N.M.Egamberdiyevaning fikricha, pedagog shaxsining insonparvar yoʻnalganligi quyidagilarda yorqin namoyon boʻladi:
I. Ta’lim maqsadi, oʻquv-tarbiya jarayonining shaxsga yoʻnaltirilganligi sifatidagi shaxsga yangicha qarash:
1) shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi;
2) shaxs – qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta’lim tizimi maqsadi;
3) har bir oʻquvchi qobiliyatli, koʻplab oʻquvchilar iqtidorli;
4) shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |