So’z bilan dunyoni tebratgan bobom



Download 18,74 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi18,74 Kb.
#529932
Bog'liq
Yusupova Dilafruzning maqolasi.


So’z bilan dunyoni tebratgan bobom”
Alisher Navoiy.
Termiz davlat universitetining
Pedagogika instituti talabasi
Yusupova Dilafruz Baxrom qizi.

Qalbni uyg’otadigan, jonlantirib turadigan eng yaxshi vositalardan biri badiiy adabiyot ekanligi ko’pchilikka ma’lum, albatta.Shuning uchun ham qo’liga qalam tutib, ijod qilishni boshlagan har bir kishi qanday muhim ishga o’zini chog’layotganini o’ylab ko’rmoqligi lozim.Ijod qilishni odamlar o’rtasida nom qozonish yoki arzimas, arzon kechinmalarni to’kib solish vositasiga aylantirib olgan, adabiyotning asl maqsadi, missiyasi nima ekanligini unutib qo’ygan.Shu mulohazalar asnosida yana mumtoz adabiyotimizning muazzam siymolaridan biri “So’z bilan dunyoni tebratgan” hazrat Alisher Navoiy bobomizga yuzlanamiz.


Hazrat Navoiydek zotlar, avvalo, adabiyotning asosiy quroli bo’lgan so’zga shunchaki yo’l- yo’lakay yozib yoki aytib ketilaveradigan hodisa sifatida qaramaganlar.Har bir ne’matning isrofidan saqlangan donishmand mumtoz adabiyotimiz so’zga ham Allohning bir bebaho ne’mati o’laroq munosabatda bo’lib uning ham isrofidan tiyilgan.Navoiy so’z san’ati borasida tug’ma daho ekanligini o’zi ham e’tirof etardi.Buni u otaxoni Sayid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubida shunday ifodalagan:
Falak ko’rmadi men kibi nodire,
Nizomiy kibi nazm aro qodire.
Ne nazme der ersam meni dard nok,
Ki har harfi bo’lg’ay ani durri pok.
Yetar Tengridin oncha quvvat manga,
Ki bo’lmas bitiriga fursat manga.
Ayni shu maktubida agar Firdavsiy o’z “Shohnoma”sini o’ttiz yilda yozgan bo’lsa, men buni o’ttiz oyda yozishim mumkun, xos ma’noda bo’lsin, iyhom san’atidan bo’lsin kunda yuz bayt bitish men uchun holvadek gap, deydi:
Ki har necha nutq o’lsa kohilsaroy,
Bitigaymen o’ttuz yilin o’ttuz oy.
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Anning kunda yuz bayti halvom erur.

Shoirning so’z haqidagi falsafiy-estetik qarashlari uning “Hayrat ul-abror” dostonida ham o’z aksini topgan.Dostonning shu haqidagi maxsus bobida Navoiy so’zni olam yaralishining asosi deb hisoblaydi va uning martabasini ulug’lab, so’zdek qimmatbaho narsaga hatto gavhar ham sadaf bo’la olmaydi, deydi:


So’z guhariga erur oncha sharaf,
Kim bo’la olmas anga gavhar sadaf.

So’zning oldida gavhar donasi nima degan gap, bu afsonaku, so’zni jahon dengizining durdonasi deb bil, deydi shoir:


Donau dur so’zini afsona bil,
So’zni jahon bahrida durdona bil.

So’z bu martabaga o’zining ma’nosi bilanerishadi, deydi Navoiy. Uning fikricha: “…so’zdagi ma’ni jone dururkim, so’z qolibe durur jonsiz…”. Xuddi shu jumlalar ”Xamsa”ning nasriy bayonida bunday tabdil qilingan: “…so’zning ma’nosi uning jonidir , usiz so’z qolipi jonsiz qolipdir”.


Qo’liga qalam ushlagan harbir kishi so’zining ma’nili bo’lmoqligiga jiddu jahd qilishi lozimligini,o’z ustida tinimsiz ishlashi kerakligi joizdir.Bugun biz hayotimizning har bir jabhasida Hazrat Navoiyga muhtojmiz, u zotdan so’z kutamiz.Shoir iborasi bilan aytganda o’zini “ahli ma’ni “, ya’ni ziyoliman deb hisoblagan kishi borki, o’z hayotini, maslagini Navoiysiz tasavvur qila bilmasligi kerak.Ayniqsa ijod ahli.Chunki so’z aytish qalamkashlar uchun shunchaki ko’ngil ishi bo’lmasligi lozim.Ijod ko’ngil ishidan ham yuqori bir maqomga yuksalib, millat,insoniyat g’ami, dardi miqyosiga chiqqandagina o’z vazifasini bajargan bo’ladi.Shu o’rindagi xulosamni til va adabiyot ustozimning “O’qi izla ammo maqsadingdan chekinma” degan gaplarini keltirib o’tmoqchiman.Bizdek ilimga chanqoq, zukko, shijoatkor Navoiy izdoshlari bor ekanmiz bobomizning buyuk merosini asrab, avaylab uni teran anglab yetib ko’klarga ko’taramiz.Zero, biz so’z bilan dunyoni tebratgan Navoiy avlodlarimiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Alisher Navoiy.To’la asarlar to’plami. 10 jildlik: 1-jild. G’.Gulom,2011.
2.Alisher Navoiy.To’la asarlar to’plami. 10 jildlik 4-jild. G’.Gulom .2011.
Download 18,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish