Мавзу: Ўзбекистонда емент саноати


Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi



Download 0,76 Mb.
bet19/34
Sana09.04.2022
Hajmi0,76 Mb.
#539775
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
Kimyоviy texnologiyа 2

2. Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi.

Shuni nazarda tutish kerakki, hamma qo’shiimalar port-landtsement xossalarini qisman o’zgartiradi. Uning asosiy sifat ko’rsatkichlari (mustahkamligi, chidamliligi, mustahkamlanish tezligi) asosan klinker sifatiga bog’liq. Portlandtsement klinkerining odatda qovushib pishgan holdagi o’lchamlari 10 - 20 mm dan 50 - 60 mm gacha mayda va yirik donalar (kesak yoki boiaklar) ko’rinishida olinadi.


Qovushib pishgan klinker o’zining mikrostrukturasiga ko’ra murakkab zarrachasimon turli kristallar va qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori (kimyoviy tarkibi bo’yicha), mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarning o’zaro nisbatiga qarab baholanadi.
Klinkerning kimyoviy tarkibi. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada o’zgarib turadi. Portlandtsement klinker ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar)dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid - SiO2, A12O3 va Fe2O3 bor. Ohaktoshlar asosan kalg’tsiy karbonatdan iborat. Kalg’tsiy karbonat esa ikki oksid - CaO va CO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda CO,gazi ajraladi; CaO, SiO2, AI2O3 va Fe2O3 asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi.
Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda. tsement sifatiga mahlum darajada tahsir ko’rsatuvchi oksidlar ham boiishi mumkin. Bular odatda magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na2O va K2O), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (P2O5) va sulg’fat kislota angidridi (SO3) dir. Portlandtsement tarkibidagi asosiy va qo’shimcha oksidlar miqdori quyidagicha boiadi:
CaO - 63 - 67% ; SiO2 - 21 - 24%; Al2O3 - 4 - 8%; Fe2O3 - 2 - 4%; MgO - 0,5 - 5%; SO3 - 0,3 - l%; Na2O va K2O - 0,4 - 1%; TiO2 va Cr2O3 - 0,2 - 0,5%; P2O5 - 0,1 - 0,3%.
Klinkerning kimyoviy tarkibi 5382 - 65 sonli Davlat standartida berilgan usul bilan aniqlanadi.
1500° C haroratda kuydirilgan yerkin magniy oksid suv tahsirida so’nish qobiliyatini yuqotmasa ham juda sust so’nadi. Uning so’nish jarayoni qotib qolgan tsementtoshda ham davom yetishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holning (tsement hajmining notekis o’zgarishi) oldini olish uchun portlandtsement tarkibidagi yerkin magniy oksid miqdori standart tomonidan chegaralanadi va 4,5% dan oshmasligi zarur1.
Portlandtsementda kaliy va natriy oksidlar bo’lmasa yaxshi, chunki ular portlandtsementning tishiashish muddatiga tahsir qiladi. Bundan tashqari, ishqorlar betonda to’ldirgichlar bilan (to’ldirgich tarkibida amorf qumtuproq bo’lsa) o’zaro kimyoviy tahsir yetishishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi bo’ladigan natriy va kaliy silikatlar hosil bo’ladi. Bu reaksiya atrof-muhit yetarlicha nam bo’lsa juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun tsement va to’ldirgichlar tanlanayotganda tsementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim, to’ldirgichlar va amorf qumtuproq (opal, kremniy, slanes va boshqalar)dan qancha borligi aniqlanadi. Bundan tashqari, portlandtsementda ko’p miqdorda ishqoriy metall oksidlar boisa, beton yuzasida sho’r dog’lar hosil boiishi mumkin.
Standartga ko’ra, portlandtsement tarkibida ishqor istalgan miqdorda boiishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqori boigan portlandtsement ishlatish tavsiya yetilmaydi. TSementda 4% gacha titan ikki oksid boisa, u tsement sifatiga yomon tahsir qilmaydi. Ammo TiO2 juda ko’payib ketsa, tsementning mustahkamlik ko’rsatkichlari pasayadi.
Fosfor angidrid 1,5 - 2% dan ortsa, portlandtsementning qotish jarayoni sekinlashadi (sulg’fat kislota angidridi portlandtsement texnik xossalariga qanday tahsir qilishi haqida quyida gapiriladi).

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish