Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §


Mavzu: Pardaqanotlilar turkumi. Asalarilar va chumolilar. 27 §



Download 4,94 Mb.
bet127/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

Mavzu: Pardaqanotlilar turkumi. Asalarilar va chumolilar. 27 §
Darsning maqsadi:
b) ta`limiy maqsad: Pardaqanotlilar turkumi. Asalarilar va chumolilarning tashqi tuzilishi , tuzilishi haqidagi umumiy ma’lumot, handa eng muhim tarkibiy qismlarining tuzilishi va vazifalari to’g’risida tushuncha berish.
v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda shaхsiy, psiхologik-gigiyenik хususiyatlarini shakillantirish.
Dars jarayonida qo’llaniluvchi metodlar: an`anaviy va interfaol metodlar, modellashtirish.
Dars jihozlari: mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv filmlari, jadvallar.
Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
O’tgan mavzular yuzasidan savollar.

  1. Kapalaklar qanday tuzilgan?

  2. Kapalaklar qurti qanday tuzilgan?

  3. Karam kapalagi qanday rivojlanadi?

  4. Tut ipak qurti qanday tuzilgan?

  5. Tut ipak qurti qanday boqiladi?

  6. Ipak qurti qanday qilib pilla o'raydi?

3. Yangi mavzu bауоni


Pardaqanotlilarga asalari, sariq ari, qovog'ari, yaydoqchilar, chumolilar kiradi.
Asalari oilasi. Asalari oilasida 10 000 - 50 000, ba'zan 100 000 tagacha ishchi arilar, bitta ona ari, bir necha yuz erkak arilar bo'ladi. Asalarilar yog'ochdan yasalgan maxsus qutilarda boqiladi. Quti ichida ular mumdan olti qirrali katakchalarda yashaydi.
A

51-rasm. Asalarining tuzilishi:
1 — mo'ylovlar; 2 — murakkab ko'z; 3 — oddiy ko'zchalar; 4 — bosh; 5 — ko'krak; 6 — lab; 7 — so'ruvchi xartum; 8 9 10 oyoqlar; 11 — savatcha; 12
salarilarning tuzilishi
. Ona, ishchi va erkak asalarilar tashqi ko'rinishi bir-biridan farq qiladi. Ona ari va erkak arilar ishchi arilarga nisbatan ancha yirik bo'ladi. Urg'ochi va ishchi arilar qorin bo'limining uchida nishtari bo'ladi. Erkak arilarning mo'ylovlari va ko'zi yaxshi rivojlangan; nishtari bo'lmaydi.
Ishchi arilar — voyaga yetmagan urg'ochilar. Boshining yon tomonida ikkita murakkab ko'zlari, ularning orasida uchta oddiy ko'zchalar joylashgan. Boshi oldingi tomonida joylashgan ikkita mo'ylovi hid bilish organi hisoblanadi (51-rasm). Arilar gulning hidi va rangini yaxshi farq qiladi. Ularning ko'zi sariq va ko'k ranglarni hamda bizning ko'zimiz ilg'ay olmaydigan ultrabinafsha nurlarni yaxshi farq qiladi, lekin qizil rangni sezmaydi. Ishchi arilar yuqori jag'lari yordamida mumdan kataklar yasaydi va changdonlardan gul changini oladi.
Pastki lab va jag'lari o'zgarib naysimon xartum hosil qiladi.
Ari xartumi bilan gul nektarini so'radi. Shu sababli arining og'iz organlari kemiruvchi-so'ruvchi deyiladi.
Ishchi ari orqa oyoqlaridagi maxsus savatcha va tukchalar yordamida gul changini yig'ib oladi. Ari chaqqanda uning nishtari teri ichida uzilib qoladi; mayib bo'lgan ari esa halok bo'ladi.
Asalarilar oilasining hayoti. Erkak va ona arilar og'iz organlari yaxshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlanolmaydi. Ishchi arilar uyani tozalash, qo'riqlash, ona va erkak arilar hamda qurtlarni oziqlantirish, gul changi va nektar yig'ish kabi ishlarni bajaradi. Arilar yig'gan nektar katakchalarda asalga aylanadi. Ishchi arilar tuxumdan chiqqan qurtlarni gul changi va asal bilan boqadi.
Yangi asalari oilasi may — iyun oylarida g'ujlanish, ya'ni ko'chib chiqish orqali paydo bo'ladi. Oziq mo'l bo'lganida ona ari urug'langan va biroz urug'lanmagan tuxum qo'yadi. Urug'-lanmagan tuxumlardan erkak arilar, urug'langan tuxumlardan esa ishchi arilar chiqadi. Qurtlardan birini ishchi arilar alohida yirik katakda tarbiyalab, ona ari yetishtiradi. Eski ona ari bir to'da ish­chi arilar bilan birga uyadan chiqadi va biron daraxt shoxiga g'uj bo'lib o'tiradi. Ular boshqa qutilarga joylanadi. Sovuq kunlar tushishi bilan ishchi arilar erkaklarini uyadan quvib chiqaradi.
Asalarilar «tili». Uyadagi ishchi arilarning turli harakatlar yordamida axborot almashinishi «asalarilar tili» deb ataladi. Ari nektarga boy gulni topganda qornini likillatib aylanib, raqsga tushayotgandek harakatlar qiladi. Bu harakatlar nektar yig'ish uchun qaysi tomonga borish kerakligini bildiradi.
Asalarilar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik o'simliklar asalarilar yordamida changlanadi. Asal­arilar changlatgan o'simliklar mo'l hosil beradi. Asal qimmat-baho va shifobaxsh oziq hisoblanadi. Uning tarkibida oson hazm bo'ladigan shakar moddalar, organizm uchun juda zarur bo'lgan har xil minerallar mavjud. Shifokorlar darmonsiz kishilar uchun asal iste'mol qilishni tavsiya etishadi. Asalari za-haridan tibbiyotda dorivor moddalar tayyorlanadi; mumi esa texnikada ishlatiladi.
Pardaqanotlilar qanotlari pardasimon. Bir qancha pardaqanotlilar qorni uchida nishtari va zahar bezi bo'ladi. Ko'pchilik pardaqanotlilar jamoa bo'lib yashaydi. Asalarilar jamoasida bitta ona ari, juda ko'p ishchi arilar va bir qancha erkaklari bo'ladi. Ishchi arilar uyadagi barcha ishlarni bajaradi. Ishchi arilar gullardan jig'ildonida nektar yig'adi. Nektar kataklarda asalga aylanadi.

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish