1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
Lansetnik qanday hayot kechiradi?
Lansetnikning skeleti va muskullari qanday tuzilgan?
Lansetnikning hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
Lansetnik qanday nafas oladi?
3. Yangi mavzu bауоni
Baliqlar -- suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan si-qilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Baliqlar tuzilishi zog'ora baliq misolida o'rganiladi.
Yashash muhiti va tashqi ko'rinishi. Zog'ora baliq O'rta Osi-yoning tog' daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko'l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar o'zanida uchratish mumkin. Zog'ora baliqning kattaligi 1 m gacha, og'irligi 8—16 kg gacha boradi.
Z og'ora va boshqa ko'pchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo'ladi (58-rasm). Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo'shilib ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekan-ligini va uning harakatlanayotgan jismga ko'proq qarshilik ko'rsatishini bilasiz. Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi.
58-rasm. Zog'ora baliqning tashqi tuzilishi:
1 — jabra qopqog'i; 2 — ko'krak suzgichlar; 3 — qorin suzgichlar; 4 — anal suzgich; 5 — dum suzgich; 6 — orqa suzgich; 7 — yon chiziq.
Suzgichlari. Zog'ora baliq tanasini o'ngga va chapga biroz bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (ko'krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadi-gan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to'xtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishi-ga yordam beradi.
Terisi. Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o'zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta'sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit ber-maydi. Baliq o'sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniq-lash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqa-radigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.
B
Do'stlaringiz bilan baham: |