O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
"KIMYОVIY TEXNOLOGIYА" KAFEDRASI
«BOG’LOVCHI MODDALAR KIMYОVIY TEXNOLOGIYА » FANIDAN
MA’RUZA MATNLARI
Institut uslubiy
kengashida tasdiqlangan
Majlis bayoni № __
«__» _______ 2019 y.
Farg’ona – 2019
Ushbu o’quv qo’llanma « Bog’lovchi moddalar kimyoviy texnologiya» fanidan 5320400 «Kimyoviy texnologiya» yo’nalishi uchun tuzilgan bo’lib, uning mazmuni va hajmi ushbu yo’nalish bo’yicha tasdiqlangan o’quv reja va fanning dasturiga mos keladi.
Ma’ruza matn ushbu yo’nalish bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun 72 soatga mo’ljallangan bo’lib, talabalarni ma’ruza mashg’ulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga, ularni mustaqil ishlashga ko’nikmalarini hosil qilishga hizmat qiladi. Bundan tashqari ma’ruza matn doirasida «Bog’lovchi moddalar кimyoviy texnologiya asoslari» fanining nazariy va amaliy asoslari, uning mazmuni va usullari o’rganiladi, ishlab chiqarish texnologiyalarining bayonlari, uning texnologiyadagi o’rni, ishlab chiqarish qurilmalarining turlari o’z aksini topadi. Mazkur ma’ruza matn quyidagi maqsadlarga erishishga katta yordam beradi, talabalarni mantiqiy fikr yuritishga o’rgatishdan iborat.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma «Kimyoviy texnologiya» kafedrasining uslubiy komissiyasi yig’ilishida muhokama qilingan. (Majlis bayoni № « » 2019 y).
Uslubiy qo’llanma «Kimyo - texnologiya» fakul’tetining ilmiy uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
(Majlis bayoni № « » 20 19y).
Tuzuvchi: dots. Kodirova D.T.
Taqizchi: t.f.d. Xamdamova SH.SH.
SO’Z BOSHI
Vatanimiz mustaqillikka erishgan kundanoq hayotimizda muhim siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va mahnaviy o’zgarishlar ro’y bermoqda. O’zbekiston Respublikasida chuqur, keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev ta’kidlaganlaridek ”Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom et-tiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib,dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyo qarashi o’zgargan xodimlarimiz, mutaxassislarimizga ko’p jihatdan bog’liqdir. Yangicha fikirlaydigan, bozor sharoitida muvaffaqiyatli ish yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo’lib qoldi. Vatanimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallashi uchun zamonaviy yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish, ayniqsa, bu texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng joriy qilish zarur. Bu esa bizning kelajagimiz bo’lgan yosh avlod ongidagi kimyoviy ishlab chiqarish savodxonligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. SHu sababli ham oliy o’quv yurtlarida «Mineral o’g’itlar texnologiyasi», «Uskunalar va loyxalash asoslari», «Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kabi fanlarni o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |