Dars jarayonida qo’llaniluvchi metodlar: an`anaviy va interfaol metodlar, modellashtirish.
Dars jihozlari: mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv filmlari, jadvallar.
Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
Asalarilar oilasi qanday arilardan iborat?
Ishchi arilar qanday vazifani bajaradi?
Nektar qanday qilib asalga aylanadi?
«G'ujlanish>> nima?
«Asalarilar tili» nima?
Asalarilar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
3. Yangi mavzu bауоni
Uy pashshasi — juda harakatchan hasharot. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan (52-rasm). Pastki labining uchi qalin-lashib, yostiqchasimon yalovchi xartumcha hosil qiladi. Pashsha oziq-ovqat mahsulotlarini xartumchasi bilan yalab oziqlanadi. Oziq ta'mini oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalar yordamida sezadi.
52-rasm. Uy pashshasining rivojlanishi:
1 — urg'ochisi; 2 — tuxumlar; 3 — qurt; 4 — g'umbak; 5 — yosh pashsha.
Pashshaning qurti axlatlar, hojatxonalar va hayvonlar go'ngida rivojlanadi. Qurtning boshi va oyog'i bo'lmaydi, tanasi sirtidagi kichik bo'rtmachalar yordamida harakat qiladi. Qurtlar tez o'sadi; quruq tuproqqa chiqib g'umbakka aylanadi. Pashsha juda serpusht bo'ladi; har 2—4 kunda 100—150 tadan tuxum qo'yadi. Bir mav-sumda pashshaning 8—10 avlodi rivojlanadi. Bitta urg'ochi pashshaning avlodi bir mavsumda 5 000 000 000 ga yetishi mumkin. Pashshalar ichburug', qorin tifi, vabo, sil, bo'g'ma kabi kasallik-larning mikroblarini hamda gijjalarning tuxumlarini tarqatadi. Ular axlatxona va boshqa iflos joylardan mikroblarni oyog'i va ta-nasida ilashtirib olib, oziq-ovqat mahsulotlariga yuqtiradi.
Pashsha tez ko'payib ketmasligi uchun uy-joylar atrofini doimo toza saqlash va har xil chiqindilarni o'z vaqtida yo'qotib turish zarur. Xonadonlarda ular yelimli qog'ozlar va har xil zaharli moddalar sepib yo'qotiladi.
Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg'ochisi odam va hayvonlar qonini so'radi. Erkak chivinlar o'simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko'lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so'rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylaming yerto'lalarida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |