Romantsementning mayda tuyilishi. Romantsement iioji boricha mayda tuyilishi kerak, chunki qanchalik mayda bo’lsa, shunchalik mustahkam chiqadi. Standartda romantsementning maydalik darajasi quyidagicha belgilangan: 021 raqamli yelakda ko’pi bilan 5% va 009 raqamli yelakda ko’pi bilan 25% (og’irlik hisobida) qoldiq qolishi kerak. Lekin bu dag’al tuyish hisoblanadi. Yanada maydaroq, masalan, 009 raqamli yelakda 10 - 15% qoldiq qoladigan qilib tuyilsa, tsement markasini 1,5 - 2 baravar oshirish mumkin bo’ladi. To’g’ri, bir qator hollarda tsementni yanada maydalash iqtisodiy ihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi, chunki maydalash uchun yenergiyaning sarfi juda oshib ketadi.
Romantsementning tishlashish muddatlari. Romantsement suv bilan qorilgandan kamida 15 daqiqa o’tgandan keyin tishlasha boshlaydi, kechi bilan 24 soatda butunlay tishlashib bo’lishi kerak.
Romantsement qotayotganida hajman qanchalik tekis o’zgarishi bo’yicha sinab ko’rilishi lozim. TSement xamirdan standartga ko’ra asosan kulcha holida yasalgan namunalari sinaladi. Nam havo sharoitida 7 kun saqlangandan so’ng namunalar qaynaganida va suv bug’ida ham yorilmasligi zarur.
Romantsementning ishlatilishi. Romantsement yer usti va ostida zo’riqishi kam konstruksiyalar uchun beton ishlash va devor qurish hamda suvash ishlarida ishlatiladi. Romantsementni suv tahsirida ishlaydigan konstruksiyalar qurishda ham ishlatishga ruxsat yetiladi. Ammo buning uchun dastlabki 7 kunligida suv tahsiridan saqlash kerak bo’ladi.
Romantsement unchalik mustahkam boimagani uchun temir-beton konstruksiyalarida ishlatilmaydi.
Yig’ma qurilishda romantsementdan II va III klass binoiari uchun devorbop beton toshlar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Romantsement asosan mahalliy qurilishlarga mo’ljallangan. U gidravlik bog’lovchi moddalar nomenklaturasini kengaytirishga yordam beradi va bir qator beton konstruksiyalar ishlab chiqarishda portlandtsement o’rnida ishlatiladi.
Mavzu: Portlandtsement
Reja:
1.Tarkibi va sinflanishi.
2. Klinkerning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi.
Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, bahzi hollarda esa maxsus qo’shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo’lgan gidravlik bog’lovchi modda portlandtsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalg’tsiy silikatlar ko’p bo’ladi (70—80%). Qisman yerish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bo’laklar klinker deyiladi. Portlandtsementni klinker tarkibiga mos keladigan mahsulotning xomashyo aralashmasini toia yeritish yohli bilan ham olish mumkin.
26798.0~26798.2-85 Davlat standartlariga ko’ra portlandtsement xossalarini o’zgartirib turish, shuningdek, Lining tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga faol (gidravlik) va inert mineral qo’shimchalar qo’shishga ruxsat yetiladi. Inert qo’shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, faol (trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo’shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo’shimchalar 20% va undan ortiq bo’lishi ham mumkin. U holda maydalangan mahsulot nima qo’shilganiga qarab nomianadi. Yahni, qo’shilma sifatida donador domna toshqoli ishlatilsa, toshqolportlandtsement deb, tabiiy gidravlik qo’shilmalar ishlatilsa, pussolanportlandtsement deb ataladi.
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko’pi bilan 3% gips (suifat kislota angidridiga aylantirib hisoblaganda) qo’shiladi. Bu bilan tsementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi tahsir qiladi.
Shunday qilib, portlandtsement klinker, gidravlik (yoki inert) qo’shilma va gips aralashmasidan iborat. Bundan tashqari uning tarkibida oz miqdorda - 1 % gacha boshqa moddalar, masalan, tsement sifatini buzmaydigan, ammo uning yaxshiroq maydala-nishiga yordam beradigan intensifikatorlar (qurum, ko’mir) ham bo’lishi mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandtsement va uning turlari asosiy material bo’lib hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo’lgan beton va temir beton konstruksiyalar yasalmoqda.
TSement sifati borgan sari yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik ko’rsatkichlari ortmoqda. Portlandtsementning o’rlacha markasi 500 dan (GOST 310 - 85) ortib ketdi, tsement turlari ham ko’pay-moqda, bir qator maxsus tsementlar chiqarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |