V. Ijobiy ma’nodagi “Men-konsepsiyasi”ni shakllantirish:
1) pedagogik muloqotning oʻquvchilarda oʻziga ijobiy munosabatni rivojlantirishning yoʻnalganligi;
2) hayotiy faoliyatning ijobiy yoʻl-yoʻriq va motivlarini shakllantirish.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Pedagogik mahorat oʻz ichiga bolalar haqidagi, ularning psixologiyasi toʻgʻrisidagi, maktab haqidagi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, oʻqituvchi, tarbiyachi bu madaniyatni egallamasa, hech vaqt oʻz ishining chinakam ustasi boʻla olmaydi, yomon, eski usuldan, bir qolipdagi tayyor andozalarni ishlatishdan nariga oʻtmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |