Mavzusidan metodik tavsiya


Ekspeditsiya kundaligidan



Download 274,5 Kb.
bet4/21
Sana16.03.2022
Hajmi274,5 Kb.
#496720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tavsiya Amir temur..

Ekspeditsiya kundaligidan
Temuriylar Xilxonasini ochib o`rganish uchun tashkil etilgan hukumat ekspeditsiyaning a`zolari 1941-yil 15-iyuldan Samarqandga yetib keldilar. O`sha kuni kechqurun ekspeditsiya qatnashchilarining maslahatlashuv yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda ekspeditsiya oldida turgan vazifalar va ularni bajarish rejalari haqida kelishib olindi. Bundan tashqari, Antropolog M.M.Gerasimov tarixiy shaxslarning bosh chanoqlari asosida o`zi yaratgan qiyofalar haqida ma`lumot berdi vas sur`atlar majmuasini namoyish qildi.
16-iyun. Ekspeditsiyaning barcha a`zolari ertalab Go`ri Amir maqbarasida yig`ildilar. Qabrlarni qaysi tartibda ochish haqida baxs boshlandi. M.M.Gerasimov qabrlarni bir boshdan, ya`ni eng chekkadagi Mirsaid Umar qabrini ochishdan boshlashdi. Arxeolog V.A.Shishkinning esa Mirsaid Umar va Mirsaid Barakaning qabrlariga tegmaslikni taklif qildi. U o`z taklifini hukumat ekspeditsiyasi asosan, Temur va Temuriylar qabrlarini o`rganish uchun tuzilganligini, Xilxonadagi barcha qabrlarni o`rganish uchun ochishga vaqt yetishmasligini va boshqa sabablar bilan dalilladi. Ekspeditsiya qatnashchilari uning fikriga qo`shiladilar.
Shunday qilib, jahon tarixida chuqur iz qoldirilib, bugun esa, abadiy uyquda yotgan Temur va Temuriylarning qabrlarini ochish boshlandi. Birinchi navbatda, maqbaraning chekkarog`ida joylashgan Mironshohning qabrini ochishga kirishildi. Ertalab soat 8 dan 35 daqiqa o`tganda ish boshlandi. Qabrni ochishdan avval uning atrofidagi marmar taxtalar raqamlanib, ehtiyotkorlik bilan ko`chirilib olindi.


Mironshoh qabrining ochilishi
Mironshoh Jahongir Amir Temurning uchinchi o`g`li bo`lib u 1366-yili tavallud topgan. O`z davrining mavjud ta`lim tarbiyasini puxta egallagan Mironshoh otasidan jasurlikni va qattiq qo`llikni me`ros qilib olgandi. U 14 yoshida Xuroson hokimi etib tayinlangach, bu borada katta tajribaga ega bo`ldi. Oradan6 yil o`tgach, otasi Temur uni maxsus farmon bilan Rumdan to Ponadongacha, Bag`doddan to Darbandgacha bo`lgan o`lkalarning noibi qilib tayinladi. uning qo`l ostida Armaniston, Gurjiston, Ozarbayjon, Qurdiston, Iroq va G`arbiy Eron kiradi. Mironshoh Jahongir otasining buyrug`i bilan bir qancha harbiy yurishlarda ishtirok etdi va lashkarboshilik faoliyatini namoyish qildi.
Temur vafotidan so`ng 1405-yilning bahorida Mironshoh o`g`li Abu Bakr bilan ittifoq tuzib, toj-u taxt uchun kurash boshlandi. Toj-u taxt borasida omadi yurishmagan Mironshohning umri ayanchli fojiya bilan tugad. 1408-yilning bahorida Mironshoh qo`shinini Turkmanlarning qora qo`ylim urug`idan chiqqan Qora Yusuf va Sulton Axmadlarning birlashgan lashkarlari janubiy Ozarbayjonda jangda tor-mor etdi. Jang chog`ida Mironshoh qo`shinlari orasida edi. U shiddat bilan jang qilib, oxiri qattiq yaralandi va otdan yiqilib tushdi. Mironshohni yaralangan navkar uning egnidagi shohona liboslar va qimmatbaho qurol-yaroqlarni tezroq qo`lga kiritish uchun uning boshini kesib, murdani yalong`ochlaydi.
Tarixchilarning guvohlik berishicha, Qora Yusuf yuz bergan voqealardan afsuslanib, Mironshoh jasadini Samarqandga jo`natdi. Arxeolog V.A.Shishkin o`ziga ma`lum bo`lgan tarixiy manbalarga tayangan holda Mironshohning jasadi Tabrizdan Shamsi G`uriy nomli darvesh g`amxorligida Keshga keltirilib dafn etilgan, keyin esa Samarqandga ko`chirilgan deb yozadi. M.M.Gerasimov esa Mironshohning jasadi Tabrizdan to`g`ri Samarqandga keltirilib, dafn etilganligini qayd etadi. Ammo har ikkalasi ham Mironshohning Tabrizda jang paytida halok bo`lganligi va uning jasadi uzoq yildan keltirilib, oqibatda Temuriylar Xilxonasiga dafn etilganligini ta`kidlaganlar.
Mironshohning qabri cho`zinchoq bo`lib, uzunligi 1 metr 66 sm, eni 54 sm. Qabrning devorlari to`rt burchakli pishiq g`ishtdan terilgandir. Laxat bevosita yerdan qazilgan bo`lib tagi va chekkalari ganch bilan mustahkamlangan jasadning chap biqini sal ko`tarilib, tagiga tuproq qo`yilgan. Laxatga suv kirganligi uchun jasad ancha ziyon ko`rgan. Qabr ochilgach, antropologlar ko`rgan choralar tufayli suyaklar saqlab qolindi. Ayniqsa, bosh chanog`ining ehtiyotkorlik va chidan bilan ta`mirlashga to`g`ri keldi.
Mironshoh bosh chanog`ining o`rganishda shu narsa ma`lum bo`ldiki, uning ba`zi tishlari yo`qolgan ekan. Antropologlarni fikricha, tishlar Mironshohning o`limidan so`ng yo`qolgan. M.Gerasimov Mironshohning bosh chanog`ini diqqat bilan tekshirib tarixiy manbalarda yozilgandek, haqiqatdan ham uning boshi o`tkir tig` bilan kesilganligi aniqladi.
Mironshohning va boshqa suyaklarini o`rgangan M.Gerasimov quyidagi xulosalarga keldi:
1. Mironshohning qabri deb ochilgan joydan topilgan jasad haqiqatdan ham qayta dafn etilgan.
2. Topilgan bosh chanog`i tanasidan o`tkir tig` bilan judo qilinib, so`ngra rombsimon uchli nayzaga o`tkazilgan.
3. Suyakdagi barcha o`zgarishlar va belgilar Temuriylarga xos, nasildan-naslga o`tuvchi o`zgarishlarni o`ziga saqlagan.
4. Mironshoh va Shohrux aka-uka bo`lib va ular bir onadan tug`ilgan. M.Gerasimov Mironshohning bosh chanog`ini Moskvaga olib ketib, uning tashqi qiyofasini yaratdi.



Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish