O´zbek tili o´qituvchisi Gavhar Avazbayevaning o´zbek tili fanidan 8-sinf uchun bir soatlik dars ishlanmasi Mavzu.,,Mardlik-mangulik” Ko´makchilar,ularning imlosi va qo´llanishi - Mardlik-mangulik deganda nimani tushunasiz?
- Jasur
- Mard
- Botir
- Kuchli
- Posbon
- Qahramon
- Vatanparvar
- Xalqsevar
- Mehribon
- Sadoqat
- Ezgu tuyg´u
Gul keltirib qo´yaman - Bog´da kata haykal bor,
- Miltiq tutgan qahramon.
- Uni ko´rsam mard bobom
- Yodga kelur har qachon.
- Jangda o´tgan bobomni
- Men xotirlab yuraman.
- Doim haykal poyiga
- Gul keltirib qo´yaman
1-topshiriq.She´rni ifodali o´qing va rasm asosida o´zaro suhbatlashing. - -Alina she´rni o´qidingmi?
- -Ha,o´qidim.
- -Sen bu she´r haqida nima deysan?
- -Menga bu sher juda yoq.Chunki she´r miltiq kutarib turgan bobomiz haqida ekan.´
- -Albatta,gaping to´g´ri.Ular bizning yaxshi yashashimiz uchun 1941-1945 yillarida bo’lib o´tgan urushda o´z jonlarini fido qilganlar.
- -Biz yoshlar ularning nomini bir umr yodda saqlashimiz kerak.
- -Bizning Vatanimizda ham har yili 9 may ,,Xotira va Qadrlash’’ kunini katta tantana bilan ularni xotirlab keladilar.
- -Ha,albatta,fikringga qo´shilaman.Har bir fuqaro o´z Vatanini qadrlashi kerak.
1-mashq.Matnni o´qing.matnga sarlavha toping va berilgan savol asosida davom ettiring. - Har bir inson o´z Vatanini sevishi,uning uchun qayg´urishi,zarur bo’lganda uni himoya qilishi kerak.O’z xalqi bilan faxrlanadigan,xalqining farovonlikda yashashi uchun harakat qiladigan insonlar chinakam mard va vatanparvar insonlardir.Qiyinchilik kunlarida o´z yurtinin tashlab ketadiganlarni,faqat o´zi haqida o´ylaydiganlarni xalq nomard insonlar,deb biladi.Tariximizda Vatani uchun jonini fido qilgan Najmiddin Kubro,Jaloliddin Manguberdi kabi insonlar yashab o´tishgan.Bunday mard insonlar mangu,barhayot bo´lib qoladilar.
Yana qanday mard va jasur insonlarni bilasiz?
“Qahramonlar — oramizda yashaydi” degan gap bejiz aytilmagan. Bunday insonlar, qaysi sohada bo‘lmasin, nom yoki shuhrat qozonish uchun emas, balki o‘z ishini chin yurakdan, fidoyilarcha qiladilarki, ularning ana shu ezgu amali, jasorati ko‘pchilik uchun chinakam ibratga aylanadi.
Bundan bir necha yil oldin Surxondaryo viloyatida ro‘y bergan tabiiy ofat — kuchli toshqin paytida xizmat burchini ado etish va odamlar hayotini saqlab qolishda Shoxruxbek O‘razoliyev ham haqiqiy qahramonlik ko‘rsatib, afsuski, halok bo‘ldi. Bu xabar yurtdoshlarimizni, xususan, jizzaxliklarni chuqur qayg‘uga soldi. Ammo bir jihat ko‘ngilga taskin beradi. Shoxruxbek ahdiga sodiq qolib, o‘zgalar omonligi yo‘lida jonini fido qildi. Uning mardligi hech qachon unutilmaydi
- Mardlik-mangulik.
- Ona yurtim-oltin beshigim.
- Vatanni sevmoq-imondandir.
- El borki-Vatan bor.
- Vatan borki-el bor.
- Vataning tinch-sen tinch.
- Begona yurtda sulton bo´lguncha,o´z yurtingda cho´pon bo´l.
- Mard odam xatarga duch kelganda,uni jasorat bilan yengib o´tadi.
- Bulbul chamanni sevar,odam Vatanni.
Bilib oling! - Mustaqil so´zlardan keyin kelib,ularning boshqa so´zlarga tobelanishini bildiradigan yordamchi so´zlar ko´makchilardir.Ko´makchi qaysi so’zdan keyin kelsa,o´sha so´z bilan birgalikda bir so´roqqa javob bo´ladi va shu so´z bilan birga gapning bo´lagi bo’lib keladi.Masalan:Men do´stim bilan kutubxonaga bordim.-(kim bilan?-do´stim bilan- to´ldiruvchi).Darsdan keyin (qachon?-hol) maktab hovlisiga to´plandik.
- Sof ko´makchilar-bilan,uchun,kabi,singari,sayin,orqali,qadar.
- Vazifadosh ko´makchilar-yon,ost,ust,ich,tepa,o’rta,orqa,tag,tomon,qaraganda,qarab,
- bo´ylab,ko´ra,tortib,so´ng,keyin,avval.
2-mashq.Berilgan ko´makchilarni sof ko´makchi va vazifadosh ko´makchilarga ajratib,yuqorida berilgan jadval asosida to´ldiring.(111 bet) - Sof ko´makchilari-sari,sayin,uchun,bilan,singari,kabi,qadar,
- tashqari,yonida,haqida.
- Vazifadosh ko´makchilar-qarab,bo’ylab,tomon,so´ng,tortib,
- keyin,qaraganda,yon,ust,ost,ko´ra,ich,tepa,o´rta,orqa,tag,avval.
- 3-mashq.Gaplarni o´qing.Ko´makchilarni topib,bog´langan so´zi bilan ko´chirib yozing.(111 bet)
- Rahbarimiz bilan,ukam uchun,kumushday yaltirab,kun sayin,soat sayin,uning uchun,inson uchun,akam bilan.
Darsni yakunlash va baholash. - O’qituvchi o´tilgan yangi dars mavzusi bo´yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o´quvchilar javobini muhokama qilib,o´quvchilar bilimini baholanadi va dars yakunlanadi.
- Uyga vazifa:4-mashq.Qavs ichidagi so´roqlarga javob bergan holda gaplarni yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |