Pedagogik qobiliyatlar – ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar va oʻquvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qoʻllay olishdir.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda uch katta guruhga boʻlish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.
Shaxsiy qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:
1) ta’lim oluvchilarga ijobiy yoʻnalganlik – ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga, muloqot qilishga intilish, ularga nisbatan doʻstona munosabat, xayrixohlik;
2) vazminlik, oʻz hissiyotlarini nazorat qila olish – har qanday vaziyatda oʻzini yoʻqotib qoʻymaslik. Lekin vaziyat talab qilganda oʻqituvchi zaruriy tarzda oʻz hissiyotlarini namoyish qiladi (quvonch, qaygʻu, gʻazab). Lekin vazminlik befarqlikka aylanib ketmasligi kerak;
3) oʻz psixik holati, kayfiyatini boshqara olish – oʻqituvchi hayotida, faoliyatida har qanday noxush holat roʻy bergan boʻlsa ham oʻzini tetik tutishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |