Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi


Orazing gulzori jannat bog`idur, Tori zulfung jon qushini bog`idur



Download 417,3 Kb.
bet71/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91
Orazing gulzori jannat bog`idur, Tori zulfung jon qushini bog`idur.
Halqai zunnor zulfung davrida, Kofiri ishq oʻlmog`onlar bog`idur.
Birinchi misradagi «bog`idur» - jannat, firdavs bog`i, ikkinchi misradagisi robita, bog`lovchi vosita, toʻrtinchi misrada esa, ishq gashtini surolmaganlar, uning yoʻlida alam chekmaganlar bedard odamlardir ma'nolarida qoʻUanilgan.
Ikkinchi tuyuq:
Ey parivash, gul yuzungdin parda ol, Kim g`amidin koʻzda yoshim boʻldi ol.
Yor boʻlg`oylar senga mahshar kuni, Ahmadi Muxtor ila Ashobi ol.
Birinchi misradagi «ol» tajnis soʻzi «yuzingdagi pardani olib tashla», ikkinchi misradagisi «qizil» va toʻrtinchi misradagisi esa, «mahshar kuni syenga avliyolar yordam beradi, jazolanishdan saqlab qoladi» ma'nolarini anglatadi.
Uchinchi tuyuq an'ana bilan bog`liq. Sakkokiy, Xoja va boshqa bir qancha shoirlar g`azallarida, tuyuqlarida koʻp ma'nolarda ishlatiladigan soʻz-qofiya Amiriy tuyug`ida ham «kechamen» soʻzi ma'nolari kyengaytirilib, kecha-tun, kecha-jondin kechmoq, kecha-suv kechmoq ma'nolarida ishlatilgan.Toʻrtinchi tuyuqdagi tajnis qofiya «qoshidin» soʻzidir. Unda «yorning qoshi», «uning huzuri—qoshidan kelmoq», «zulfiyu qoshi nomusulmon qildi» ma'nolarini anglatadi.Beshinchi va oltinchi tuyuqlarda ishlatilgan an'ana\iy. «yoqadur», «chin» soʻzlari Amiriydan awalgi shoirlar uchun ham tuyuq yaratishga xizmat etgan. Biroq Amiriy bu soʻzlarning yangilangan ma'no qirralarini topadi:
Ul pari jonimg`a oʻtlar yoqadur (jonimni oʻrtaydi),
Kuygonim koʻnglig`a yaxshi yoqadur(xush keladi, yoqadi)
Ishqida har yon tushub jaybimg`a chok,
Telbamen piyrohanim beyoqadur (yoqasiz).
Navxatim zulfidin ochg`on chog`da chin(qulfochish),
Munfaildur mushkdin ohuyi Chin.(Chin ohusi),
Chini Mochin zulfi purtobidadur,
Bu soʻzum yalg`on emastur, barcha chin(rost).
Amiriy «chin» soʻzining yanada koʻproq ma'nolarini topib, shu radifda etti baytli g`azal ham yaratgan. Unda «chin» tajnisi — rost, haqiqat, tugun, kishi yuzida uchraydigan ajin, Sharqiy Turkiston (Chin oʻlkasi nomi), yor zulfining halqasi ma'nolarida ishlatilgan. Amiriy ijodini ayniqsa Alisher Navoiy an'analari bilan bog`lovchi jihatlar turli shakllarda namoyon boʻladi. Birinchi navbatda, Amiriy ham Navoiydek ma'rifatli, diyonatli shaxs, davlat arbobi boʻlishga, yurt-el tinchligi va osoyishtaligini saqlashga, madaniyat hamda adabiyotga homiy boʻlishga intildi. Mir Alisher Navoiydek she'r amiri boʻlishni orzu qildi, shu yoʻlda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning Amiriy soʻzini taxallus sifatida tanlashida ham ramziy ma'no, Navoiyga eigashish, ehtirom bor. Mir va amir soʻzlarida shohlik va hukmdorlik ma'nolaridan tashqari, she'riyatda nom chiqarish, kuchli iz qoldirish ma'nolari ham boʻlsa kerak. Zero, asarlarining bir joyida Saidumarbek oʻzining ishq ahlining shohi, amiri ekanligiga ham ishora qiladi. Ikkinchidan, u badiiy ijoddagi an'analaiga sodiq boʻlib, Navoiyni oʻziga birinchi madadkor, ustoz sifatida tanlaydi. Navoiy asarlarini koʻp nusxalarda koʻchirtiradi, she'riyat darsligiga aylantiradi. Navoiy an'analarining Qoʻqon adabiy muhitida keng tarqalishini ta'minlaydi. Navoiy dahosidan ta'sirlanib g`azallar, muxammaslar ijod qiladi.
Alisher Navoiyning Amiriy she'riyatiga ta'siri uch xil shaklda koʻzga tashlanadi:
1. Amiriyning ishq mulkining shohi sifatida Navoiyning haqiqiy va majoziy ishqni tarannum etuvchi lirik she'rlaridagi insonparvarlik tuyg`ulari, komil inson haqidagi umumbashariy g`oyalaridan ta'sirlanib, ularni ma'qullab, oʻz davri sharoiti va talabiga koʻra ularni boyitish, davom ettirish;
2. Shu maqsadda Navoiyning she'riyat muxlislari orasida keng tarqalgan, sevib kuylangan g`azallariga nazirasifat she'rlar yaratish. Navoiy g`azallari ohangi va shaklida yangi g`azallar, she'rlar yaratish;
3. Nihoyat, Navoiyning eng sara g`azallariga tazmin (taxmis) muxammaslar yaratish. Zero, adabiy ta'sirning bu soʻnggi shaklida Atniriyning Navoiy ijodiga nechog`li baland hurmat bilan qaraganligi koʻproq namoyon boʻladi.
Amiriy qalamiga mansub oʻttizdan ziyodroq tazmin muxammaslarning yigirma beshtasi Navoiyning shoh g`azallariga bog`langanligi shu davoni isbotlay oladi.
oʻzbek mumtoz she'riyatida tazmin muxammaslar ustoz shoirdan tajriba oʻrganish, kuch sinash, oʻz misra va baytlarini ustoz misra, baytlari mezonida turib baholash, adabiy ta'lim olish, shu asnoda oʻz ijodiy imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazish vositasi boʻlib kelgan.

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish