Mavzusidan metodik tavsiya



Download 274,5 Kb.
bet1/21
Sana16.03.2022
Hajmi274,5 Kb.
#496720
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Tavsiya Amir temur..


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI TARIXINI O‘RGANISH ”


MAVZUSIDAN METODIK TAVSIYA



Navoiy 2021




KIRISH
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham,
mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch 
ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.
Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli,
birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq.


Shavkat Mirziyoev

Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Insoniyat ko‘p ming yillik taraqqiyoti davomida jamiyatni rivojlantirishning ta’lim, ilm va hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas. Shu sababli ham ta’lim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omildir.


Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda ta’lim sohasini har jihatdan isloh etish orqali xalqimiz farovonligini ta’minlashni stregik ahamiyat qaratmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev so‘nggi yillarda ta’lim sohasini isloh qilishga, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xususan, tizimga rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etishga jiddiy e’tibor qarata boshladi. “2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ham ta’lim sohasini tubdan takomillashtirishga e’tibor qaratilgan. Ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mazkur hujjatlarning barchasida sohaga innovatsiyalarni kiritish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, ijodiy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim turlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirish bilan bog‘liq umumiy jihatlar mavjud.
Davlatimiz rahbari – “Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak”, - deb ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, tarixni o‘rganish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarning asosiy maqsadi bizga yaqin o‘tmishda yovuz, bosqinchi deb uqtirilgan, milliy ozodligimiz uchun kurashgan qahramonlarimiz haqida haqiqiy ma’lumotlarni aniqlash va ularni xalqimizga yetkazishdan iborat edi. Buyuk ajdodlarimizdan biri bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur ham sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tuzumida yovuz bosqinchi sifatida talqin qilinar edi. Istiqlolga erishganimiz sharofati bilan sohibqiron Amir Temurning muborak xotirasi tiklandi va 1996-yil butun jahon miqyosida buyuk ajdodimiz tavalludining 660 yilligi YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan keng nishonlandi. Amir Temur mamlakatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan biridir. U nafaqat buyuk sarkarda sifatida, balki adolatli davlat arbobi sifatida nom qozongan bo‘lib, uning dunyoga mashhur “Temur tuzuklari” asaridagi “Kuch adolatdadir” degan iborasi butun dunyoga dong‘i ketgan.


Amir Temur davlati Vatanimiz tarixining eng gullagan davri bo‘lib, bu davr o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. Ular qatoriga aynan shu davrdagi O‘rta Osiyoda ilgari bo‘lmagan markazlashgan buyuk feudal davlatining paydo bo‘lishi, fan va madaniyatning cho‘qqilarni zabt etishi kabi jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. Albatta, bu davrni o‘rganish har bir yurtdoshimizning eng ezgu vazifalaridan bo‘lmog‘i darkor.
Metodik tavsiyaning mavzusi “Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganish” deb nomlanib, bu mavzu nihoyatda keng bo‘lgani uchun uni yoritishda voqealarning asosiy yo‘nalishlari, tarixiy sanalarining eng asosiylari keltirib o‘tiladi. Tavsiyaning asosiy maqsadi Amir Temur shaxsi va u tuzgan ulkan saltanat, undagi ichki va tashqi siyosat, uning rivojlanishi va parchalanib ketishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganishdan iborat. Bugungi kunda Amir Temur va
temuriylar davlatining hali ochilmagan qirralarini o‘rganish ketayotgan bir paytda, bu davr tarixini o‘rganish mustaqil yurtimizning har bir o‘quvchisining eng oliy vazifalaridan bo‘lishi lozim.
Yurtimiz tarixining ushbu qismi XIV asrning birinchi yarmidan boshlab, XVI asrning birinchi yarmigacha davom etgan. Bu davrdan xalqimiz uchun juda ko‘plab me’moriy obidalar, ilmiy asarlar va boshqa madaniyat yodgorliklari meros bo‘lib qoldi.

Download 274,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish