Qoshingg`a teguzmag` qalamni,
Bu xat bila buzmag`il raqamni
matla'li goʻzal she'riga ajoyib muxammaslar bog`ladi. U oʻzining amir soʻziga ma'nodosh Miriy taxallusi bilan ijod qilayotganligidan faxrlandi. Olis Xiva xonligidagi Feruz davri adabiyotining ulkan namoyandasi Ogahiy devonidagi tazmin muxammaslar ichida biz faig`onalik shoirlardan Amiriy g`azallariga bog`langanlarining guvohi boʻlamiz. Shular ichida Amiriyning mahorat bilan yozilib, hanuz hofizlar kuyida jaranglab tuigan
Lab uyur takallumga zulfni parishon qil,
Qand qimmatini sindur, narxi anbar arzon qil
matla'li g`azali ham bor. Oʻzbek adabiyotining peshqadam namoyandalari — Muqimiy, Furqat, Muhyi, Nihoniy ijodini, xususan, lirik she'rlarini Amiriy she'rlari ta'sirisiz tasavvur etish qiyin. Muqimiyning beshta tazmin muxammasi Amiriy g`azallari asosida ijod qilinganligi bunga dalildir. Bu hol Amiriyning adabiyotga homiyligini, ustoz shoir sifatidagi mavqeini yanada chuqur oʻiganishni taqoza etadi.
Tayanch tushunchalar: Gulxaniy hayoti va ijodi, oʻrganilish tarixi, she’riy merosi, janrlar tarkibi, mavzu koʻlami, timsollar mohiyati, «Zarbulmasal» asari, asar tarkibi va majoziy tabiati, badiiy xususiyatlari, Gulxaniyning «Zarbulmasal»da timsol yaratish mahorati, badiiy san’atlarning qoʻllanish tamoyillari,Uvaysiy hayoti va ijodi, oʻrganilish tarixi, adabiy merosi, she’riyatining mavzu va g`oyaviy koʻlami, shoira ijodida ishq talqini, Ijtimoiy hayotga munosabati, asarlarining timsollar olami, lirik qahramon tabiati, Uvaysiylik bilan munosabat masalasi, badiiy san’atlarni qoʻllash mahorati, «SHahzoda Hasan» va «Shahzoda Husayn» dostonlari, dostonlarning sujet va kompozitsiya jihatdan oʻziga xosligi, shoiraning dostonnavislikdagi mahorati,«Voqeoti Muhammadalixon» (tugallanmagan) asari, asarning tarixiy ahamiyati, timsollar koʻlami.
Mohlaroyim Nodira hayoti va ijodi, shoiraning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, tarjimai holi, Nodira va Umarxon munosabatlari, Uvaysiy bilan munosabatlari, Nodiraning she’riy merosi, devondagi g`azal, muxammas, ruboiy, fard kabi janrlar tabiati, Nodira she’riyatining mavzu qamrovi, Ishq va sadoqat, visol va hijron tarannumi, lirik qahramon tabiatining rang-barangligi, she’riyatining timsollar koʻlami, badiiy san’atlarni qoʻllash mahorati,Muhammad Alixon (Xon) ijodi, Davlat arbobi sifatidagi faoliyati, tarjimai holi, Muhammad Alixon ijodida Navoiy va Fuzuliy an’analari, Fuzuliy g`azallariga tazmin va taxmislar, devonining janriy tarkibi, she’riy mahorat qirralari, she’riyatining tasavvufiy asoslari.
Gulxaniy XVIII asr ohiri va XIX asrning birinchi yarmidagi oʻzbek adabiyotining vakillaridan biri boʻlib, oʻz ijodiy faoliyatida hajv va masal janrini yangi bosqichiga koʻtargan shoir va masalnavisdir. Muhammadsharif Gulxaniyning bizgacha etib kelgan adabiy merosimdan ma’lum boʻlishicha, u oʻzbek, fors – tojik klassiklari asarlarini qunt bilan oʻrgangan, hind adabiyotining oʻlmas durdonalaridan hisoblangan «Kalila va Dimna» ni mutolaa qilgan. Gulxaniy hayotining tafsiloti soʻnggi vaqtlarga qadar ravshan emas edi. Lekin adabiyotshunoslarrimiz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bu sohani ancha oydinlashtirmoqda. Fazliy Namangoniyning «Majmuai shoiron», Qori Raxmatullo Vozeh Buhoriyning «Tuhfatul - ahbobfi tazkiratul – ashob» antologiyalarida Gulxaniy haqida ayrim ma’lumotlar verilgan boʻlib, ulardan shoir hayotining ba’zi bir tomonlarini: uning yodi feodal – klerikal saroy adabiyoti vakillari bilan kurashda oʻsganini, uning soʻz sa’natida jiddiy imtixondan oʻtganini koʻrsatdi. Gulxaniy toʻgilgan yili ma’lum emas. Fazliy Namangoniyning Gulxaniy haqidagi ma’lumoti, shoirning tojikcha gʻazallarning til xususiyatlari, uning gʻarmlik boʻlganligidan dalolat beradi. Fazliy oʻz tazkirasida uning «Koʻhiston mulkidan» ekanligini ta’kidlab quyidagilarni yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |