Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil etish



Download 22,63 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi22,63 Kb.
#920195
Bog'liq
ENEo3GGopmKV8ahTBf5SoCDdGn7jnEbES193VjZq


Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil etish
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish shuningdek, pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan. Pedagog xodimlar o‘z ish faoliyatlari mobaynida ana shu hujjatlarlar bilan bevosita ishlaydilar va ko‘p bora unga duch keladi. Agar pedagogning huquqiy savodxonlik darajasi past bo‘lsa, u ish faoliyati davomida ko‘plab chalkashlik va qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu ma’ruzada umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish hamda pedagog xodimlar ko‘p bora to‘qnash keladigan normativ hujjatlar hususida tushunchalar berishga harakat qilingan. Pedagog xodimlar umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishga doir hujjatlar bilan bevosita tanishib chiqishlari maqsadga muvofiq.
Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish asosan Ozbekiston Respublikasining “Ta’lim togrisida”gi Qonuni (23.09.2020 ORQ-637-son) va “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida” nizom (15.03.2017-yil VM-140-sonli qaror) bilan tartibga solinadi. Pedagog xodimlar faoliyati hukumat tomonidan qabul qilingan va asosan ichki lokal hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ta’lim togrisida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan 1997-yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni kuchuni yo‘qotdi. “Ta’lim togrisida”gi Qonun 11 bob va 75 moddadan iborat.
Ta’lim togrisida”gi Qonun bilan:
Birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi:
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy);
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish;
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi.
Uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga koʻproq etibor qaratilgan:
ta’lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, ustavga talablar;
pedagogik хodimlar, ta’lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan.
Toʻrtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan.
Beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan.
Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida” nizom (15.03.2017 VM-140-son) 10 ta bobdan iborat bo‘lib, umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Mazkur hujjatda umumiy o‘rta ta’limning maqsadi, vazifalari, muddati (11 yillik ekani) hamda umumta’lim muassasalarining turlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, ushbu hujjat maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish ya’ni, umumta’lim muassasalarida o‘quv yilining boshlanishi, tugash muddati, o‘quv yilining davomiyligi, dars mashg‘ulotlari va dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi hamda ta’tillar muddatlarini belgilaydi. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida” nizom umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy o‘rta ta’limni boshqarish va moliyalashtirishni ham tartibga soladi.
Pedagog xodimlar ish faoliyatini asosan Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 7-dekabrdagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari” va Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lini maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlari”, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 572-sonli qarori tartibga soladi.
Maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar oʻz lavozim majburiyatlarni va lavozimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini bilib olishi lozim.
Lavozim majburiyati bu – xodimning lavozimiga koʻra nima ish qilishi lozimligini, lavozimi boʻyicha qanday masalalarga javobgar boʻlishini, uning asosiy funksional vazifalari nimalardan iborat ekanligini belgilab beradigan hujjatdir. Lavozim majburiyati maktabda pedagog xodimlarga ish taqsimotini belgilab berishda qoʻllaniladi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlarining namunaviy lavozim majburiyatlari Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Ushbu hujjatda maktab direktori va uning oʻrinbosarlari, oʻqituvchi, psixolog, ijodiy-madaniy maslalar boʻyicha targʻibotchi, tarbiyachi, kutubxona xodimlari, kadrlar boʻyicha menejer, laborant va boshqa bir qancha xodimlarning lavozim majburiyatlari belgilab berilgan.
Malaka talablari bu – maktab taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini belgilab beradigan hujjat. Yaʼni bu hujjatda xodimlar toifasi, ularning lavozim vazifalari, lavozimga koʻra nimalarni bilishi lozim ekanligi va eng asosiysi har bir xodimning lavozimiga koʻra qanday malaka talablariga ega boʻlishi lozimligi belgilab berilgan. Maktab taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari esa Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 7-dekabrdagi 393-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Ushbu hujjat xalq taʼlimi xodimlari lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanishda, mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, lavozimlarni xodimlarning toifalariga kiritishda, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilishda ularning maʼlumoti darajasiga qoʻyiladigan eng kam talablar yuzasidan qoʻllaniladi. Har bir pedagog xodim ular bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan avval albatta lavozim majburiyatlari va malaka talablari bilan tanishib chiqishi shart.
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” 2018-yil 20-avgustda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Mazkur hujjat jami 4 ta bobdan iborat bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining namunaviy yillik ish rejasi va yillik ish yuklamasini belgilaydi. Mazkur hujjatda pedagog xodimlarining ish yuklamalarini hisoblab chiqarish, namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish va pedagog xodimlar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizom 5 ta bobdan iborat bo‘lib, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni nazarda tutadi. Mazkur nizomda attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, bosqichlari, malaka sinovlari turi, pedagoglar malaka toifasi turlari, attestatsiyadan o‘ta olmagan xodimlar bilan mehnat shartnomasini tugatish tartibi haqida to‘liq tushunchalar berilgan.
Download 22,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish