Mavzu: O‘quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda Temuriylar tarixini o‘rganish orqali o‘quvchi his-hayajonini uyg‘otish vositalari.
(uslubiy ish)
Men o‘zimning o‘qituvchilik tajribamdan shuni guvohi bo‘ldimki, endigina yaxshi-yomon, ezgulik va manmanlik nima ekanligini anglayotgan o‘quvchi o‘qituvchi so‘zlayotgan voqeaning jonli tasavvurini ko‘z oldiga keltirar, ekan, hayotning shunday to‘fonlari borligini tushuna boradi.
Ammo, o‘quvchiga voqea shunday yetlazilmog‘i kerakki, uning o‘zi o‘sha hodisa va voqeadan iymonlikni ajrata bilishi deb o‘ylayman.
A.Temur faoliyatni dars jarayonida o‘tish chog‘ida shu narsa ko‘rinadiki, voqealarga nisbatan materiallar ko‘p bo‘lib, uni 80 minutlik dars davomida bayon etish nihoyatda mushkul. Shuning uchun guruhdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda chinakam insonparvarlikni o‘rganish mumkin.
Shu mashg‘ulotlar orqali A.Temur to‘g‘risidagi adabiy asarlar, turli hujjatli materiallar o‘quvchi hukmiga havola etilsa o‘quvchilar o‘z tarixining yashirinib kelingan tomonlardan boxabar bulur edi.
Masalan: ko‘pchilik o‘quvchilar Temur tug‘ilgan yer, uning yoshligi va yurishlari bilan juda qiziqishadi, ularni to‘plab «Tarix va o‘lkashunoslik» to‘garagida qo‘shimcha adabiyotlar o‘qib berilsa muvofiq bo‘ladi.
Turkiy xalqlar tarixi yodgorliklaridan biri bo‘lgan Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asarida “Jahongir o‘z tabiati va xulqi jihatidan ham juda ibratli odam edi, u yolg‘on-yashiqning dushmani bo‘lib hazil uning ko‘ngliga yoqmaydi. O‘zining oldida talon-taroj, qotillik, xotin-qizlarni nomusiga tegish, zo‘rlash haqida gapirishga yo‘l qo‘ymaydi; u haqiqat qanchalik achchiq va shafqatsiz bo‘lmasin uni eshitishini yaxshi ko‘rardi. Yaxshi yoki yomon holatlar uning qiyofasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Jasur askarlarning do‘sti g‘oyat mard va botir bu odam kishilarni o‘zini hurmat qilishga va bo‘ysundirishga majbur eta olardi.”
Asarda rivoyat qilinishicha Kesh tomon yuzlangan hazrat sohibqiron Temurning birinichi urinishda zoye ketib chekinayotgan paytida Keshga yaqin bir qishloqdagi uylardan biriga kirib keladi va bu yerda Keshning Darxon momo mehmonlarga shavla pishiradi. Ochiqib o‘tirgan Temur shavlani yeyayotib og‘zi kuyadi. Kuzatib turgan kampir “Temurga o‘xshamapdi!”, - deydi. Temur hayron bo‘lib gapning ma’nosini so‘raydi, shunda momo: “Temur shoshib Keshga hujum qildi. U avvalo, Kesh atrofidagi qishloqlarni qo‘lga kiritmog‘i kerak edi” , - deydi. Temur momoning doniligiga tasannolar o‘qiydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Temur oddiy xalq bilan ham ochiqdan-ochiq aloqada bo‘lgan. Bunday oddiy, kamtarlik hammada ham bo‘lavermaydi. Bu voqeaning nechog‘lik haqiqatga yaqinligini biz Shahrisabz yaqinida haliyam Darhon degan qishloq borligi bilan bilishimiz mumkin.
Tarixiy manbalar ichida “Temur tuzuklari” Amir Temur harbiy yo‘lini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etgan. Asarning muallifi aniq emas. Ammo, asar Sharq mamlakatlarida Amir Temur tomonidan yozilganligi e’tirof etiladi. Chunonchi, Somiyning “Qomus ul-a’lom” (Istanbul 1891) asarida Amir Temur “Tuzokon” unvonli qonunlar majmuasini qalamga olib unga o‘zining tarjimon hamligi bayon etilgan deyiladi. Asarda Temur odil va insonparvar podsho sifatida tavsiflangan, shaxsi ko‘p jihatdan idealligi aytilgan, ideallashtirilgan.
Tuzuklarda Amir Temur davrida alohida undiriladigan soliq jarimalar haqida e’tiborga molik ma’lumotlar bor. O‘sha vaqtda soliq va jarimalarni yig‘ishga alohida e‘tibor berilgan. Ushbu asarda: “Ikki vazir tayinlansin, biri to‘plangan molni yozib rasmiy ahvolni bilib borsin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib xaroblikka yetkazmasinlar. Viloyatlarda yig‘ilgan mol-ashyoni kirim daftariga yozish lozim. Ikkinchi vazir esa chiqim daftarini yozib yig‘ilgan moldan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar. Buni qarangki, Temur doimo xalq ahvolining qashshoqlashuvi sababi mol-xiroj yig‘inidagi ko‘zbo‘yamachiliklar sabab bo‘ladi deb tushunadi.
Men asarning eng insonparvar o‘quvchiga yetkazish zarur bo‘lgan qismlaridan yana biri jihati boshqa millatlar uchun qo‘llangan qoidalar, ya’ni u quyidagiga ta’rif qilinad; turk-u tojik, arab-u atash toifalardan bo‘lgan dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tekin uchun zarur urug‘ va asbob taxlab berishsin”, bundan tashqari ularga o‘zlarini tiklab olgunga qadar uy-joy qurishga xohlovchilarni esa sipohiylikka olishlarini buyurgan bundan bag‘rikenglikni turkiy olamning sohibqironi bo‘lgan Temurga xos edi. Xalqlar orasida doimo do‘stlik va adolatni o‘z hukmronligida yurita bilish ham uning eng muhim jihatlaridan edi.
Amir Temurni bilish yo‘lidagi yana bir yirik asar Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma”sidir. Bu asar eng avvalo badiiy asar. Mazmuniga ko‘ra jangnoma yo‘sinada bitilgan. U 47 dostondan iborat bo‘lib muallif Temurni bilishi, hurmat bilan tilga olishini aytib uning xalqi oldidan ulug‘vorligi, bosqinchi xonlarni “o‘z eli ustidan ixrom qilishda” deb biladi.
Bu asarning dastlabki qismlaridan birida shunday hikoya qilinadi: “Bir kuni Amir Tarag‘ay o‘g‘li Temurga ko‘p qo‘y beradi va un Samarqand bozoriga sotib kelishini aytadi. Temur qo‘ylarni hammasini ming oltinga sotib bozor ichida sayir qilib yurgan chog‘ida, bir qalandar odamlarni yig‘ib qo‘lida qog‘oz she’r o‘qirdi. Bu shoir Kamon Xo‘jandiy edi. Uning qo‘lidagi ruboiyni Temur ming tilloga sotib oladi”.
Biz sohibqiron Temurning avlodlari bo‘la turib u haqdagi tarixiy asarlarni o‘qiy olmadik. Bugungi tarixiy o‘zgarishlar bu sohada biroz bo‘lsada yutuqlarimizning belgisi sifatida nashr qilinayotgan tarixiy asarlar: Ibn Arabshohning “Amur Temur tarixi”, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si yoki, “Temur tuzuklari”, Toshkandiyning “Temurnomasi” va hokazo asardir.
Amir Temurning ushbu tarixiy asarlarida buyuk insoniy xususiyatlariga e’tibor beraylik. Ali Yazdiyning yirik tarixiy kitobi bo‘lgan “Zafarnoma” tarixiy kechinmalar bayotining izchilligi bilan ajralib turadi.
Asarning “Hazrat sohibqironning Amir Husaynni so‘rab borgani haqida so‘z” nomli qismida Temurning shunday fikrni keltiradi:
Yomondan kelmas yomonlikdan o‘zga ish aslo,
Yomonlardan uzoq yurgil, bo‘lsang agar dona.
Bu yerda Yazdiy Temurning Amir Husaynning Xuboq hokimi bilan til biriktirgani ammo Tukalning zolim ayyorligini nazarda tutganligini ko‘rsatadi.
Bu yerda muarrix Amir Husayn tez anglay olmagan haqiqatni Temur qanchalar uzoqlashganini isbotlaydi. Yoki, Amir Temurning Puli Sangin suvidan (ya’ni Baxsh vodiysidan daryo) o‘tish chog‘idan uning o‘ta aqlli rosa sarkardaligini ko‘rsatadi.
Unda “Sohibqiron buyrug‘iga ko‘ra baland tog‘ tepalari ustida ko‘plab gulxan yoqtilar. Buni ko‘rgan raqib sipohida qo‘rquv va sarosima boshlandi va ular tarqab keta boshladi”.
XV asrning yirik tarixshunoslaridan biri bo‘lgan Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” (boshqa nomlari “Fashxiomayi sohibqironiy”, “Zafarnomayi Temuriy”, “Tarixiy jahonkushoyi Temuriy”) nomli asari ham zo‘r shuhrat topdi.
Mirxondning “Ravzat us-safo” nomli 7 jilddan iborat asarining 6-jildida Amir Temur zamoni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi; Salohiddin Toshkandiy qalamiga mansub “Temurnoma” asari, Ibn Arabshohning 1465-1466-yillarida yozilgan “Ajoyib il-maqdur” yoki “Temur tuzuklari” Ovrupa risolasi olimlaridan Herman Vamberining “Buxoro yohud Movarounnahr” tarixiy asari shunga o‘xshash ko‘plab tarixshunoslarning Amir Temur shaxsi chuqur tahlil qilinadi.
“Temurning ko‘ngil ochar ermaklari hech qachon fuqarosiga xonavayronlik keltirmagan. Ko‘ngil ochar ermaklar uni asosiy vazifasidan hech qachon chetlatmas va ortiqcha chiqimlarga tushirmas edi”.
“Yaxshi podshoh, - derdi u, - podshohlik qilish uchun hech qachon yetarli vaqtga ega bo‘lmaydi, shuning uchun bu qudratli Olloh bizga muqaddas qarz sifatida topshirib qoygan fuqaro foydasiga ishlashga majburmiz. Bu hamisha mening asosiy mashg‘ulotim bo‘lib qoladi, negaki, qiyomat kuni faqirlar etagimdan tortib, mendan qasos olishni talab etishlarini istamayman”. Uning uchun do‘stlikning ham gashti-latofati bor edi. Mehribonligi, shohsuxanligi tufayli do‘stlar orttirdi, ularni do‘st deb atashdan tortinmadi va bu do‘stlikni saqlab keldi.
Mavzuni bayon qilayotganda dastlab Temurning dunyoga kelish tarixi uning boshqalarda uchramaydigan jihatlari haqida fikr yuritiladi. Masalan: Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” asaridan quyidagicha parchani o‘qituvchining jonli so‘zi orqali yetkazilishi o‘quvchilarning sohibqiron shaxsiga qiziqishni kuchaytirib butun dars davomida diqqatini bir yo‘nalishga qaratadi.
Buxoro Sadr Ash she’riyatining qizi Tegina Begim Moh bilan Shaxrisabzlik amirzoda Turag‘ay Muhammad nikohi, bu ishda ulamolar islom peshvolari bosh-qosh bo‘lishi hikoya qilinadi.
Shundan so‘ng bir cho‘pon kelib, suv olish niyatida quduqqa chelak tashlagan edi, quduq ichidan bir malika chiqib keldi. Cho‘pon malikaga oshiq bo‘lib unga uylanmoqchi bo‘ladi. Voqeani eshitib turgan Amir Choku bunga yo‘l qo‘ymay o‘z uyiga olib ketadi va xotiniga topshiradi. Sohibqiron Amir Temur shu xonadonda dunyoga keldi. Temurning peshonasiga sohibqironlik bitilgan edi. Buni yeti iqlim munajjimlari ham oldindan karomat qiladilar. Ikki sayyorani Zuhal va Mushtariyning yaqinlashuv davrida tug‘ilgan o‘g‘il bu sohibqiron bo‘lar ekan. Bular Iskandar Zulqarnayn va Muhammad payg‘ambar, uchinchisi Amir Temur bo‘lib ularning dunyoga kelishlari orasi 800 yildir. Temur tug‘ilgandayoq qo‘llari qon bo‘lib tug‘iladi, uni ko‘rganlar kelajakda qonxo‘r, johil yoki qaroqchi bo‘ladi deyishadi. U yoshligidan kuchli to‘raboshi bo‘lib o‘sdi. Hali Amir Chokuning uydaligida zanjir Sara qudug‘idan qirq qul suv tortadigan qovg‘ani yolg‘iz o‘zi tortardi, odamlarga suv ulashadi. Qassobning zil-zambil qini orasini bir barmog‘i bilan otib yuboradi. Buni o‘z tengqurlari bilan bahslashib qoladi. U quduqdan 40 marta suv tortib charchab uxlab yotishida bir ilon qo‘liga chiqib, unga kulcha bo‘lib yotadi.
Shu daqiqa otasi uni izlab kelib, shu quduq yonida to‘xtagan edi. Odamlar yordam berilishidan ojiz, salgina qaltis harakat bo‘lsa ilon bolani nobud qilishi mumkin. Odamlar sarosimada turganda Temur uyg‘onib qolib qo‘rqmasdan payt poylab, ilonni boshini tishlab uzib tashlaydi. Mayli bularda ham ozgina mubolag‘a bo‘lsin deylik. Temur bolaligida yeti yil qo‘tir bo‘lib sira qashinmagan ekan. Buning uchun temir iroda kerak albatta.
Temurning hokimiyat tepasiga kelishini tushuntirganda uni hokimiyat, boyliklarni qo‘lga kiritish uchun emas, balki, o‘z yurtini, tuprg‘ini mog‘ullar istilosidan qutqarib ularga qarshi kurashish uchun xalqni birlashtirish maqsadida hokimiyatni egallashini uqtirish zarur.
Buning uchun Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asaridan hokimlarga maktub yuboradi. Uning hokimi ikki aka-uka bo‘lib ular otasidan me’ros hokimiyatni mustaqil boshqarar edi. So‘ngra Sulton Husayn ulardan bu me’rosni tortib olib bolalarni o‘z huzurida garovda saqlagan. Sulton Husayn qahriga mubtalo bo‘lganlar Temur maktub yuborib o‘z ito‘atiga chorlaganda rozi bo‘ldilar.
Shuningdek, Sulton Husaynga qarshi sharq tomondan mog‘ullar qo‘zg‘aydi. U mog‘ullarga qarshi jangda yengildi. Temur mog‘ullarga ham maktub yuborib ular hali uning amriga o‘tgach Sulton Husayn o‘ch olish maqsadida son-sanoqsiz askar bilan Qang‘arlar darbanligida to‘xtadi. Bu darbanddan o‘tish uchun bir soat yurish kerak edi. Yo‘l o‘rtasida darvoza bo‘lib, u yopilib himoya qilinsa mustahkamlikka bunga misol bo‘ladigan hech narsa topishmadi.
Temur o‘z hamrohlariga dedi: “Hu anavi yerda maxfiy va o‘tish mashaqqatli yo‘l borligini bilamanki, u yerda hech bir kimsaning qadami yetmagan va unga qush ham yo‘l topa olmaydi. Kelinglar otlaringizni yetaklab kechasi bilan boramiz va dushman hech narsadan hovotir olmagan bir paytda orqasidan unga yaqin kelamiz. Agar ularga tunda yetishsak, unda biz g‘olibmiz”. Temurning odamlari bunga rozi bo‘ladilar va egri-bugri tik yo‘llarni kesib o‘tib tuni bilan boradilar. Fajr tongda yetishib ularni quvib yetadi-yu, lekin, Sulton askarlari o‘ta olmadi. Quyosh o‘z to‘lichini e’lon qilgach, ular dushman askarlariga yetdilar. Bu paytda askarlar yuklarini ortib ketishga jazm qilayotgan edi. Shunda Temur hamrohlari:
Ahmoqona ish qilib changalga tushib, uning qalmog‘iga ilinib o‘zimizni- o‘zimiz o‘z qo‘limiz bilan halokatga tashladik,- dedilar.
Zarari yo‘q – dedi Temur, - dushman askarlariga qarb boring va ularga ko‘rinarli joyda otlaringizdan tushing. Otlarni o‘tlovga qo‘yib yuboring. O‘zlaring dam olib, kechasi bekor ketgan uyqungizni o‘rnini to‘ldiringlar shunday qildilar.
Dushman askarlari o‘z guruhlaridan hayol qilib, Temur qo‘shinlari yonidan o‘ta boshladi. Temur odamlari dam olib bo‘lgach, otlariga mindilar va dushmanning orqasidan yelkasiga mindi. Bu mudhish ofat ko‘pchilikni qamrab oldi va baloning qay tarzda kelganini hech kimsa bilmadi. Bu xabar Sultonga yetgach, u Balxga tomon qochdi. So‘ngra, Temur shu yerning past tabaqalarini qo‘l ostida birlashtirib, Badaxshonni ikki hokimini olib Balxga Sultonni munozara etish uchun yubordi. Shunda Sulton mustahkamlanib oladi. Ular uni hamma tomondan o‘rab oldilar. So‘ngra, Sulton Badaxshon hokimlarining o‘z huzurida garovda bo‘lgan o‘g‘illarini ilob chiqdi. Padari ko‘z oldida ayamay va hech bir rahm shavqat qilmay boshlarini oldi. Keyin Sultonning ahvoli zaiflashib otliq va piyodalari kamayib ketdi. Natijada, u qazo qadarg‘a taslim bo‘lgan holda qavradan chiqib tangridan sodir bo‘lgan shirin va achchiq hukmlariga razm bo‘ldi. Temur uni qo‘lga olib Balxni zabt etdi. So‘ngra Badaxshon hokimlarini izzat-ikrom bilan yurtlariga qaytarib va Sulton Husaynni o‘zi bilan olib Samarqandga ravona bo‘ldi. Bu voqea 71-yilning Shachbon oyida yaqin hijriyda 700-yil o‘tgandan keyin (28-fevral 29-mart 1370-yil)bo‘lgan edi. Temur Samarqandga kelib o‘ziga dor ul-mulk deb qabul qiladi va podshohni qonun-qoidalarini yo‘lga qo‘yib ularni o‘z siyosati va tutgan nizomiga asosan tartibga oldi. “Yaxshi podsho derdi: U podsholik qilmish uchun hech qachon yetarli vaqtga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun biz qudratli Olloh bizga muqaddas qarz sifatida topshirib qo‘ygan, fuqaro foydasiga ishlashga majburmiz”.
Amir Temur 1360-1386-yillarda Movarounnahrga mog‘ul xonligidan mustaqil kuchli davlat tuzish uchun kurashadi. Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor bo‘lgan turk va tojik zodagonlari kabi ijtimoiy kuchlar bilan birgalikda o‘rta asr o‘zboshimcha feodallarining markazlashish va birlashishga zid harakatlarda, mamlakatni parchalangan holatda saqlashga intiluvchanlarga, o‘zaro urushga undovchilarga qarshi kurash olib boradi. U hokimiyatni egallagan davrdan boshlab, o‘zaro feudal urushlariga chek qo‘yadi. Samarqandni poytaxt qilib mustahkam qal’aga aylantiradi.
Temur davlatining tuzilishi:
Temur o‘z faoliyatining birinchi davrida barcha harakatini Movarounnahrda mushkullikka va halokatga yuz tutgan Chig‘atoy ulusi o‘rniga birlashgan, markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratdi.
U hukumat ishlarida, Tuzuklarda bitilgandek piri Zayniddin Abubakr Toybadiy maslahatiga ko‘ra to‘rt narsaga amal qildi:
1. Kengash 2. Mashrava-tu maslahat 3. Qat’iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik 4. Ehtiyotkorlik edi.
Temur hislatlaridan yana biri, u biror ishni amalga oshirishdan avval kengash o‘tkazib, so‘ng qaror qabul qilardi.
Temur davlati boshqaruvi tuzilmasi quyidagicha edi: Bosh boshqarma devoni buzruk, har bir viloyat devoni unga bo‘ysunib, devon barcha davlat ishlari: soliq yo‘lini tartib saqlash ijtimoiy binolar-bozorlar, xammomlar, yo‘llar, suv tarmoqlariga qarab turish va aholining harakatlarini nazorat ostiga olish kabi ishlarni bajargan.
Temur yozilmalariga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan so‘roq pursini, reviziya va tekshirish-taftish tergov va tahdid o‘tkazib turishgan. O‘z amallarini suv iste’mol qilish, poraxo‘rlik doimiy ichkilik ichish og‘ir gunoh hisoblanib qattiq jazolangan. Shu yerda uning davlat tuzilishida muhim rol o‘ynagan kengashda Temur so‘zlagan nutq undagi insoniy adolat qudrati alohida ta’kidlab o‘tiladi va Temur nutqi o‘qib beriladi. “Fan va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar sizlar o‘z maslahatlaringiz bilan bu ishlarni amalga oshirishda ko‘maklashishingiz kerak. Mamlakatning ahvoli, devonning suiiste’mol qilganligi va qilinayotganligi, oddiy odamlarning joylardagi hokimlar tomonidan qisib qo‘yish kabi hollar hammadan ko‘ra sizga ayondir. Shular haqida ma’lumot bersangizlar, bu kabi adolatsiz ishlarni bartaraf etuvchi hamda shariat va qonunlarga muvofiq chora tadbirlarni aytganingiz yaxshi bo‘lardi”.
Temur davlatidagi ichki siyosat. Izoh: (Bu qism alohida mavzu etib o‘tilishi e’tiborga olinib, Movarounnahrdagi soliq siyosati yoki xalqning ahvoliga sharh berib ketiladi).
“Men, deydi Temur, - o‘z saltanatim qudratini saqlash uchun, bir qo‘limga adolat shamini va ikkinchi qo‘limga beg‘arazlik shamini olib bu ikki sham bilan butun umr bo‘yi o‘z yo‘limni yoritib yurdim, barcha qilmishlarimda ana shunday adolat qoidalariga roiya qildim”.
Temurning soliqlar haqidagi qoidasi muhim ahamiyatga ega Temur yozadi: “Soliq yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani qashshoqlikka tushirib qo‘yishgan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xona-vayron qilish davlat xazinasini kambag‘alashishiga olib keladi, xazinaning baquvvatligini harbiy kuchlarning takomillanishiga, bu esa o‘z navbatida hokimiyatni kuchsizlanishiga sabab bo‘lardi”.
Temur davrida joriy etilgan soliqlar va jarimalarga quyidagilar kiradi:
Yer solig‘i-hirot; naqd pul va mahsulot bilan to‘lanadigan soliq-moli jihot; Choparlarga belgiladigan soliq-quynalg‘a; boj va sovurinlar soliqlari ham mavjud edi. Sug‘oriladigan yerlardan hosilning uchdan biri; yomg‘ir suvi bilan to‘rtdan biri soliq tariqasida olingan.
Soliq yig‘ish uchun uch vazir tayinlangan:
1-Vazir xalqdan yig‘iladigan soliqlarning undirilishini kuzatib hisobotini olib borgan;
2-Vazir sipoh ishlarini boshqargan. Sipohga berilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hisobini olib borgan.
3-Vazir daraksiz yo‘qolgan kishilar, sayohatchilar va savdogarlar, vorissiz mol-mulkni, qozilar hukmi bilan olingan tarmoqlarni tartibga keltirib turgan. Dor-ul-adolat, adolat uyi, qozixona ma’murlari esa soliq natijalari, xalqning ahvolini kuzatib borgan.
Bundan tashqari, xalq orasidan kimda-kim yangi yer olsa, qaruz osti yer suvlari tortib chiqaruvchi imorat qursa, bog‘ ko‘kartisa yoki yer xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili ular soliqdan ozod etilsin, ikkinchi yili xalqning o‘z roziligi bilan ular istagancha hosillar olsinlar, uchinchi yili soliq qoidalariga ko‘ra soliq olingan.
Soliq yig‘inida Temur davrida quyidagi o‘lchov birliklari:
Jarib – 958 kv. metr hosildagi yer; darvor – 300 kg yaqin og‘irlik o‘lchovi. Mishol – tahriman 1 miskal 4,8 gr teng. Temur o‘ziga ishonchli kishilardan nazoratchilar tayinladi. Bular Mahmud Shahob va Nasriddin ul Aromir edi.
Aromir xalq ichida donishmandlik bilan nom olgan kishi bo‘lib, uning oldiga xalq zolimlaridan shikoyat qilib keladi. Kunlardan bir kun Temur uni xuzuriga chorladi, uning oppoq kiyingan uzun bo‘yi va Temurga tik qarab turgan yuzlariga ko‘zlarida mardlik va adolatni ko‘rdi.
Adolat jazo bermoq uchun nima qilish kerak? – deb so‘radi. Temur sening pallalaring tarozisi ikki pallalikdir, adolat tarozisi esa ul pallaga ega. Sen ularga avvalo, jinoyatini, so‘ng jazosini chamalab o‘lchamni buyur. Shunda sening hukming adolatli bo‘ladi! – dedi Nasriddin Aramir. Shu-shu u Temurning ishonchli nazoratchisiga aylanadi.
Tashqi siyosat.
Temurning harbiy yurishlari va u yurutgan tashqi siyosat haqida so‘z yurishlar va munosabatlar o‘rnatish va savdo aloqalaridagi muvoffaqiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib, O‘rta Osiyo orqali o‘tadigan tarixda “Buyuk Ipak yo‘li” deb atalmish xalqaro yo‘lning barcha asosiy yo‘llarni egallab olgan Temur bu yo‘lda karvonlarining xavfsizligini ta’minlash tadbirlarni ko‘rdi va Mashriq va mag‘rib o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarining har tomonlama rivojlanishiga g‘oyatda katta e’tibor berdi.
Bu masalada u o‘zini diplomat sifatida namoyon qildi: U Vizantiya, Venetsiya, Tenul, Ispaniya, Kasteliya, Fransiya, Angliya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashtirishda unga xalqlarning tili, dini, millatlarning har xilligi xalaqit bermadi. Temur ko‘p jang qilgan, lekin, ulardan uch yillik urush, besh yillik urush va yetti yillik yurishlari, ayniqsa mashhur bo‘lgan. Temur bu janglar natijasida muvaqqat bo‘lsa ham, Qora yer va O‘rta yer dengizlaridan to Hindistonning sharqi, Mog‘uliston va Xitoygacha Hind okeanidan toki Ural tog‘lari Moskva ostonalari va Dnepr bo‘ylarigacha bo‘lgan hududni zabt etdi va buyuk bir saltanat barpo etdi. Bu ulkan davlatning hududlari Chingizxon davlatidan keyin ikkinchi o‘rinda turar, lekin, Iskandar Zulqarnayn davlati hamda Arab xalifaligidan kichik emas edi. Albatta, bu janglarda ko‘p qon to‘kildi.
Shu bois yuzaki qarashda Temurni yaqin kunlargacha ayyuxannos solib baqirayotganlarga qo‘shilishib, qonxo‘r zolim deyish mumkin. Lekin bu bilan tarixiy haqiqatni oydinlashtirib bo‘lmaydi. Temur yurishlariga tarixiy va adolat yuzasidan qarash taqazo etiladi.
Amir Temur lashkarlari orasida doimo mardlikni, or-nomusni har-narsadan ustun qo‘yishini og‘ir paytlarda bir-biriga ko‘maklashganlarini tashvih qilgan. U eng avvalo, harbiy hiylalar edi. Temur yashagan davrda yer yuzida shunday vaziyat yuzaga kelgan ediki, yo sen dushmanlaringni mag‘lub etgan holda davlatning maydonini kengaytirib, qudratini oshirsak yoki g‘animlarning seni davlatingni bosib oladilar.
Temur o‘z davlat chegaralarini kengaytirishga o‘zi aytganidek: Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashbarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bato keltirdi.
Shunday yurishlarining birida, o‘z navkarlarining xonadonlarga taqsimlab, o‘zi soy bo‘yiga chodir tikib, atrofga razm solib turgan Temur soy tomonga bir ayolning ot yetaklab kelayotganini ko‘rdi. Mulozimga ayolning erini toptirib keltirdi.
Undan Temur nimaga otni o‘zing sug‘ormay, ayol kishiga qildiryapsan deb so‘raganda, u kishi, ot boqish erkak kishining ishi, buni men yaxshi bilaman, ammo uyimga to‘rt navkarini tushgan, men ularning ko‘nglida nima gap borligini bilmasam, shu sababli ot sug‘orishga ayolimni yuborib qo‘riqlab o‘tirdim. Buni eshitgan Temur o‘z navkarlarini chaqirib olib yurishlar chog‘ida chodirlar tiktirib o‘sha yerda dam olishlarini buyurdi. Shu-shu Temur sipohiylari el osoyishtaligini buzmadi. Yana bir yerda Temur: “Qilichim o‘tkir bo‘lsada, o‘ylab qinidan chiqardi, shirin so‘z aytib, g‘amning iymon topmog‘iga yo‘l ochdim”. 1402-yilda Anqara yonida Temur ikkinchi marta Boyazid bilan jang qildi.
“Amir Temurning zafarli yurishlari”ni tushuntirayotganda o‘qituvchi bir o‘zgacha faxr bilan so‘zlashi kerakkim, bu holat o‘quvchida ham aks etsin. Jang mahorati, xiylam, shiddatini, buyuk sarkardalik qobiliyatini alohida e’tibor bilan tushuntirish lozimki, o‘quvchi o‘zini shu jang ichida sezsin. Butun vujudi bilan Temur bilan birgalikda harakat qilsin. Bu yerda tarixiy adabiyotni o`qib berish kamlik qiladi. O`qituvchining bayoni his-hayajoni, to`lqinlantiradigan bo`lishi lozim.
Temur faoliyatidagi davr (1386-1402) zafarli yurishlar davridir. Bu davrda u uch yillik, besh yillik, yeti yillik deb ataluvchi janglar olib bordi. Uning dastlabki yurishlari 1372-1388-yillarda Xorazmga besh marta qilgan yurish natijasida egallashidir. 1392-yil Kavkazga hujum qildi. Uni egallagach, Eron ustiga uch marta qo`shin tortib 1399-yil uni ham egalladi. Afg`oniston 1398-1399-yil Hindiston shimolini zabt etib, Dehli shahrini egalladi.
Ibn Arabshoh “Amir Temur tarixi” bayonnomasida “Temur o`z mamlakati (ishlarini) yo`lga solib Turkiston yerlarining qonun-qoidalarini mustahkamlanadigan keyin Xurosonga qaytdi. Podshohlar, sultonlar, amirlar, vazirlar uning istiqboliga chiqdilar. Har tarafdan birov piyoda, birov otliq uning huzuriga shoshilib uning qudratidan xavotirlanib, unga xizmat qilishini g`animat bildilar. Ular Temurga itoat qilib bo`ysunganlarning jamini va itoatsizligining yuksak cho`qqilari, mustahkam balandliklarida turgan Nazondaron hokimlaridan biri Iskandar al-Jallaobiy, itoatsiz cho`qqilari bo`lgan baland tog`lar sohibi g`azabnok tayyor turgan jasorat sohibi Ibrohim al-Qummiy bor edi, Shirjondan Sulton Abu Ispoq ham Temurga itoat bildirgan edi. Natijada, Ajam Iroqi podshohlaridan o`n yettitasi Temur huzuriga jam bo`lib, o`z ixtiyorlari bilan uning amirligiga o`tdilar. Amir Temurning eng katta zafarli yurishlaridan bir mog`il xoni To`xtamish bilan jangdir. Dasht va Tatar sultoni To`xtamishxon Temur bilan Sulton Husayn o`rtalaridagi mojaroni ko`rgach, qoni qaynab g`ayrligi keldi. Ko`p sonli askar, dengizdek hayqirgan qo`shin to`pladi, hamda O`tror tomonidan Temur lashkargohi tomon yo`l oldi. Temur unga qarshi Samarqanddan chiqdi va Turkiston atrofida to`qnashdilar. Ikki askar o`rtasida urush bozori qizidi. Ushbu bozorda ular o`rtasida jang oldi-sotdilari avj oldi va nihoyat Temur askari yengilmaguncha, tegirmon toshlari aylanaverdi. Shu payt Sayid Baraka nomli kishi paydo bo`ladi, Temurga yaqinlashadi. Temur tang ahvolda qolgan edi, unga: “Ey afandim Sayid, qo`shinim yengildi”, - dedi.
Qo`rqma, - dedi unga Sayid. Keyin u otidan tushib, bir siqim tuproq olib, o`zining bo`z otiga yana qaytib mindi. Keyin o`sha tuproqni bostirib kelayotgan dushmanlar yuziga sepib “yog`iy qochdi” deb baqirib yubordi. Temur ham uning ketidan shunday baqirdi. Temur Abbosbek tovushi bilan baqirganda go`yo chanqoq tuyalarni jut-juti deb suvga chaqirayotganga o`xshardi. Shunda Temur askarlari sigir o`z buzog`iga mehr bilan qaraganidek unga qaradilar va o`z dushmanlariga qarshi dadil marakaga tushdilar. Uning qo`shinidan barcha kuchli odam “yogiy qochdi” degan iborani takrorlab baqirmagani qolmadi. Keyin ular bir-birlarini quvvatlab dushman ustiga hamla qildilar. To`xtamishning qo`shinlari “orqasini o`girib tarqalib qochdi. Temur askarlari ular bo`yniga qilich solib, bu g`alabalari bilan ularga ajal qadahlarini ichirdilar”.
Bu To`xtamish ustidan dastlabki g`alaba edi. Hal qiluvchi oxirgi g`alabasi 1395-yilda bo`ladi. Bu 14-aprel kunida Terek daryosi bo`yida ikki sarkarda va ikki davlat taqdirini hal qiladigan jang boshlandi. Jang To`xtamishning ustunligi bilan boshlandi. Temur qo`shinidagi janubda Kunja o`g`lon boshchiligida otliq tuman To`xtamish tarafga o`tib ketdi. 15-aprel kuni Oltin O`rda qo`shinini yoppasiga hujumga tashlandi. Uchta tuman Temur lashkarining so`l qanotiga hujum qildi. Sohibqiron shu qanotlarga yordam uyushtirganda, mo`g`ullar chekinib, markazga hujum qildi. Otliqlarning bu kuchli zarbidan Movarounnahr qo`shini tuzib ketdi. Oltin O`rda qo`shinlari Temur qarorgohi tomon yorib o`tib sohibqiron himoyasida turgan lashkarni qirib tashladi. Temurni joni qil ustida qoldi. Shunga Shayx Nuriddin va boshqa sarkorlar “Temur tuzuklari”dagi mustaqil ish yuritish tajribasidan foydalandi. Jangning 2-kunida Temur qurshovdan chiqib, rahbarlikni o`z qo`liga oldi. Endi tadbirkorlik bilan To`xtamish qo`shinida janjal chiqaradi. U tashabbusni boy berib qo`yadi. To`xtamish qo`shini chekinib, mag`lubiyatga uchradi.
Bu g`alaba don, Dnepr, Qrim, markaziy Kavkaz, Bolgariya, Litva, Vitovtni ozod etdi. Qo`shini Moskva tomon yaqinlashdi. Knyaz Vasiliy boyarlari bilan vahimaga tushdi. Uzr so`rab Oltin O`rdadan ozod etishini aytib, adolat so`rab kelganini aytadi. Amir Temur shaxsan farmon berib, Moskvani knyazga tuhfa etadi.
O`qituvchi bu misollarni keltirish bilan tarixning xatosini o`quvchilarga yetkazadi, shu vaqtgacha Oltin O`rda xonligini Dimitriy Donskoy oxirigacha tugatgan degan faktni rad qilib o`quvchilarda g`ururni uyg`unlashtiradi.
Amir Temurning jahon tarixida O`rta Osiyo tarixida o`ynagan rolini tushuntirishning o`zi bir o`zgacha talab, o`zgacha kuyunchaklik va iste`dod bo`lishni taqozo etadi. Buning uchun o`qituvchi ishonarli fakt materiallardan ko`rgazmalikdan, barcha vositalaridan foydalanilmog`i lozim. Aks holda bu masala o`zining haqqoniy bahosini topmasligi mumkin.
A.Yu.Yakubovski tomonidan berilgan baho haqqoniy va to`g`ridir. To`xtamish qo`shinining Terek daryosi bo`yida tor-mor etilishi va 1395-yilda Berka Saroyning xarob qilinishi Oltin O`rdaga juda kuchli zarba berdi, shundan so`ng u o`zini hech eplay olmadi. Qadimgi Rusga qanchadan-qancha jabr-zulm o`tkazgan davlat juda zaiflashdi. 1395-yildan keyin esa Oltin O`rda tushkinlikka uchradi. Garchi Amir Temur O`rta Osiyo manfaatlarini ko`zlagan hamda Moskva knyazlari bilan aloqa bog`lamagan holda Oltin O`rdaga qarshi kurash olib borgan bo`lsa-da, bu kurash natijasida u O`rta Osiyoni birlashtiribgina qolmasdan, balki ob`yektiv ravishda Rus uchun juda katta xizmat qildi. Temur O`rta Osiyoni kuchli bir davlatga aylantirish uchun Xorazm va Oltin O`rdaga yurish qildi va uni muvaffaqiyatli ado etdi.
150 yil davomida mo`g`ul zulmi ostida ezilgan xalq uchun uni yo`lda boshlab sarkor bo`lgan shaxs Amir Temur haqli ravishda milliy qahramondir. U O`rta Osiyoni mustamlaka zulmidan ezilgan davlatdan, markazlashgan mustaqil territoriyaga aylantirdi. Samarqand shahrini bunyod etish bilan jahon madaniyatiga ulkan hissa qo`shgan bo`lsa, o`zining “Tuzuklari” bilan harbiy san`atni rivojlantirdi.
Temurning Yevropa xalqlariga ko`rsatgan yana bir xizmati shundaki, 1402-yil Anqara yonida Sulton Boyazidning tor-mor etganligidir. Olmoniyada Amir Temur muzey zali bo`lib u yerda bu to`g`risida boy materiallar bor.
Boyazid o`z nigohini harbiy Ovrupa qaratdi. Undan qutilish yo`lini qidirib oxiri Amir Temurga murojaat qiladi. Bular Vizantiya regent hamda Fransiya kurashi Karl VI o`z elchilarini Temur huzuriga yuboradi. Temur Boyazidga murojaat etib, rad javobini aytgach, aytgan ekanki: “Bir qozonga ikki qo`chqorning boshi sig`maydi, yo u qaysar yo men hukmron bo`lishim kerak bu dunyoga”. Shundan so`ng Jahongir askarlarini to`plab u tomon yurish qildi.
Bu tengi yo`q jangda o`zi qo`llagan taktik usulni Temur shunday eslaydi: “Qaysar bilan bo`lgan jangda shunday qildim: amirzoda Mironshoh o`ng qanotning chap tomondan va yonidan jangga kirishni buyurdim. Chap qanotning amirlari: amirzoda Sulton Mahmudxon va amir Sultonga esa yorlig` yuborib, Qaysarning o`ng qanotiga hujum qilishni buyurdim. O`ng qanotining tarki bo`lgan amirzoda Abu Bakr esa tepalik ustida turib Yildirim Qaysarning qo`l to`dasiga o`t qo`yib shiddat bilan bostirib borishini aytdim. O‘zim esa qo`l to`dalari va ulus aymoq lashkarlari bilan Qaysar tomonga yurish qildim. Qaysarning sipohiy to`dalari birinchi hamladayoq yengildi. Sulton Mahmudxon Qaysarning ketidan quvib, qo`lga tushirdi va mening dargohimga olib keldi”. Bu jangning ko`lamini shundan bilish mumkinki, Boyazid 400 ming askari bilan asir tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |