Аxborot vа murаbbiylik soаti



Download 115,59 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2022
Hajmi115,59 Kb.
#456520
  1   2   3
Bog'liq
Z.M.Bobur hayoti va faoliyati


АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN MАTERIАL


Mavzu: Ikkinchi renessans hodisasining yirik namoyandasi
Zahiriddin Muhammad Boburning
hayoti va faoliyati

Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi va ijodining jahon tarixi, adabiyoti, san’ati va ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni, Bobur she’riyati janriy tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, “Boburnoma” asarining o‘zbek nasri taraqqiyotidagi mavqei, g‘oyaviy-badiiy-ilmiy jihatdan o‘ziga xosligi, qomusiy harakteri, o‘zbek va jahon adabiyotshunosligida Bobur hayoti va ijodi keng o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da tilga olingan yoshlarni aqlan, yetuk, ma’nan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida Bobur shaxsi va ijodini o‘rganish, uni yoshlar ongiga singdirish, namuna qilib ko‘rsatish bugungi dolzarb masalalardan. Avvalo, yuksak badiiy mahorat egasi, yetuk shoir sifatida e’tirof etiluvchi Bobur she’riyatining mavzu ko’lami, unda Vatan va xalq manfaatlarining ulug’lanishi, ma’naviy-axloqiy masalalarning mahorat bilan kuylanganligi kabi masalalarni ochib berish orqali yoshlar ma’naviy olamini boyitish, Vatanga, adabiyot va san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash juda muhim. Shularni hisobga olgan holda, XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Movarounnaxrda ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhit va unda Boburning tutgan o’rni, Bobur hayot yo‘li va ijodining adabiyotshunoslikda o‘rganilishi, Boburning ijodiy merosi, she’rlarining janriy tarkibi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, “Vaqoe’” – “Boburnoma”ning qomusiy asar ekanligi masalalarini bugungi kun nuqtai nazaridan baholash oldimizda turgan eng ulkan vazifalardan.


Bobur hayoti va ijodi shu kungacha adabiyotshunoslar, tilshunoslar, tarixchilar, geograflar va fanning boshqa soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib kelindi.
Uning hayoti va ijodi haqida Denilson Ross, M.F.Kupriilzoda, A.N. Samaylovich, Fitrat, B.E.Bertels, Ya.G‘ulomov, V.Vozradov, X. Yoqubov, R.Nabiyev, S.Azimjonova, A.Qayumov, N.Mallayev, B.Valio’jayev, I.V.Stebleva, S.Xasanov, S.Jamolov, O.Valixonov, S.Jalilov, R.T.Shamsutdinov kabi olimlar monografiya, risola, maqolalar yaratganlar.
Shunga qaramasdan, Boburning hayoti va ijodiga doir muammoli masalalar ko’p. Shulardan biri Boburning tug’ilgan joyi masalasidir, garchand, "Boburnoma"da uning hayot yo‘li batafsil berilsa-da, uning tug‘ilgan joyi aniq aytilgan emas. Shuning uchun ayrim olimlar uning tug’ilgan joyini Axsi deb ko‘rsatsa, ayrim olimlar Andijon deb yozadilar.
Bizningcha, Bobur tug‘ilgan joy Andijon deb olinishi maqsadga muvofiqdir. Bobur "Boburnoma"da Andijonni 58 marta, Axsin 29 marta tilga olinadi. Umarshayx Mirzo davrida Farg‘ona viloyatinnng poytaxti Axsi va Andijon bo‘lgan, Axsi viloyat chegarasi, daryo bo’yidagi shahar bo‘lsa, Andijon viloyat ichida, Axsiga nisbatan issiq joydir. Boburning 1483-yil 14-fevradda, qish faslida tug‘ilgani hisobga olinsa, Umarshayx oy-kuni yaqin Qutlug’ Nigorxonimni Andijonda saqlagani mantiqan to‘g‘ridir.
Boburshunoslikka doir manbalarda undan qolgan meros quyidagicha belgilanadi: lirik devonlar, "Boburnoma", "Muxtasar", "Mubayyin", "Volidiya", "Xarb ishi", "Musiqa ilmi", "Xatti Boburiy". "Boburnoma"ni ko‘chirgan kotib, unga yozgan ilovasida shunday fikrlar yozib qoldirgan: "Va podshoh aruz va qofiyaga ham risolalari bor va ul jumladan, "Mufassal” degankim, yangi tasnif qilibdurlar". Bu bitikdan ma’lum bo‘lmoqdaki, Boburning qofiya ilmiga bag‘ishlangan risolasi ham bor. Demak, Boburning bizga yetib kelmagan asarlari: "Harb ishi", "Musiqa ilmi" qatoriga qofiya ilmiga bag‘ishlangan risolasini yozgan bo‘lishi kerak.
Boburning aruz ilmiga bag‘ishlangan risolasi boburshunoslikda "Risolai aruz", "Mufassal", "Muxtasar" nomlari bilan atab kelinadi. "Risola aruz" umumiy nom bo‘lsa-da, keyingi nomlar ma’no jihatidan bir-biriga mos kelmaydi. "Mufassal" so‘zi to‘liq bayon qilingan ma’nosini bersa, "Muxtasar" so‘zi esa qisqa, lo‘nda ma’nolarini beradi.
Ma’lumki, Bobur Afg’on, Hindni zabt etib, imperiya tashkil qilgan edi, Yevropalik olimlar Bobur imperiyasini "Buyuk mo’g’ullar imperiyasi" nomi bilan ataydilar. O‘zbek olimlari esa bu atama noto‘g‘ri ekanini uqtirib, Boburning mo‘g‘ul emasligini ta’kidlaydilar. Yevropalik olimlar nega andijonlik Boburni mo’g’ullarga bog’laydilar?
Bobur "Boburnoma"da o‘z shajarasini quyidagicha qayd etadi: Amir Temur, Mironshoh, Sulton Muhammad, Abu Said, Umarshayx, Bobur. Shu bilan birga, Temur Chingizxon avlodidan uylangani sabab, temuriylar qoniga Chingiz avlodi qoni qo‘shilganini ta’kidlab, agar Chingizxondan shajara boshlansa, Bobur 16- avlod ekanini sanab o‘tgan.
Boburning keyingi qarorini asos qilib olgan Yevropa olimlari uni bevosita Chingiz avlodi sanaydi. Bu to‘g‘ri emasdir. Yuqoridagi birinchi shajara asos bo’lib, Bobur imperiyasini "Buyuk Bobur imperiyasi" deb atash ma’quldir.
Manbalarda, adabiy, badiiy asarlarda Boburning xarami haqida ma’lumotlar oz uchraydi. Hatto P.Qodirovning "Bobur" romanida Bobur haram ushlamagan degan fikr berilgan.
N.A.Muhitdinov uzoq yillar davomida Hindistonda elchi vazifasida ishlab, Boburiylar tarixi bilan qiziqqan, yangi-yangi faktlarga duch kelgan. U “Guliston” jurnalida e’lon qilingan maqolasida Bobur farzandlari 18 ta bo’lib, ulardan 16 tasi Kobulda tug’ilganini yozadi.
Boburning hozirgacha e’lon qilingan she’riy to’plamlari Bobur lirik merosini to‘la qamrab olgan emas. "Boburnoma"da va boshqa bayoz va to‘plamlarda shoirning turkiy, forsiy misralari borki, ularni jamlash, uning to‘la she’rlar to‘plamini nashr etish navbatdagi vazifalardandir.

Download 115,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish