Buvad Gulxani shoiri koʻhsor, Ba dahgazi shohest oʻro qaror.
Zi mardoni korest dar koʻri jang, Salohash ba kaf tegʻi tiru tufang.
(Gulxaniy togʻlik shoirdir, u shoh dargohida qaror topdi, ya’ni yashamoqda. Kuch quvvatda va jangda mardlardandir, tigʻ va tir – tufalang olish kasbini yaxshi egallagandir.). Ammo Muhammad SHarif urushlarda fad qatnashib, botirlik namunasini koʻrsatgan boʻlsa ham, u qashshoqlikda kun kechiradi, qorni nonga toʻymaydi. Koʻrsatgan qahramonliklarni xon tomonidan taqdirlanmadi. Bu haqda Fazliy tazkirasida shunday deyiladi Jannatmakon amir, ya’ni olimxon u benavolik asiri edi. U umrida bir durustgina non ushatmadi, yaxshi dasturxon atrofida oʻtirmadi. Sipohiylik qildiyu, lekin rohat koʻrmadi, ranj – mehnat chekdi-yu, rohat koʻrmadi, uning holiga amir muruvvat qilmadi, u faqir yashab benavolik chekdi. Jannatmakonning ishfatsizligidan bir burda nonga muhtoj edi. Qoʻli qisqaligidan jonidan toʻydi, pulsizligidan oh figʻon qildi. Umarxon davridagi Qoʻqon adabiy muhiti qatnashuvchilarining ma’lum ma’nodagi beografi Fazliyning yuqoridagi soʻzlariga shubhalanmasa ham boʻladi. SHuni aytish kerakki, Fazliy oʻz soʻzlarini tasdiqlash, uning real zaminga asoslanganini koʻrsatish maqsadida shoir ijodiga murojaat qiladi va :
«Goʻzal suft surati holi xesh
CHunin quft dar arzi ahvoli xesh.»
deya Gulxaniyning navkarlik davridagi ayanchli ahvolini koʻrsatuvchi avtobiografik xarakterdagi «bioleh» (bergil) radifli gʻazalini keltiradi. Bu goʻzal Gulxaniyning bizgacha etib kelgan gʻazallarining kattasi boʻlib, 9 baytdan iboratdir. SHoir bu gʻazalda sipohiylik vaqtlaridagi kayfiyatini, ogʻir turmush sharoitini tasvirlaydi.
Gulxaniyning zamondoshi Dilshod – Barnoning «Tarixi muhojiron» asarida Gulxaniy oʻz umrining soʻngi yillarida qalandorona hayot kechirgani, qashshoq shoirlar bilan hammom goʻlaxida kun oʻtkazgani aytiladi. Ba’zi manbalarda uni hammomda goʻlah boʻlib ishlagani uchun Gulxaniy taxallusini olgan deyiladi. Biroq Gulxaniy tahallusining bu holatga aloqasi yoʻq. Fazliy tazkirasida bularga aniq ishoralar bor. U shoirning devona – tilligi va olov qalbligi tufayli oʻziga Gulxaniy soʻzini tahallus qilib olganligini ta’kidlaydi.
Muhammad Sharif faqat Gulxaniy tahallusini qoʻllagan emas. U «Jur’at» tahallusini ham qoʻllagan. SHoirning «Jur’at» tahallusini olishiga sabab uning jasur, joʻmard boʻlganligidir deyiladi. Muhammad SHarif Gulxaniy fors va turkiy tillarda qalam tebratgan. Zullisanoyin shoir hisoblanadi. U nazmda ham nasrda qalam tebratgan. Gulxaniy adabiy merosini asosan 2 – turdagi asarlar 1. Forsiy va turkiy tildagi lirik she’rlar 2. «Zarbulmasal» asari tashkil etadi. Gulxaniyning bizgacha 12 ta gʻazali, 1 ta forsiy qasidasi etib kelgan.
Olimxon vafotidan soʻng taxtga chiqqan Umarxon oʻz iste’dodini navkarlik davridayoq koʻrsata olgan Gulxaniyni saroyga jalb qilmoqchi boʻladi. U oʻz hokimiyatini mustahkamlash, siyosiy maqsadlarini amalga oshirish niyatida saroy atrofiga bir qator qalam ahllarini tortdi: Movarannaxrning turli joylaridagi qalam ahllarini, shuningdek, Xurosonning ba’zi bir shoirlarini oʻz atrofiga toʻpladi. Masalan, Fazliy e’tirofiga koʻra, Balhlik shoir Foniy «Shaxriyor», ya’ni Umarxonning shuhrati yoylganda, oʻz vatanini tark qilib Qoʻqonga kelgan. SHu shoirlar qatorida Gulxaniy ham bor edi. Biroq shoirning saroy adabiy muhitiga tortilishi uning shaxsiy xayotida jiddiy oʻzgarish yasay olmadi: boshqalar qatori «ba ta’i shoh», «ba payravi shoh», «ba ramuzi shoh», «ba mayli shoh» kabi she’r aytish printsipiga rioya qilib, gʻazallar bitdi. Ularning ba’zilarida Umarxonni tengi yoʻq odil shoh deb maqtadi. Jumladan shoir «Omad barun» radifli gʻazalida Umarxonni she’r fanida «faridi roʻzgʻor» ya’ni oʻz davrining yagona soʻz ustasi sifatida ta’riflab, xon iste’dodi oldida jim qolishdan boshqa chora yoʻqligini ta’kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |