Lab uyur takallumg`a, zulfni parishon qil,
Qand qimmatin sindur, narxi anbar arzon qil.
Ikkinchi baytda goʻzal «husn shohi», tengi, naziri yoʻq malohat egasi darajasiga koʻtariladi. Oshiqlar esa, hazin, g`arib gadolar boʻlib, husn shohining rahm-shafqatiga, muhtoj. Bu oʻrinda shoir «Qoshingg'a teguzmag`il qalamni* g`azali maqta^sidagi antitezaga oʻxshash ramziy usulga murojaat etadi:
Husn shohisen, jono, bu hazin gadolarg`a,
Ko 'z uchi bila boqib xayr ayla, ehson qil.
Shu zaylda shoir lirik qahramon hissiyotini avji falakka chiqaradi, ma'shuqaning oʻz husni malohati bilan dinsizni musulmon, musulmonni kofir qilishga qodir ekanligidan soʻz ochadi. Keyingi uch baytda lirik qahramon ehtiroslari yanada kuchayadi. oʻzining malak-farishtasifat oldida har qanday tobelikka tayyor ekanligini izhor etadi. G`azalda dayr, mayxona, zohid, musulmon, sanam, gabr kabi ramziy, majoziy soʻzlarning ishlatilishi g`azalning tasawufiy-ilohiy yoʻnalishga ham ega ekanligidan dalolat beradi:
Ishq dinig`a munkir boʻlsa zohidi xudbin,
Ey sanam, liqo koʻrsat, gabrni musulmon qil.
Istasang koʻngullarni g`amza yoyiga qurbon,
Qoshlaring hilolini mohi iydi qurbon qil
Sho xi chashmi navxatsen, noz dashtida sayr et,
Gardi xoki poyingni surmai g`azolon qil.
Yor la 'lidin harfe ayladim Amir insho,
Eyo ko 'ngul, bu gavharni jon ichida pinhon qil.
Birinchi baytda tajnis san'ati bor: qurbon-qurbon qilish hamda Iydi qurbon-Qurbon hayiti. Ikkinchi baytda lutf, mubolag`a usullari: noz dashtida sayr etajak yorning oyog`i tekkan tuproqlar gardini ohular oʻz koʻzlariga surma qilsinlar. Ohuning koʻzi oʻzi tengsiz darajada goʻzal, hayratlanarli. Demak, Amiriy murojaat etayotgan, tasvirlayotgan goʻzalning koʻzlari ohular koʻzlaridan ham chiroyliroqdir.
Insonning eng muqaddas tuyg`ulari koʻngulda jo boʻladi. Koʻngul ilohiy ma'noga ham ega. Oshiq koʻngli yoiga boʻlgan sadoqat va muhabbatni jonidek aziz koʻradi. Shu bois, Amiriyning boshqa koʻp g`azallaridek, bu g`azal oʻsha zamondayoq shunchalar e'tibor va qiziqish uyg`otadiki, uning saroydagi malik ush-shuaro Adodan, Fazliydan tortib qariyb barcha shoirlar Amiriy g`azali mazmuni, vazni va radifida payrov g`azallar bitadilar. Bu an'ana keyingi shoirlar ijodi tajribalaridan ham oʻtib, Hamza-Nihoniy ijodigacha davom etadi. Uning «Qil» radifli g`azali Amiriy hamda Fazliyning «QH» radifli g`azallari ta'sirida yozilganligini eslang.
Amiriy mumtoz lirikadagi an'anaviy obrazlarga, tasvirlarga ba'zan eigashib, yorni jannat hurlaridan, farishtalaridan ham ustun koʻyadi. Uningcha, yor visolining oʻzi jannat, naqdiga shukr qilmoq, uning visoli bilan ovunmoq kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |