga kirayotgan fuqarolar o‘quv yurtiga borish va u yerdan qaytish, kirish imtihonlarini topshirish uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan ozod etilib, doimiy ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
4. Mudofaa ishlari idoralari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruvga yuborilgan fuqarolarning tibbiy tekshiruvda bo‘lgan butun davr uchun ish joyi va egallab turgan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi, tekshiruv joyiga borish hamda u yerdan qaytishga ketgan xarajatlarini ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Fuqaro statsionar davolanishga yuborilganida unga ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotganlik nafaqasi to‘lanadi.
IV. BOB. HARBIY XIZMATNI O‘TASh
22-modda. Harbiy xizmatni o‘tash tartibi, harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilab beriladi.
2. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:
a) xizmatni bitimga binoan o‘tayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalar uchun — 45 yoshgacha;
b) oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xotin-qiz harbiy xizmatchilar uchun, shuningdek praporshchiklar va michmanlar uchun — 45 yoshgacha;
v) kichik ofitserlar uchun — 43 yoshgacha;
g) katta ofitserlar uchun — 45 yoshgacha, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — 50 yoshgacha;
d) oliy ofitserlar uchun: general-mayor, general-leytenant harbiy unvonidagilarga — 55 yoshgacha, general polkovnik harbiy unvonidagilarga — 60 yoshgacha, armiya generallariga — 65 yoshgacha qilib belgilanadi.
Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan ofitserlarning, shuningdek yuksak kasb mahoratiga, egallab turgan lavozimida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli ofitserlarning xizmat muddati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri xizmatni bitimga binoan o‘tayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalarning, shuningdek praporshchik va michman lavozimidagi harbiy xizmatchilarning, shu jumladan xotin-qiz harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasini besh yilgacha uzaytirishi mumkin.
Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga etgan harbiy xizmatchilar “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan tartibda zaxiraga bo‘shatilishlari lozim.
23-modda. Harbiy xizmat muddatlari
Harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobda:
a) askar, serjant va starshinalar uchun: xizmatni chaqiruvga binoan o‘tayotganlarga — 18 oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun — 12 oy), birinchi bitimga binoan o‘tayotganlarga 3-yil;
b) askar, serjant lavozimlaridagi xotin-qizlar uchun — birinchi bitimga binoan kamida 3 yil;
v) praporshchiklar uchun — birinchi bitimga binoan kamida 5 yil;
g) harbiy xizmatga zaxiradan chaqirilgan ofitserlar uchun 12 oy, harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda kelganlar uchun — kamida uch yil qilib belgilanadi. Ushbu moddada belgilangan harbiy xizmat muddati tugaganidan so‘ng bu xizmat ofitserlarining istagiga ko‘ra davom ettirilishi mumkin.
24-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi
1. Chaqiriluvchilar va zaxiradan chaqirilgan ofitserlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari idoralariga kelgan kun;
xotin-qiz harbiy xizmatchilar uchun — mudofaa ishlari idoralarining ko‘rsatmasiga muvofiq xizmat joyiga jo‘nab ketilgan kun;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy xizmatga majbur bo‘lgan chaqiriluvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan kun harbiy xizmatning boshlanishi hisoblanadi.
(24-moddaning 1-bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
2. Harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan harbiy xizmatdan bo‘shatilishi, iste’foga chiqishi munosabati bilan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun – harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatning tugashi hisoblanadi.
25-modda. Harbiy o‘quv yurtlari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar kursantlarning va (tinglovchilarning) harbiy xizmatida bo‘lib, basharti, ular ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonga ega bo‘lmasalar — kursantlar deb, agar bunday unvonlarga ega bo‘lsalar — tinglovchilar deb ataladilar.
(25-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
2. Harbiy o‘quv yurtiga kirgunga qadar harbiy unvonga ega bo‘lmagan fuqarolarga o‘qishga qabul qilinish chog‘ida “oddiy askar” harbiy unvoni beriladi, harbiy o‘quv yurtiga kirgunga qadar berilgan boshqa harbiy unvonlar saqlab qolinadi.
Kursantlarning harbiy xizmatni o‘tashiga doir masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlanadigan “Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy o‘quv yurtlari to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari umumqo‘shin ustavlarida belgilab beriladi.
Kursantlar amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar hamda vazifalarni bajaradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridan chiqarilgan kursantlar zaxiraga bo‘shatiladilar yoki agar, muddatli harbiy xizmat muddatini o‘tamagan bo‘lsalar, harbiy xizmatni davom ettirish uchun harbiy qismlarga yuboriladilar.
(25-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
26-modda. Harbiy xizmatdan bo‘shatish
1. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan:
a) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etmagan bo‘lsalar, salomatliklariga ko‘ra urush yoki tinchlik vaqtida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lsalar — zaxiraga;
b) basharti, harbiy xizmatchilar zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan bo‘lsalar yoki harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilsalar — harbiylar ro‘yxatidan chiqarilgan holda iste’foga;
v) basharti, harbiy xizmatchilar belgilangan yosh chegarasiga etishlariga besh yil va undan kam muhlat qolsa-yu, uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘lsalar — yoshga ko‘ra;
g) harbiy-vrachlar komissiyasining harbiy xizmatga yaroqsizlikka doir qaroriga asosan salomatligining yomonlashganligi tufayli;
d) shtatlarning qisqartirilishi, xizmatda foydalanish imkoni bo‘lmagan taqdirda tashkiliy tadbirlar munosabati bilan;
e) xizmatga nomuvofiqligi tufayli;
j) mahkum etilganligi munosabati bilan bo‘shatiladilar.
V BOB. ZAXIRADAGI XIZMAT
27-modda. Zaxiradagilar ro‘yxatiga olish. Zaxira toifalari
1. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirishdan ozod etilgan fuqarolar (salomatligining yomonlashganligi tufayli harbiy hisobidan chiqarilganlardan tashqari) zaxiradagilar ro‘yxatiga olinadilar.
2. Zaxira birinchi va ikkinchi toifalarga bo‘linadi.
Harbiy xizmatda kamida 18 oy xizmat qilib, shu davr ichida harbiy ixtisoslar ro‘yxatiga kiradigan mutaxassislikni egallagan harbiy xizmatga majburlar birinchi toifadagi zaxiraga kiradilar.
12 oydan kam harbiy xizmat qilgan yoki harbiy xizmatga chaqirilmagan harbiy xizmatchilar ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradilar.
Ikkinchi toifadagi zaxiraga kiradigan harbiy xizmatga majburlar o‘quv mashqlari yig‘inida harbiy ixtisoslar ro‘yxatiga kiradigan mutaxassislikni yoki tegishli fuqarolik kasbini egallaganlari taqdirda birinchi toifa zaxiraga o‘tkaziladilar.
Harbiylar ro‘yxatiga olingan xotin-qizlar ikkinchi toifadagi zaxirada bo‘ladilar.
3. Zaxiraga o‘tkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborilishlari mumkin. Bunda harbiy xizmatni o‘tamagan holda salomatligiga ko‘ra zaxiraga o‘tkazilgan harbiy xizmatchilar 27 yoshga to‘lgunga qadar harbiy xizmatga yaroqli deb topilsalar, chaqiruvchilarning ro‘yxatiga qayta kiritilib, ular umumiy asoslarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilishlari lozim.
28-modda. Zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi. Zaxira darajalari
1. Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab uch darajaga bo‘linadi. Uchinchi daraja zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi umuman zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi.
2. Askarlar, serjantlar va starshinalar, praporshchiklar va michmanlarning zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi quyidagichadir:
birinchi darajadagilar uchun — 35 yoshgacha;
ikkinchi darajadagilar uchun — 45 yoshgacha;
uchinchi darajadagilar uchun—50 yoshgacha.
3. Ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslar zaxirada quyidagi eng yuqori yoshgacha bo‘ladilar:
Harbiy unvonlar
|
Yosh chegarasi
|
1-darajadagi zahira
|
2-darajadagi zahira
|
3-darajadagi zahira
|
Kichik ofitserlar
|
45
|
50
|
55
|
Katta ofitserlar
|
50
|
55
|
60
|
Oliy ofitserlar
|
55
|
60
|
65
|
4. Harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar, o‘zlariga berilgan harbiy unvondan qati nazar, uchinchi darajadagi zaxirada bo‘ladilar. Ularning zaxirada bo‘lish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi:
ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun — 50 yosh;
boshqa harbiy xizmatga majbur xotin-qizlar uchun — 40 yosh.
29-modda. Yig‘inlarda qatnashish
1. Harbiy xizmatga majburlar zaxirada bo‘lish vaqtida: o‘quv (sinov) mashqlariga va maxsus mashqlarga chaqiriladilar.
Yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shart-sharoitlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari ushbu Qonun va “harbiy xizmatchilarning maqomi, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonun bilan belgilanadi.
2. Ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan harbiy xizmatga majburlar zaxirada bo‘lish vaqtlarida yig‘inlarga quyidagi muddatlarga chaqiriladilar:
Daraja
|
O‘quv mashqlari yig‘ini muddatlari
|
birinchi daraja
|
har biri bir oy muddatli ikkita yig‘inga
|
ikkinchi daraja
|
har biri bir oy muddatli ikkita yig‘inga
|
uchinchi daraja
|
bir oy o‘quv mashqlari yig‘ini
|
Zaxiradagi ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslar zaxirada bo‘lish vaqtlarida quyidagi muddatlarga o‘quv yig‘inlariga chaqirilishlari mumkin:
Daraja
|
O‘quv mashqlari yig‘ini muddati
|
1 daraja
|
uch yil davomida — bir oygacha muddatga
|
2daraja
|
har biri bir oy muddatli ikki yig‘inga
|
3 daraja
|
bir marta bir oylik yig‘inga
|
3. Harbiy majburlarning yig‘inlarini o‘tkazish muddati va vaqti ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
4. Harbiy xizmatga majburlar yig‘inlar oralig‘idagi davrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rejasiga binoan 10 kunlik muhlatga sinov yig‘iniga jalb etilishlari mumkin.
5. Zaxirada bo‘lish vaqtida jami yig‘inlarning umumiy vaqti 4 oydan oshmasligi kerak. Bunda harbiy unvon olish uchun tayyorgarlik yig‘inida bo‘lish vaqti ham zaxiradagi ofitserlarning yig‘inlarda ishtirok etishi umumiy muddatiga qo‘shiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasining tinch hayot faoliyatiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldini olish yoki uning oqibatlarini tugatish uchun 2 oygacha muddatga maxsus yig‘inlarga chaqirilishlari mumkin.
7. Yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va miqdorlarda naqd pul bilan ta’minlanadilar. Yig‘inda bo‘lishning butun davrida, shu jumladan yig‘in o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan orqaga qaytish uchun ketadigan vaqt davomida ularning egallab turgan lavozimlari (ishlari) saqlab turiladi va ularga ish joyidan o‘rtacha ish haqi to‘lanadi.
Uqtirib o‘tilgan shaxslar yig‘inga borish to‘g‘risidagi chaqiriq qog‘ozini olgan kundan boshlab to yig‘indan qaytgunga qadar ishdan bo‘shatilishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot to‘liq tugatilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda harbiy xizmatga majburlarga taalluqli ish haqi yoki boshqa moddiy to‘lovlar tugatilgan korxona, muassasa yoki tashkilot yoxud ularning huquqiy vorisi tomonidan to‘lanadi.
Shaxsiy sektorda ishlayotgan harbiy xizmatga majburlarni yig‘inlarga chaqirish tartibi, shuningdek ular yo‘qligida ishlab chiqarishga yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lash yo‘l-yo‘riqlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.
Basharti, harbiy xizmatga majbur shaxs yig‘in vaqtida betob bo‘lib qolsa va yig‘inlar tugaganidan keyin ham betob bo‘lsa, uning ish joyi va lavozimi saqlanadi, yig‘in tugagan kundan boshlab esa — unga ish haqi o‘rniga amaldagi qonunlarga muvofiq mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotganlik nafaqasi to‘lanadi.
30-modda. O‘quv mashqlari yig‘inida ishtirok etiщdan ozod qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bronlab qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar o‘quv mashqlari yig‘inida qatnashishdan ozod qilinadilar.
31-modda. Zaxiradagi harbiy unvonlarni berish
O‘quv mashqlari yig‘inida ishtirok etib, ta’lim dasturi bo‘yicha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tashi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilanadigan tartibda zaxiradagi podpolkovnik unvonigacha (podpolkovnik unvoni ham shunga kiradi) navbatdagi harbiy unvonlar berilishi mumkin.
32-modda. Harbiy xizmatga majburlarni iste’fodagilar hisobiga o‘tkazish
Zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan, shuningdek harbiy-vrachlar komissiyasi harbiy xizmatga yaroqsiz deb topgan harbiy xizmatga majburlar harbiy ro‘yxatidan chiqarilib, iste’fodagilar hisobiga o‘tkaziladilar.
VI BOB. HARBIY XIZMATGA MAJBURLAR VA ChAQIRILUVChILARNING HARBIY RO‘YXATGA KIRITILIShI
33-modda. Harbiy ro‘yxatga kiritishning umumiy qoidalari
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatga kiritilishlari lozim. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga kiritish davlatning mavjud bo‘lgan va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilarining hisobini olish va tahlil etish umumdavlat tizimi hisoblanadi. Hisobga olish tiziminiig amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, nohiya va shahar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.
Harbiy xizmatga majburlarning va chaqiriluvchilarning barchasini harbiy ro‘yxatga kiritish ishlari ularning turar joylarida o‘tkazilib, umumiy, maxsus, shaxsiy-sifat ko‘rsatkichi va shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxatga bo‘linadi.
34-modda. Umumiy va maxsus ro‘yxat
Umumiy harbiy hisobda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbar etish davrida va urush vaqtida xalq xo‘jaligi uchun bronlashtirib qo‘yilmagan harbiy xizmatga majburlar bo‘ladilar.
Safarbar etish davri va urush vaqtida xalq xo‘jaligi uchun bronlashtirib qo‘yiladigan harbiy majburlar harbiylarning maxsus ro‘yxatida bo‘ladilar.
35-modda. Shaxsiy-sifat ko‘rsatkichi ro‘yxati va shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxat
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaxsiy-sifat ko‘rsatkichi ro‘yxatini yuritish nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga yuklatiladi.
Mudofaa ishlari idoralari yo‘q bo‘lgan qishloq joylarida, shaharlar va posyolkalarda harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarning shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxatini yuritish ishlari tegishli hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlovchi yoki ta’lim olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni nomma-nom ro‘yxatga olish qaysi idoraga bo‘ysunishi, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish shart-sharoitlaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tomonidan amalga oshiriladi.
36-modda. Harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish
1. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiruv bo‘yicha xizmat qilib zaxiraga bo‘shatilgan shaxslar harbiy ro‘yxatda rasmiylashtirilish uchun turar joylarga qaytib kelganlaridan keyin 3 kunlik muddat ichida mudofaa ishlari tegishli idoralarida hozir bo‘lishlari shart.
2. Turar joyi bir yarim oydan ko‘proq muddatga o‘zgargani, uch oydan ko‘proq muddatga xizmat safari, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgani taqdirda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan so‘ng o‘n kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Urush vaqtida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy istiqomat joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.
3. Ushbu moddaning 2-bandida uqtirib o‘tilgan hollarda harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun harbiy xizmatga majburlar uy-joydan foydalanish idorasiga harbiy biletlarini topshirishlari lozim.
Qishloq joyiga kelgan yoki u yerdan ketayotgan harbiy xizmatchilar harbiy ro‘yxatdan o‘tish yoxud harbiy ro‘yxatdan chiqishni rasmiylashtirish uchun harbiy ro‘yxatga doir hujjatlari bilan tegishli hokimlikka shaxsan kelishlari lozim.
Zaxiradagi ofitserlar harbiy ro‘yxatdan chiqish yoki harbiy ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga shaxsan kelishlari lozim.
4. Olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida istiqomat qiluvchi zaxiradagi ofitserlarni harbiy ro‘yxatga kiritish va harbiy ro‘yxatdan chiqarishni rasmiylashtirish nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi belgilaydigan tartibda shaxsiy-boshlang‘ich hisobni yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan tegishli hokimliklar amalga oshirishlari mumkin.
5. Quyidagi fuqarolar:
a) vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan fuqarolar harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan holda;
b) zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga etgan fuqarolar;
v) harbiy xizmatga chaqirilgan yoki qabul etilgan fuqarolar;
g) boshqa doimiy istiqomat joyiga jo‘nab ketgan fuqarolar;
d) vafot etgan fuqarolar harbiy ro‘yxatdan chiqarilishlari lozim.
37-modda. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va harbiy xizmatga majburlarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etish borasidagi vazifalari
1. Shaxsiy-boshlang‘ich ro‘yxat yuritish vazifasi yuklatilgan hokimliklar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlarining rahbarlari mudofaa ishlari idoralarining talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklardan voqif etishlari hamda ularning chaqiruv bo‘yicha o‘z vaqtida hozir bo‘lishlarini ta’minlashlari shart.
2. Ichki ishlar idoralari:
harbiy ro‘yxatga doir hujjatlarda mudofaa ishlari idoralarining harbiy ro‘yxatga olinganlik yoki undan chiqarilganlik to‘g‘risidagi belgilari bo‘lgan taqdirdagina harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni turar joylarida ro‘yxatga olishlari yoki ro‘yxatdan chiqarishlari;
chaqirish yoshiga etmaganlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yig‘inlarga) chaqiruvini o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda va harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini buzuvchi harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni aniqlashda mudofaa ishlari idoralariga yordam ko‘rsatishlari va ko‘maklashishlari;
umumiy harbiy majburiyatni, shuningdek muqobil xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari idoralariga yetkazib kelishni tashkil etishlari shart.
3. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish idoralari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar o‘z familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirganligi to‘g‘risida, fuqarolik holatini qayd hujjatlariga ularning tug‘ilgan kuni va joyiga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek, harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchilarning vafoti qayd etilgan hollar to‘g‘risida yetti kunlik muddat ichida nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lum qilishlari shart.
4. Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor bo‘lgan chaqiriluvchilar to‘g‘risida, sudlar esa sud qarab chiqayotgan jinoiy ishga daxldor bo‘lgan chaqiriluvchilar to‘g‘risida, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga daxldor bo‘lgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar to‘g‘risida nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Ozodlikdan mahrum etilgan (shu jumladan shartli mahkum etilgan) harbiy xizmatga majburlarning harbiy biletlari va chaqiriluvchilarning guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga yuboriladi.
5. Vrachlardan iborat mehnat ekspert komissiyalari qaysi guruh nogironi ekanligidan qat’i nazar, nogiron deb topilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Chaqiruv o‘tkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari davolash uchun qabul qilingan chaqiruv yoshidagi barcha fuqarolarni uch kunlik muddat ichida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlariga ma’lum qilishlari shart.
6. Uy-joylardan foydalanish idoralarining rahbarlari va uy egalari tegishli mudofaa ishlari bo‘limi va harbiy ro‘yxatni yuritish vazifasi yuklatilgan hokimlikning talabiga binoan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir uy daftarlari, turar joyda ro‘yxatdan o‘tkazishga doir varaqalar, harbiylar ro‘yxatiga doir va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqiriltirilganliklaridan voqif etishlari shart.
7. Oilaviy sharoitlari, sihat-salomatliklari, turar joylari, ma’lumotlari, ish joylari va lavozimlari o‘zgargani taqdirda harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilar o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan joydagi idoraga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
VII BOB. SAFARBARLIK BO‘YIChA ChAQIRISh VA HARBIY XIZMATDAN BO‘ShATISh TO‘G‘RISIDA
38-modda. Urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga Chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qilinishi ehtimol tutilgan harbiy hujumning oldini olish va tajovuzga Qurolli zarba berish maqsadida umumiy va qisman safarbarlik e’lon qilinganda zarur miqdordagi harbiy xizmatga majburlar zaxiradan harbiy xizmatga uch oygacha muddatga chaqiriladi. Bu muddat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Fuqarolarni urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari asosida o‘tkaziladi.
2. Safarbarlik e’lon qilinganida harbiy xizmatda va harbiy yig‘inlarda bo‘lgan barcha fuqarolar maxsus farmoyish berilguniga qadar ushlab turiladilar, harbiy xizmatga majburlar esa harbiy xizmatga chaqiriladilar. Harbiy xizmatchilarning ta’tillari to‘xtatiladi, harbiy xizmatga majburlar o‘zlari harbiy ro‘yxatga olingan joydagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga, harbiy xizmatchilar esa o‘zlari xizmat o‘tayotgan joyga kelishlari shart. Safarbarlik e’lon qilinganida nohiya chaqiruv komissiyalarining chaqiruv yoshidagi fuqarolarni chaqirish muddatini kechiktirish va ularni chaqirishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilinadi. Keyinchalik chaqiruv muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish faqatgina salomatligiga ko‘ra, maxsus ro‘yxatda turganligiga qarab amalga oshirilishi mumkin.
3. Urush vaqtida safarbarlik e’lon qilinganida va undan keyingi chaqiriqlarda harbiy xizmatga 17 yoshdan to ushbu Qonunda belgilangan zaxirada bo‘lish yoshidagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy ro‘yxatda turmagan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar (16 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor xotin-qizlar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin.
4. Urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar faqatgina mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.
39-modda. Urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash
1. Urush vaqtida safarbarlik bo‘yicha va undan keyingi chaqiriqlar bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat) joyida to‘la hisob-kitob qilinadi, ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan bo‘shaganda beriladigan nafaqa va foydalanilmagan ta’til uchun tovon to‘lanadi.
Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslarning egallab turgan uy-joylari o‘z nomlarida qoladi.
2. Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar bo‘yicha harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan ta’minlash (yordam ko‘rsatish va pensiya) mavjud qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda. Safarbarlikdan bo‘shatish
1. Safarbarlikdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan amalga oshiriladi.
2. Harbiy xizmatdan safarbarlikdan so‘ng bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchilarga davlat hisobidan to‘liq kiyim-kechak va poyabzal beriladi. Bunday harbiy xizmatchilarni turar joylarga yetkazib qo‘yish, yo‘lda oziq-ovqat bilan ta’minlash davlat hisobidan amalga oshiriladi.
41-modda. Fuqaro umumiy harbiy ta’limi
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlari uchun urush vaqtida butlash uchun talab qilinadigan miqdordagi xizmatchilarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan barcha fuqarolar uchun majburiy umumiy harbiy ta’lim joriy etiladi. Bu ta’limga:
15 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan — erkaklar;
bolalari bo‘lmagan yoki bolalari 8 yoshdan katta bo‘lgan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan — xotin-qizlar jalb etiladilar.
Fuqarolarning umumiy harbiy ta’limi ishlab chiqarishdan yoki o‘qishdan ajralmagan holda ish, o‘qish yoki turar joylarda amalga oshiriladi.
2. Umumiy harbiy ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda mahalliy hokimiyat idoralari zimmasiga yuklatiladi. Vazirliklar va idoralar, davlat boshqaruvining boshqa markaziy idoralari, hokimiyatlar, korxona, muassasa va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda zarur o‘quv-moddiy bazani yaratadilar, harbiy ta’lim rahbarlarining tanlovini va ularni tayyorlashni ta’minlaydilar.
3. Umumiy harbiy ta’limni o‘tkazish tartibi va bu ta’limdan ozod etiladigan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
VIII BOB. “UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
42-modda. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarning javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilish respublika har bir fuqarosining muqaddas burchidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlari taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni buzishda aybdor bo‘lgan davlat idoralari, korxonalar muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
IX BOB. YAKUNIY QOIDALAR
43-modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy va moddiy ta’minlash
1. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy ta’minlash amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli hokimiyatlar fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularni harbiy xizmatga chaqirish, chaqirilganlarni harbiy qismlarga jo‘natish uchun mudofaa ishlari idoralarini qurilmalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yig‘in) punktlari, dori-darmonlar, asbob-uskunalar, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun mutaxassislarning harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar tayyorgarligi Vazirlar Mahkamasi respublika budjetdan ajratib beradigan mablag‘lar, shuningdek mahalliy boshqaruv idoralari budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan pul va moddiy-texnika bilan ta’minlanadi.
3. Urush vaqtida safarbarlik o‘tkazish rejalarini to‘liq va sifatli bajarish uchun vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar va tashkilotlar, o‘quv yurtlari, jamoa xo‘jaliklari, sho‘ro xo‘jaliklari, kooperativlar tegishli hokimiyatlarning qaroriga binoan tinchlik vaqtida mudofaa ishlari bo‘limlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish punktlari, xalq xo‘jaligi texnikasini to‘lash punktlarini tashkil etadilar, asosiy ish joyidagi vazifalardan ozod etmagan holda ana shu punktlarning shaxsiy tarkibini butlaydilar.
4. Chaqiruv yoshiga etmaganlarni harbiy ro‘yxatga olish va fuqarolarni harbiy xizmatga yoki yig‘inlarga chaqirish, fuqarolarni harbiy ko‘rikdan va takroriy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek chaqirilganlarni harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash vazifalarini bajarishga jalb etilgan mudofaa ishlari idoralari huzuridagi chaqirish yoshiga etmaganlarni chaqirish uchastkalarida qayd etish komissiyalari a’zolarining, chaqiruv komissiyalari vrachlar komissiyalari a’zolarining, vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi yuqorida uqtirib o‘tilgan ishlar bajarilishining butun davrida saqlab qolinadi.
Uqtirib o‘tilgan komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarini saqlashga ketadigan xarajatlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Basharti, yuqorida uqtirib o‘tilgan shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy istiqomat joylaridan tashqarida bajarsalar, ularning istiqomat joylaridan ish joylariga borish va orqaga qaytish, uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa ishlari idoralarining taqdimiga ko‘ra tegishli hokimiyatlar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha sutkalik haq to‘lanadi.
44-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisining, Davlat bojxona qo‘mitasining vakolatlari
Qurolli Kuchlarga, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlariga, Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlariga va boshqa harbiy tuzilmalarga chaqirish va ular safidan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6, 12-moddalarida nazarda tutilgan huquqlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisiga ham beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6 va 26-moddalarida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Favqulodda vaziyatlar vazirining va Milliy xavfsizlik xizmati raisining, Davlat bojxona qo‘mitasining raisining harbiy majburiyatlarni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash tartibiga doir normativ hujjatlari ushbu Qonunning talablariga zid bo‘lmasligi kerak”.
(44-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
644-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 401-modda; 1993-y., 6-son, 266-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda)