Tut ipak qurti. Odamlar qadimdan hasharotlarning hayoti bilan tanish bo'lganlar. Ularni, ayniqsa, kapalak qurtlarining pilla o'rashi qiziqtirgan. Tut ipak qurti eng qadimgi xonakilashtirilgan hasharot hisoblanadi. Uning asl vatani Himolay bo'lib, bundan 5 000 yil ilgari xitoyliklar boqa boshlashgan. Hozir ipak qurti Yaponiya, Xitoy, Braziliya, O'rta Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Yevropa va Kavkazda boqiladi.
Ipak qurti kapalagining uzunligi 4—6 sm, qanotlari oqish tusda (50-rasm). Kapalak xonakilashtirish tufayli uchish qobiliya-tini yo'qotgan. Erkak kapalaklar urg'ochilariga nisbatan
xipcha-roq, mo'ylovlari patsimon va uzun bo'ladi. Kapalaklar oziqlan-maydi, urug'lanib tuxum qo'ygandan keyin halok bo'ladi. Qurt-ning ipak suyuqligi ajratuvchi so'lak bezlari juda kuchli rivojlangan bo'lib, tana bo'shlig'ini to'ldirib turadi. Bu bezlar ishlab chiqargan suyuqlik havoda qotganida 1 000—1 500 m ip hosil bo'ladi. Qurt ana shu iplardan pilla o'raydi va uning ichida g'umbakka aylanadi. Qurt faqat tut bargi bilan oziqlanganligi sa-babli tut ipak qurti deb ataladi.
I
50-rasm. Tut ipak qurti:
- tuxum qo'yayotgan urg'ochi kapalak;
tut bargi ustidagi qurt; pilla va uning ichidagi g'umbak.
pakchilik. Ipakchilik, ya'ni pillachilik xalq xo'jaligi tarmog'i bo'lib, tut ipak qurti boqish va uni qayta ishlashni o'z ichiga oladi. Ipak qurti maxsus pillaxonalarda qurilgan so'kchaklarda boqiladi. Qurtlik davri 20—24 kun davom etadi. Shu davr mobaynida qurt to'rt marta tullab, beshinchi yoshga o'tadi. Bu yoshda uning uzunligi 8—9 sm ga yetadi. Tullayotgan qurtlar oziqlanishdan va hara-katdan to'xtaydi. Bu davr «uyqu davri» deb ataladi.
Qurtlar g'umbakka aylanishi uchun so'kchaklarga qurigan mayda shoxlar tashlanadi. Qurtlar shoxlarning ustiga chiqib, uch kun davomida tanasi atrofiga pilla o'raydi va g'umbakka aylana-di.
Pillalar yig'ib olinib, ipak olish uchun yigiruv fabrikalariga jo'natiladi.
Fabrikada pilla ichidagi g'umbak issiq suv yoki bug' ta'sirida o'ldiriladi; pilladan esa ip yigiriladi. 1 kg pilladan 90 g yengil va pishiq tabiiy ipak olinadi.
O'zbekiston Respublikasi Ipakchilik instituti olimlari tomonidan ipak qurtining oq pilla beradigan sermahsul zotlari, tut daraxti-ning mo'l hamda to'yimli barg beradigan navlari yaratilgan.
Mustahkamlash:
Kapalaklar qanday tuzilgan?
Kapalaklar qurti qanday tuzilgan?
Karam kapalagi qanday rivojlanadi?
Tut ipak qurti qanday tuzilgan?
Tut ipak qurti qanday boqiladi?
Ipak qurti qanday qilib pilla o'raydi?
Uyga vazifa:
1. Kapalaklar qurtlari...
o'simlik va hayvonlar to'qimalari bilan oziqlanadi;
gul nektari bilan oziqlanadi; d) qorin bo'limida 5 juft soxta oyoqlari bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |