1. A. Qodiriy merosi va uni o`rganishning ahamiyati



Download 2 Mb.
bet1/2
Sana30.03.2022
Hajmi2 Mb.
#517062
  1   2
Bog'liq
Abdulla Qodiriy


Reja:
1. A.Qodiriy merosi va uni o`rganishning ahamiyati.


2. A.Qodiriy XX asr o`zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri,
3. O`zbek nasri tarakkiyotida, xususan, yangi o`zbek hajviy nasri tarakkiyotida A.Qodiriyning xizmatlari.
4. A.Qodiriy o`zbek realistik romanchiligi maktabining asoschisi.
5. “Utgan kunlar” - birinchi o`zbek realistik romani. Romanda kalamga olingan hayot muammolari, xususan ona yurt birligi, mustakilligi, ravnaki masalalari keskin tarzda ko`yilishi.
6. “Mehrobdan chayon” romaning o`ziga xosligi, unda feodal tuzumi chirkinligining fosh etilish.
7. “Obid ketmon” asarining 30-yillar o`zbek nasri rivojidagi o`rni.
8. A.Qodiriy ijodining o`zbek adabiyoti tarixida tutgan o`rni.

Uzbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida ulkan hissa kushgan va “Uzbek romannavsligining otasi” deb nom chikargan san`atkor A.Qodiriy (Julkunboy) 1894 yilning 10 aprelida Toshkent shahrining Beshyogoch dahasida bogbon oilasida dunyoga keladi. Otasi Qodir bobo savdo ishlari bilan, keyinchalik, keksaygach, bogbonlik bilan shugullangan.


A.Qodiriy o`z tarjimai holida shunday yozadi: “Boshda boy oilada tugilishimmi yoki kambagal oiladami, bunisini bilmayman, ammo yoshim 7-8 ga yetgach, kornim oshga to`ymaganidan anik bildimki, besh jonning tomogi fakat 80 yoshlik bir chol otamning mehnatidan, ya`ni bogning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar edi. Agar bahor yomon kelib, bog mevalari, ofatga uchrab kolsa, biz ham ochlikka duch kelib, kishi bilan javrab chikar ekanmiz”.
Binobarin, yozuchining yoshlik choklari xiyla ayanchli kechadi. Shuning uchun ham u yoshlik kezlari boy va savdogarlar ko`lida xizmat kilib, yetarli darajada tahsil ko`ra olmaydi. Shunga karamasdan A.Qodiriyning bilimiga, adabiyotga kizikishi aslo so`nmaydi.
U dastlab eski usuldagi maktabda, so`ng 1908-1912 yillarda rus tuzem maktablarida o`kib, uni a`lo baholarga bitirib, hatto Toshkent generallar gubernatori Samsonovning kumun soat bilan takdirlashiga sazovor bo`ladi. Abdulla maktabni bitirgach 1912 yili Rasulmuhammad boyga prikazchik, ya`ni mirzo bo`lib ishga kiradi. Bu savdogar boy insofli-adolatli ziyolilarni juda hurmat kilar edi. Abdulla boyning xonadonida va savdo do`konida yashab juda ko`plab ana shunday ilgor fikrli ziyolilar bilan tanishadi va ulardan savdo ishlarini o`rganadi. 1914 yili u boyning kizi Rahbaroy bilan turmush kurib, undan ikki o`gil, ikki kiz ko`radi, ya`ni Nafiza, Adiba, O`abibullo, Ma`sudlar bilan osuda hayot kechiradi.
O`sh yozuvchining ilk ijodiy faoliyati ham shu davrga 1913-1914 yilarga to`gri keladi. U shu kezlarda chikib turgan “Sadoi Turkiston”, “Samarkand”, “Oyna” kabi gazeta va jurnallar bilan muntazam tanishib borib, o`zi ham keyinchalik ularga kichik-kichik xabar va makolalar yozib turadi. (Aslini olganda Abdulla mazkur gazeta va jurnallarni boyning karamogidan olib o`kib turadi).
A.Qodiriy ham ko`pchilik yozuvchilar singari ilk ijodida she`riyatga kizikadi. Uning 1915 yilda “Oyna” jurnalida e`lon kilingan “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “To`y” kabi she`rlarini bunga misol kilib keltirish mumkin. Muallifning mazkur she`rlari va ayniksa, “Juvonboz” hikoyasi, “Baxtsiz kuyov” fojiasi , bevosita Behbudiyning “Padarkush” fojiasiga taklidan yozilgan bo`lib, ularda jaholatga, ma`rifatsizlikka karshi kurash va xalkni ilmga, madaniyatga chakirish ustun keladi. Xususan, muallif jadidchilik ruhi bilan sugorilgan “Ahvolimiz”, “Millatimga” she`rlarida eski yaramas odatlarga: ichkilikbozlik, fohishabozlik, kimorbozlik, bedanabozlik kabi illatlarni kattik koralab, gaflatda kolgan millatni va ayniksa, uning kelajagi bo`lgan yoshlarni himmat kamarin boglab, gayrat bilan mehnat kilishga chakiradi.
A.Qodiriyning Oktabr inkilobidan keyingi hayoti, faoliyati vaktli matbuot bilan yana ham uzviy boglanadi. Chunonchi, u1919 yili “Ozik ishlari” gazetasiga muharrirlik kiladi. “Inkilob”, “Ishtirokiyun”, “Qizil bayrok” gazetalarida adabiy xodim va muxbir bo`lib ishlaydi.
1919 yildan A.Qodiriy “Mushtum” jurnalining tashkilotchilaridan biri sifatida maydonga chikadi, boshkacha aytganda jurnalni yo`rgaklab, beshigini tebratgan, hatto unga “Mushtum” degan nomni ham topib ko`ygan adibdir. A.Qodiriy jurnalni tashkil etish bilan chegaralanib kolmay, balki unga jon, kon ham ko`shadi, ya`ni o`zining 1923-1924 yillarda yozgan “Toshpo`lat tajang nima deydi”, “Kalvak maxzumning xotira daftaridan” turkumidagi satirik hikoyalari bilan bir necha yillar davomida jonlantirib, xalkning sevimli jurnaliga aylantiradi.
A.Qodiriy jurnalistika sohasidagi malakasinin oshirish maksadida 1924-1925 yillar orasida Moskvadagi (Valeriy Bryusov nomidagi) oliy jurnalistika institutiga kirib o`kiydi. Shu tarika yozuvchi 20 yillar orasida “Qodiriy”, “Julkunboy”, “Toshpo`lat”, “Kalvak maxzum”, “Dumbul”, “Avsar”, “Shigay” kabi taxalluslarda kizgin va barakali ijod kiladi.
A.Qodiriy yirik hikoyanavis, o`tkir felyetonchi bo`lish bilan birga birinchi o`zbek romannavisi sifatida ham shuhrat kozongan san`atkordir. Adib 1917-1918 yillardan boshlab “Utgan kunlar” romani uchun material to`plashga kirishadi. 1922 yilda birinchi o`zbek romanining dastlabki boblari “Inkilob” jurnalida chop etiladi. 1925 yilda “Utgan kunlar” alohida-alohida uch bo`lim holida, so`ng 1926 yilda kitob bo`lib nashr etiladi. Oradan ikki yilo`tib 1928 yilda yozuvchining ikkinchi tarixiy romani “Mehrobdan chayon” romani nashr etiladi. 1934 yilga kelib esa muallifning kishlok xo`jaligi mavzusiga bagishlangan “Obid ketmon” kissasi yaratiladi.
A.Qodiriy “Amir Umarxonning kanizi”, “Nomoz o`gri”, “Dahshat” kabi romanlar yaratish orzusida edi. Ammo bevakt o`lim bu orzularning ruyobga chikishiga imkon bermadi.
1937 yillardagi mash`um siyosat A.Qodiriy hayotiga bolta urdi. U ham boshka ziyolilar singari, tuhmatga uchrab, kamokka olindi: “Menga ko`yilgan ayblarni boshdan oyok rad etaman. O`akikat yo`lida har kanday jazodan, kiynokdan ko`rkayman. Agar otmokchi bo`lsalaring, ko`kragimni kerib turaman”,-deydi adib. Xullas 9 oylik kiynoklardan so`ng 1938 yilning 4 oktabrida A.Qodiriy Toshkentda pinhona ravishda otib tashlanadi. Vafotidan kariyib 20 yildan so`ng, ya`ni 1956 yilda kayta oklanadi, asarlari yangidan nashr etala boshlaydi.
1990 yilda jumhuriyat prezidenti farmoni bilan A.Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta`sis etiladi. 1991 yilda esa A.Qodiriyga A.Navoiy nomidagi Davlat mkofoti beriladi. Adib bor-yo`gi 44 yil umr ko`rgan bo`lsa, shundan atigi 20 yilini kizgin ijodiy faoliyatga baxshida etdi.

A.Qodiriyning ijodi.


Bulgusi adibning ilk ijodi 1913-1914 yillardan boshlangan bo`lib, dastlab u shoir sifatida kalam tebratadi. Uning “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “To`y” (1914-1915) kabi she`rlari “Oyna” jurnalida bosilib chikadi. U o`z millatini ma`rifatga chakiradi, ma`rifparvar shoir va adib sifatida maydonga chikadi. Uning “Baxtsiz kuyov” (1915) nomli fojiasi, “Juvonboz” (1915), “Ulokda” (1916) kabi hikoyalarida ham xalkni savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko`rish istagi sezilib turadi. Bu asarlar Qodiriyning badiiy ijoddagi dastlabki izlanishlari bo`lib, ular o`sha davrning tarakkiyparvar harakati jadidchilik goyalari bilan sugorilgan, jadid adabiyoti ta`sirida yozilgan edi. Bu asarlarda Qodiriy kolok odatlarni tankid ostiga oladi, xalkni o`zligini anglashga, yangilikka da`vat etadi.
O`zuvchining “Juvonboz” asarida o`kishni tashlab buzuk, shaltok yo`llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi, ota-onani dogda koldirib, oxiri jinoyatga ko`l uradi, kamaladi. “Baxtsiz kuyov”da esa muallif kolok odatlardan biri - hashamatli to`y, ortikcha sarf-harajatlar va ularning ko`ngilsiz okibatlari masalasini ko`taradi. Garchi bu asarlarda yozuvchi davrning muhim masalalarini o`rtaga ko`ygan bo`lsa ham, ular yuksak badiiy asar darajasiga ko`tarilmagan. Ular oshkora tashvikiy ruhda bo`lib, ularda san`atkorning o`rnini voiz, nasihatgo`ylik egallaydi.
O`zuvchi mahorati tez yuksala berdi. Oradan sal fursat o`tib yozilgan “Ulokda” nomli hikoyasi avvalgi asarlari bilan tengalashtirib bo`lmaydigan darajada yukoridir. Endi bu asarda tashvikotchilik, hikoyachining o`rinini san`atkor egallaydi. Endi bu asarida muallif vokea-hodisalarni obrazlar orkali badiiy gavdalantiradi. O`zuvchi xolis turib, hodisalarga aralashmaydi. Ularni begubor bola nigohi orkali bor holicha ifodalaydi. Bu hikoya fakat Qodiriyning yutugi bo`lib kolmay, o`zbek realistik hikoyachiligining yetuk namunasidir.
Yangi o`zbek prozasi rivojida Qodiriyning xizmatlari kattadir. 1924 yili A.Qodiriy Moskvaga borib, jurnalistlar institutida tahsil olib kelgandan so`ng, “Mushtum” jurnalida shtatsiz muxbir bo`lib ishlaydi. Uning “Toshpo`lat tajang nima deydi?”, “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan” turkumidagi satirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosila bordi. Bu hikoyalarda Kalvak Mahzum, Toshpo`lat tajang timsollari orkali vokealikdagi ichki ziddiyatlar keskin fosh etiladi. 20-yillarning o`rtalarida yaratilgan bu asarlarda muallif endi hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuktai nazardan turib, nukul bir yoklama koralash, fosh etish yo`lidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko`rsatishga jazm etadi.
“Kalvak Mahzumning xotira daftaridan” asari 1923-1927 yillar oraligida yozilgan. Asar peshma-pesh “Mushtum” jurnalida e`lon etilib turgan.
Qodiriy bu asarida ko`pdan beri hakikiy hayot bilan alokasi uzilgan, madrasa xurofoti bilan govlangan mahalla imomi Kalvakning kulguli sarguzashtidan hikoya kilib beradi. Asar boshida muallif Mahzumni kahr bilan koralash, masxaralashga tushadi. Real xayolidan uzilib kolgan Mahzumning yangiliklarni hazm kila olmay, nokulay ahvolga tushib kolishi san`atkorona chizib berilgan.
“Toshpo`lat tajang nima deydi?” asarining kahramoni Toshpo`lat xarakteri ham ziddiyatli. U bolaligida yaxshi tarbiya ko`rmagan, maktabda yolchitib bilim olmagan, omadsiz odam. U gunoh ishlardan - nashavandlik, kimorbozlik, bezorilikdan ham toymaydi. Ma`rifatsizlik tufayli u ko`p hollarda oddiy turmush chigalliklarini yecha olmay, hayotdagi yangiliklar mohiyatini anglab yeta olmay kiynaladi, kulguli, tang ahvolga tushib koladi. Xususan, solik kogozining, umuman solik siyosatining ma`nosiga tushunmay dovdirashi, babok xo`rozni kuvib maktabga kirib kolishi, u yerdagi yangicha ta`lim-tarbiya, o`kuvchilar hakida o`zicha badbin xayollaga borishi, shu kabi hatti-harakatlari bilan chindan ham o`z-o`zini fosh etadi. Toshpo`lat muallif ta`riflaganday, ishsiz, biri ikki bo`lmay, yomon yo`llarga kirib kolib tajangligi tutgan chapani. 20-yillardagi murakkab, ogir sharoit uni shu ahvolga soladi. U o`zini har ishga uradi, do`kondorlik kiladi, tegirmonda ishlaydi, dehkonchilikka ko`l uradi, mardikorchilik kiladi - birok buning bilan uning kosasi okarmaydi.
Toshpo`lat mana shunday nohakliklarni ko`rganda jinnisi ko`ziydi, shunday ogir zamonda kambagalning boshini silash o`rniga, unga yomonlikni ravo ko`radigan olifta mansabdorlar ko`ziga balo bo`lib ko`rinadi: o`ziga o`xshaganlarning fakir yashashiga fakat shular aybdor deb biladi. Shuning uchun ham ularga duch kelganda asabiylashadi, bezoriligi tutadi, o`zini ovutish uchun nashavandlikka beriladi.

A.Qodiriy - birinchi o`zbek romannavis.


Ko`p asrlik o`zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda nasrga nisbatan nazm necha asrlar davomida rivojlanib, saykal topib katta tajribaga, boy an`anaga ega bo`lib kelganligi guvohi bo`lamiz. Bundan o`tmishda prozamiz mutlako rivojlanmadi degan xulosa chikarmaslik kerak albatta.
XX asrning boshlariga kelib, yangi davr adabiyot oldiga ham yangi fazifalarni ko`ndalang ko`ydi. Bu davrga kelib, uygonish davriga kelib poeziya janrining o`zi bilan cheklanib kolish mumkin emas edi, albatta. Turmushni, yangi hayotni, yangi vokealikni, yangi insonni, uning butun ichki olamini keng va har tomonlama aks ettirib berish uchun poeziya bilan bir katorda proza, dramaturgiya singari adabiyotning yirik janrlari, shakllari ham zarur edi. Buni hayotning o`zi takozo etdi. Xullas 20-yillarga kelib o`zbek adabiyotida proza janrini yaratish uchun yangi harakat boshlanadi. Bu harakatni jonlantirishda ko`pchilik yozuvchilar katori A.Qodiriyning ham xizmatlari katta ekanligini alohida kayd etmok kerak. Bu o`rinda adibning “Utgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlarini eslab o`tmok kifoya.
Romanni o`zbek o`kuvchisi, butun turkiy tilda so`zlovchi xalklarning zukko kishilari hatto bayramdek kutib oldilar. Roman tillarda dostonga aylandi. Qo`ldan-ko`lga o`tib o`kildi. Shuni ham aytish kerakki, o`zbek nasrini ibtidoilikdan Yevropa tushunchasidagi yangi boskichga ko`targan “Utgan kunlar” romani dunyo yuzini ko`rgan dastlabki kunlardan boshlab to yakin-yakingacha keskin munozaralarga sabab bo`lib keldi. Ko`pgina tankidchilar asarga, uning muallifiga vulgar sotsiologizm nuktai nazaridan yondashib baho berdilar. A.Qahxor, K.Yashin, M.Shverdin, Miyonbuzruk Solihov, Satti O`usayn, Ziyo Said, Olim Sharafiddinov, Jumaniyoz Sharipovlar shular jumlasidandir. Asarga istiklolga erishganimizdan so`ng o`zining ikkinchi umrini yashay boshladi, u endilikda, garchi juda kech bo`lsada, o`zining hakikiy bahosini olmokda.
O`zuvchi bu romanida xolis turib, o`tgan XX asr o`rtalaridagi Turkiston tarixining, o`zbek xalki hayotining, bir so`z bilan aytganda o`sha davr ziddiyatlarini Otabek va Yusufbek singari tarakkiyparvar kishilarning bosib o`tgan yo`lini ko`rsatish orkali aks ettirishni asosiy maksad kilib ko`yadi. Garchi asar mavzui keyingi xonliklar zamonidan olingan, Turkiston feodallarining keyingi vakili Xudoyorxon davridagi o`zboshimchaliklarni ko`rsatishga karatilgan bo`lsa ham, asarda o`sha zamon vokealari, ijtimoiy jarayonlar, odamlar ruhiyati, orzu intilishlari, kechmishlari hakkoniy, betakror tarzda zo`r realistik mahorat bilan chizilgan bo`lsa ham, unda zamonaviy ruh juda kuchli.
Qo`konda tashkil etilgan birinchi Turkiston mustakil muhtoriyatning majaklab tashlanishi ko`p xur fikrli ziyolilar singari Qodiriyni kattik larzaga solganligi tabiiy. Xuddi shu fojia “Utgan kunlar”ning yozilishiga turtki bo`lgan bo`lsa ajab emas. Adib bu romani orkali xalkning milliy ongini uygotmokchi bo`ladi. “Tariximizning eng kir, kora kunlari” - yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan, keyingi “xon zamonlari” hakida so`z ochib, tarixning bu ayanchli hakikatdan xalkka sabok bermokchi bo`ladi.
“Utgan kunlar” romaning ma`no-mundarija doirasi aslida ancha keng. Unda xilma-xil ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ahlokiy muammolar kalamga olingan. Birok ular orasida eng muhimi - yurtning, millatning takdiri, mustakilligi masalasidir. “Utgan kunlar” romaniga kadar ham, asar yozilgan paytlarda va undan keyin ham hech kim o`tgan asrda millat, milliy davlat takdiri uchun hayot-mamot ahamiyatiga molik tarixiy hodisalarni, o`lkaning mustakillikdan mahrum bo`lib, mustamlakachilar oldida taslim bo`lishga olib kelgan ommilarni Qodiriychalik chukur, ta`sirchan badiiy tadkik etgan emas. Binobarin, yurtning mustakilligi, birligi, totuvligi, tinchligi masalasi romanning asosiy pafosi darajasiga ko`tarilgan. Asarning markaziy kahramonlaridan Otabek va Yusufbek hojilar shu yurtning istikloli, farovonligi, osoyishtali yo`liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir.
“Utgan kunlar” romanida asarning asosiy goyasi va uning badiiy vositasi bo`lgan vokea, syujet dastavval markaziy kahramon - Otabek biografiyasida, sarguzashtida mujassamlanadi. Romanning birinchi bobidayok o`kuvchi Otabekning mavjud sotsial-siyosiy vokealarga, xonlik tuzumi sistemaiga, Rossiyaga, oilaviy hayotga, eski “odat”larga bo`lgan munosabatlari bilan tanishadi. Otabek - Turkistonda, feodal istibdodi kabigida endigina tugilib, rivojlanib kelayotgan savdo burjuaziyasining dastlabki vakillaridan biri edi. Otabek ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, shaxsiy, oilaviy hayotda ham erkin, davriga nisbatan progressiv goyalarnitashuvchi tarakkiyparvar burjuaziyaning vakili sifatida maydonga chikadi. O`zuvchi Otabekni har tomonlama mukammal ko`rsatishga, yorkin tasvirlashga intiladi. Otabek turli shaxslar bilan to`knashadi, turli vaziyatga tushadi, turli sharoitda uning psixologiyasi chukur ochila beradi. Otabek ishk-muhabbatni shu kadar baland ko`yadiki, hatto, uning hayotidagi barcha fojiali vokealar ham shu ishk-muhabbatning himoyasi uchun kurash orkasida voke bo`ladi. U ko`pdan buyon o`zini maftun etgan kizning visoli uchun, uning baxtli hayoti uchun kurashib, katta dushmanlar guruhiga duch keladi. Otabek “Dushanba kuni kechasi” bobida Sodik, Mutal, O`omid singari reaksiya kuchlariga karshi tanho kurashadi, bu kurashga uni muhabbat otlantirgan edi. Otabekning O`omidlar ustidan kozongan galabasi adolatning adolatsizlik ustidan kozongan galabasi edi. Ammo o`sha mudhish Xudoyorxon zamonida bu galabani ko`llab-kuvvatlovchi katta bir kuch bo`lmaganligi uchun pirovarda Otabekning kurashlari, Kumushga bo`lgan muhabbati chil-chil sinadi. Uning xarakterini ochuvchi eng muhim xususiyatlaridan biri shuki, Otabek hakikat va adolatga butun vujudi bilan berilgan va unga zo`r hissiyotlar bilan intildi, ammo adolatga olib boruvchi yo`lni ham, kuchni ham yaxshi bilmasdi. Bu o`ringa kelib Yusufbek hoji obrazi, Mirzakrim kutidor obrazi, Otabek bilan Zaynab muhabbati, Kumush va Zaynab o`rtasidagi konflikt, Oftoboyim, Uzbek oyim va boshka obrazlarga xarakteristika beriladi.
“Mehrobdan chayon”. “Utgan kunlar”dan so`ng “Mehrobdan chayon”ning dunyoga kelishiga kadar o`rtasida kiska vakt o`tgan bo`lsa-da, yozuvchi dunyokarashida, uning ijodiy o`sishida ancha yuksalish yuz berdi.
“Mehrobdan chayon”da XIX asrning II yarmidagi vokealar, Uzbekistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi davri hayoti, so`nggi xonlardan Xudoyorxon hukmronligi davridagi kora kunlar tasvir obyekti kilib olingan.
“Turkiston feodallarining,-deb yozadi muallif romanning mavzui to`grisida, -keyingi vakili bo`lgan Xudoyorxonning o`z xohishi yo`lida dehkon ommasi va mayda hunarmand-kosib sinfini kurbon kilish, mamlakat xotin-kizlarini istaganicha tasarruf etishi, bunga karshi keluvchilarga, tilasa rahmsiz jazo berishi - romaning mavzuidir”. A.Qodiriy bu romanda jamiyatdagi ijtimoiy kuchlar munosabatini ifodalashda, ijobiy kahramonlarni belgilashda to`gri yo`l tanlagan, Romanning bosh kahramoni Anvar obrazi bilan tanishsak, bu holni yanada ravshanrok ko`ramiz. Roman markaziga feodal istibdodining barcha dahshatlarini o`z yelkasida ko`targan oddiy xalk orasidan chikkan kahramon ko`yiladi. Asarning Markaziy kahramoni Anvar xon zamonasidagi barcha fiski-fujurlarni boshidan kechirgan va feodal istibdodi ziddiyatlarida xonavayron bo`lib ketgan kashshok bir oilaning bokimsiz kolgan bolasidir. Anvarning hayoti va faoliyati oddiy xalk hayoti va faoliyati bilan boglab ko`rsatiladi. Shuning uchun ham Anvar obrazida butun asarning bosh goyasi mujassamlashgan. Anvar o`z iste`dodi tufayli xon o`rtasida bosh munshilik darajasiga ko`tariladi, undagi butun ziddiyatlarni ko`rib jirkanadi, nafratlanadi, binobarin, Anvar o`zining insonga xos olijanob fazilatlarini mutlako yo`kotmaydi, biror nafas ham bu dargohdan rozi bo`lmaydi, feodallar muhitini mutassil la`natlaydi.
Romanning boshlarida Anvar ko`prok o`z halovatini o`ylovchi, xon o`rtasidagi va maxdumlar oilasidagi illatlarni seza boshlagan bo`lsa ham unga karshi bora olmaydigan bir kuch sifatida harakat kiladi. Masalan u, Mirzaboshchilikning “Iflos ish” ekanligini kayd kilgan holda, Ra`noga erishish uchun uning xasis solih otasi Mahmudning tazyikiga karshi bora olmaydi va bu vazifani bajarishga majbur bo`ladi.
Lekin vokealar davomida Anvar xarakterida o`zgarishlar yuz bera boradi. Xonning kilmishlari unda norozilik tugdiradi. Anvar ulamolarning fiski-fujurlarini, o`rda munshiylari ishidagi yaramasliklarni o`z ko`zi bilan ko`radi. O`ukmron sinfning xulk-atvori Anvarni gazabga keltiradi, sevgilisi Ra`noning xon haramiga olib ketilish esa uni iztirobga soladi. Anvar Xudoyorxon va uning atrofidagilardan yuz o`giradi, o`z o`limidan ham hayikmay, ular bilan betma-bet atishish darajasiga keladi.
Bir tomondan Anvar, Ra`no, Sultonali, Safar bo`zchi va boshkalar, ikkinchi tomondan Xudoyorxon, Abdurahmon domla, Shogovul domla va boshkalar o`rtasidagi kurash, ya`ni bir-biriga karama-karshi bo`lgan ijtimoiy kuchlar o`rtasidagi konflikt yozuvchining dikkat markazida turadi.
Xonning tirgagi, feodal tartiblarning mafkuraviy himoyachisi bo`lgan reaksion ulamolar vakili Abdurahmon va uning hamfikrlari oddiy mehnatkash xalk vakili Anvarning bosh mirozolikka o`tishini ko`ra olmaydilar, go`zal Ra`noga uylanishiga rashk kiladilar. Anvarni o`rdadan chetlatish uchun uning sevgilisi Ra`noni xon changaliga topshirishdek mash`um bir tuzokni ishga soladilar. Bu dramatik tugun asar syujetida keskin burilish yasaydi. Anvar fakat xondan emas, mehrob chayonlaridan ham yuz o`giradi, ulardan nafratlanadi. Bu jihatdan roman finalida dor ostiga keltirilgan Anvarning domlaga karata aytgan so`zlari juda xarakterlidir. Shu tarika muallif o`zbek yirik prozasida birinchilardan bo`lib, mehnatkash xalk vakili bilan reaksion ulamolar o`rtasidagi ziddiyatlarni tasvirlashga bel boglagan va ruhoniy libosiga burkangan chayonlarni fosh etishda jasorat ko`rsatgan.
Muallifning ayniksa, solih Mahmud xarakterini yaratishdagi mahorati alohida dikkatni jalb etadi. Asarning kator boblarida solih Mahmudning obrazi har taraflama real ochila boradi, ma`lum bir sotsial tabaka, islom ulamolariga xos xususiyatlar egasi, ayni vaktda tipik bir xarakter sifatida gavdalanadi.
Asardagi boshka obrazlar, personajlar: Safar bo`zchi, Xudoyor, Abdurahmon domla, Shahodat muftilar hakida ma`lumot beriladi.
“Obid ketmon” asarining yozuvchi ijodidagi, 30-yillar o`zbek nasri rivojidagi o`rni. Romanning tankidchilikdagi bir yoklama talkini. Asarning ayrim kamchiliklariga karamay unda davr hodisalarining o`ziga xos tarzda hakkoniy yoritilishi. Obid ketmon, Xotib domla, mulla Muhsin, Berdi tatar obrazlari xarakterini ochishda yozuvchi mahorati. A.Qodiriyning ijodi hakida ikki soat yakunlovchi amaliy mashgulot o`tkaziladi.
Adabiyot:



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish