Amir Temur qabrini ochish tafsilotlari
Ekspiditsiya a`zolari oldida turgan eng mas`uliyatli vazifa Jahongir Amir Temurning qabrini ochish edi. V.A.Shishkin kundaligidagi yozuvning guvohlik berishicha, bu ishga 19-iyun kuni kirishildi. Uning qabri o`g`illari qabridan ancha farq qilib, o`z salovati va ulug`vorligi bilan ajralib turardi. Qabr 20 sm qalinlikdagi og`ir marmartosh bilan berkitilgan bo`lib, toshning uzunligi 2metr-u 45 sm, eni 90 sm. Bu qabr toshga boshqa yupqa qilib taroshlangan, mahorat bilan yo`nilgan.
ADOLAT TAMOYILLARIGA SODIQLIK (ilmiy tavsiya)
Sharqiy Turkiston-u Hindiston o`lkalaridan tortib Rim (Kichik Osiyo) Shom (Suriya) hamda Misrgacha, Kavkazorti, muzofotlaridan tortib Dashti qipchog`ning keng hududlarigacha bo`lgan mamlakatlarni qamrab olga buyuk imperiya tashkil topdi. Uni iroda etishga Sohibqiron A.Temur mavjud huquqiy me`yorlarga izchil amal qildi. A.Temur o`zining tuzuklarida qayd etganidek, saltanat ishlarining to`qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan amalga oshirildi. Sohibqiron saltanat bayrog`i, zarb etiladigan dinor-u dirhamlarga bosiladigan belgi hamda xos tamg`asidagi “rosti rusti” , ya`ni “haq bo`lsang, najot topasan” yoki “kuch adolatdadir” tamoyillariga bir umr sodiq qoldi. U birinchi galda keng xalq ommasi, chunonchi beva bechoralar, g`arib-u miskinlar, savdogar-u dehqonlar, kosib-u chorvadorlar, hunarmand-u ziyolilar, olim-u fuzalolar, donishmand-u mashoyihlar huquqini muhofaza etishda qonun-qoidalariga roiya qilib, adolatli ish yuritdi.
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida ta`kidlaganidek, Sohibqiron buyuk imperiyada adolat siyosat o`rnatdi. Shu bois ham Movarounnahrning eng chekki joylaridagina emas, balki Xitoy va Xo`tan chegarasidan, Dehli va Hindiston yarim oroli shimoli-g`arbida joylashgan Kanboyit bandargohi atroflarigacha, Kavkaz tog` tizmasining sharqiy qismida Dari al darasida bunyod etilgan. Bobilabvot qal`asidan to Rim va Misr hududlarigacha bo`lgan yerlar tojirlar u yoqda tursin, bolalar-u beva xotinlar ham ipakli, harir matolar, oltin va kumushlardan yasalgan zeb-u ziynat va boshqa eng zarur mollar bilan savdo-sotiq qilganlar. Hech bir kimsa, xoh amaldor, xoh nufuzli yuqori bo`lishidan qat`iy nazar, ularning bir doniga ham ko`z olaytirish yoki bir-biroviga ham ziyon yetkazishdan butunlay mahrum bo`lgan.
Sohibqiron tomonidan olib borilgan siyosat va adolat natijasida saltanat jinoyatchilar, yo`l to`sar-u qaroqchilardan tozalangan. Buzg`unchilik, bosqinchilik, talon-tarojlik singari raiyat oshiga kulfat keltiruvchi salbiy omillarga barham berilgan, sarkashlar gardani itoat halqasiga kiritilgan.
Nizomiddin Shomiyning yozishicha, Amir Temur taniqli va diyonatli olimlardan bir guruhini saltanatning turli chekka o`lkalariga xalqning ahvolidan turmush tarzidan ma`lumot keltirish maqsadida jo`natgan. Ularga tayin etilgan joylarda mamlakat ishlarining ahvolini o`rganish agar birorta mazlumga zulm etgan bo`lsa yoki biror ojiz kishiga zo`ravonlik ravo ko`rilgan bo`lsa ulardan zo`lik bilan olingan narsa isbotini topsa mavjud xazina molidan aziyat chekkanlarga belgilangan miqdorda mablag`ni qaytarib berish sodir bo`lgan ahvolni zudlik bilan ochiq-oydin hukumat devoniga yetkazish vazifasini yuklagan.
Ibn Arabshoh o`zining “Ajoyib al-maktur fi tarixi Tayamur” asaridan keltirilishicha 1382-yili Iroq yerlari sulton Ahmad ibn Shayx Uvays qo`liga olgach, shavqat va ezgulikni unutib, jinoyat yo`liga qadam qo`yadi. Ommaga zulm qilish avjiga chiqadi. U kunlarini jabr-u jafo hamda fasod ishlari bilan o`tkaza boshladi. Fisq-u fujur haddidan oshib, yovuzlik keng quloch yozadi. Insonlarning qoni behudaga to`kiladi. Bag`dod ahli hukmdordan bezib va nafratlanib,Sohibqirondan madad so`raydi. 1393-yilning oktyabrida Amir Temur suvoriy va piyodalardan iborat qo`shini bilan Bag`dodga keladi hamda bu qadimiy shahar ahlini zolim hukmdor zulmidan ozod qiladi. Shahrini tashlab qochishdan o`zga chorasi qolmaga sulton Ahmad Misr sultoni Barquq huzuriga ravona bo`ladi va Sohibqiron vafotiga qadar Bag`dodga qayta qadam qo`yishga jur`at etmaydi.
Sohibqironning yurt obodligi, ulus farovonligi yo`lida fidokorona faoliyati uning bunyodkorlik sohasidagi xizmatlarida yaqqol namoyon bo`lgan. Ko`pgina jahongirlardan farqli o`laroq hayotini bunyodkorlik ishlariga baxshida etgan Amir Temur “Qay bir joydan bir g`isht olsam, o`rniga o`n g`isht qo`yardim, bir daraxt kestirsam, o`rniga o`n daraxt ektirardim”, - deganda to`la haqli edi. Zotan, ibn Arabshoh urug` berganidek, Samarqandda ko`pdan-ko`p bo`stonlar barpo qilinib, baland va mustahkam qasrlar bunyod etildi. Ularning har qaysisi o`ziga xos tarixda ko`rkam va ajib ko`rinishga ega bo`lgan. Bo`stonlar turli navlardagi mevali ko`chatlar bilan to`ldirilgan. Ularga Eram bog`i, Dunyo ziynati, Shimol bog`i Oliy jannat deb nom qo`yilgan. Qasrlar turfa naqshinkor koshinlar bilan ziynatlangan, rangbarang sanalarni aks ettiruvchi sur`atlar tsvir etilgan.
Sohibqiron Samarqandning tevarak atrofi va etak qismlarida ham bir qator kasabalar bunyod etib, ularni Misr, Damashq, Bag`dod, Sultoniya va Sheroz kabimashhur va azim shaharlar nomi bilan atagan. Samarqand va Shahrisabz (Kesh) oralig`ida bir bo`ston barpo qilinib unda bir hashamatli qasr qurilgan va unga Taxta Qaracha deb nom berilgan. Rivoyatlarga ko`ra, qasr quruvchilardan birining yo`qolgan biyasi shu olti oy o`ylab yurgan, so`ng egasi huzuriga qaytgan. Bunyodkorlik ishlaru Movarounnahr shaharlaridan tashqari Turkiston, Eron, Iroq, Kichik Osiyo, Kavkazorti hududlarida ham amalga oshirilgan.
Ma`lumki, Araks va Kura daryolari birlashadigan yerga yaqin bo`lgan Baylaqon shahri 1221-yili mo`g`ullar istilosi davrida vayron etilgan Kavkazortiga qilinga yurishlardan zafar bilan qaytayotgan Sohibqiron Eron zaminida ham yodgorliklar qoldirish niyatida mashhur shaharni qayta tiklashga bel bog`laydi. Uning bevosita rahbarligida qisqa fursatda shahar tarixi chiziladi. Shahar chuqur handak bilan ifoda qilingan, keng devor bilan o`ralgan, to`rtburchak shaklida bozorga ega, ko`pdan-ko`p uy-joylar, hokim yashaydigan saroy, omma to`planadigan maydon va chechakzorlardan iborat edi. Shahar devoriy aylanasining uzunligi 2 400 gaz (1 gaz – qariyb 70 sm), devor kengligi 11 gaz, devorning balandligi kuguralari tepasigacha 15 gaz atrofida, handakning kengligi 40 gaz, chuqurligi taxminan 40 gaz bo`lgan. Shahar devoir bo`ylab, posponlar, soqchilar uchun maxsus joylar belgilangan. Shaharning to`rt burchagida bir burj minora qad rostlagan. Devorga chiqishga mo`ljallangan joylar, mudofaa vaqtida qo`l keluvchi tosh otiladigan o`rinlar tartibga keltirilgan. Xullas, Baylaqon shahrini bunyod etishga jadallik bilan kirishiladi va atigi 1 oy ichida 1403-yilning oktyabrida shaharni qurish nihoyasiga yetkaziladi. Sohibqiron Baylaqonni obodonlashtirish maqsadida narx (kanal) qazib rejasini ishlab chiqadi. Oliy farmonga muvofiq Araks daryosida shahar tomon uzunligi 6 farsax (farsax 6, 7 km) kengligi taxminan 10 gaz bo`lgan ariq qaziladi. Narx nafaqat Baylaqon shahri, balki atrof qishloqlarida yashovchi aholining suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradi, ekinzorlar, daraxtzorlarni obi hayot bilan ta`minlaydi. Iste`moldan ortib qolgan suv Kura daryosiga borib quyilgan. Ariq qazish ishlariga Muzaffar qo`shinining barcha askarlari jalb qilingan. Yirik sarkardalar, amir-u beklar boshini qattiq nazoratga olishgan. Bir yilda bajarilishi mumkin bunday ulug`vor ish ko`p-ozi bilan 1 oy muddatga ta`kidlangan. Uzoq yillar davomida Baylaqon mavzesining obod va ma`mur bo`lishida sohibqiron tashabbusi bilan qazilgan ariqning roli katta edi.
Ayni shu kezlarda Abu Bakr Bahodirxon mirzo 1378-1469-yillarda hukmronlik qilgan, Qora quyunli turkman qabilasining sardori Qaro Yusufni Bag`doddan siqib chiqaradi. Abu Bakr mirzo bobosining: “Sa`y harakatlarini obodonchilik va fuqaro farovonligiga yo`naltirish hukmdorlik yo`l-yo`riqlarining farzandlaridan va jahondorlik sunnatlaridan deb bildik”, - degan so`zlariga og`ishmay amal qilgan. Adolat qayta tiklanib, aholining tinch mehnat qilishi, osuda hayot kechirishiga imkon yaratadi. Shubhasiz, yuqorida zikr etilgan bunyodkorlik ishlari katta miqdorda mablag`ni, ish kuchini talab qilgan. Soliq tizimining tartibga solinishi davlar soliqlarini o`z vaqtida undirilib, xazinaga tushishi obodonchilik, qurilish ishlarining bajarilishiga imkon yaratgan. Shuningdek, Badaxshon feruzasi, Nishopur, Eron, Xuroson ma`danlari, Hindiston yoqut va olmoslari, Hurmuz (Fors qo`ltig`iga kirishda joylashgan port shahar) marvaridlari, Xitoy duxobalari-yu baxmallari, mushki anbari, boshqa yurtlardan keltirilgan sof oltin va kumushlardan katta soliq undirilgan. Tushgan mablag` iqtisodiyotni rivojlantirish, xo`jalikning asosi bo`lgan dehqonchilikda sezilarli siljishlarga erishish, saltanat xavfsizligini ta`minlash, armiyani qurol-aslaha, asbob-anjom, ot-ulov bilan ta`minlash kabi ustuvor maqsadlarga yo`naltirilgan. Shu bilan birga, hunarmandchilik, kosibchilik, ichki va tashqi savdoni rivojlantirish, ilm-fan madaniyatini ravnaq toptirish, shahar qishloq mavzelarini obodonlashtirish kabi ezgu ishlarga sarflangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |