Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet65/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
Adabiy merosi. Huvaydoning she'riy merosi, «Rohati dil» qissasidan namunalar kiritilgan mukammal qoʻlyozma devonining bir nusxasi chevarasi Salohiddin Soqib hamda Mirza Umid Marg`iloniy tomonidan kitobat qilingan. Devonning shu qoʻlyozmasi hamda shu devon asosida XIX asrning mashhur xattoti Shohmurod kotib koʻchirgan devon OʻzRFA Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanadi. Huvaydo devonining qoʻlyozma va bosma nusxalari koʻp. Shohmurod kotib koʻchirgan devondagi saralangan she'rlardan bir qismi 1961-yili Toshkentda “Tanlangan she'rlar” nomida chop etildi. Huvaydoning qoʻlyozma devonida 351 g`azal, yetmishga yaqin ruboiy-toʻrtliklar, muxammas, musaddas, musamman, mustazod namunalari bor.
Huvaydo XVIII asr oʻzbek adabiyotida naqshbandiylik tariqati yoʻli va g`oyalariga kuchli e'tiqod qoʻygan shoirlardan biridir. Uning aksar g`azallari, shu jumladan, «Ichinda» radifli orifona g`azalida biz dildan xudoga oshiq boʻlgan, uning visoliga erishmoq uchun barcha riyozatlarga chidashga tayyor solih inson e'tiqodini koʻramiz. Uningcha, odam Ollohning bir zarrasi, Ollohni tanishga intilish, uning yoʻlida riyozat chekish insonni murodga etishtiradi. Bu tasavvufiy g`azalda oshiq intilgan yorug`lik—Olloh nigor obrazi orqali jilvalanadi:
Darding erur, nigorim, jismimda jon ichinda, Paykoni tiyri ishqing bag`rimda qon ichinda. Soʻrsam koʻyungni eldin, hech ofarida bulmas, Ey yori lomakonim, yoʻqsan makon ichinda... Arzu samoni kezdim, emdi tan ichra keldim, Topdim nigohi qurbing mir'oti jon ichinda.
Shuning bilan birga, uning asarlarida xudo va payg`ambarlaiga atalgan hamd va na't, chahoryorlarga e'tiqod, roʻza, namoz, toat-ibodat, haj, zakot kabi islom taamullariga, jannat va doʻzax haqidagi aqidalarga dildan ishonish kabi fikrlar ham oʻrin olgan. U xuddi Boborahim Mashrab singari oʻz maqsadiga erisholmay, halovat koʻrmay, notinch sharoitda urar oʻtkazib, zolimlik va mazlumlik, davlatmandlik va xorlik, bexudlik va benavoliklarning ijtimoiy sabablarini axtarib topolmay, turli-tuman murakkab ijtimoiy voqealarning mohiyatini anglay olmay, vaqti-vaqti bilan badbinlik mayllariga ham berilib ketadi. Bu oʻrinda zukko adabiyotshunos N.Jumaxoʻjaning Huvaydo haqidagi quyidagi fikrlarini keltirish lozim: «Xojanazar Huvaydoning har bir asaridan islom va tasavvuf talimotidagi ma'rifat nurlari ufurib turadi... Islom va tasavvuf ta'limotining har bir uzvi komil insonni shakllantirishga qaratilgan. Payg`ambarimiz Muhammad Mustafo sallalohi alayhi vasallamning hadisi shariflarida aytilishicha, «Din-nasihatdan iborat»dir. Komil insonlik masalasi, soʻfiylik tariqatidagi oʻnta maqomdan biri nasihat tinglamoqdir. Huvaydo nazmining mazmuni ham insonni nasihat orqali kamol toptirishdir... Nasihat adabiyotining oʻziga xos jozibali ta'sir kuchi va uslubi bor... Huvaydoning pandu adabdan xoli birorta asarini uchratish qiyin...».
Rost ayg`il, egri hargiz soʻzlama,
Ey Huvaydo kelsa boshingga qilich...
Alam tortib, yurak kuymay qora ko 'zdan to 'kilmas yosh.
Qozonni ostig`a oʻt yoqmaguncha qaynatib boʻlmas...
Zoe etma yaxshi so 'zni fahmi yo 'q befahmga,
Na bilur shiru shakarning lazzatini sakmagas...
Huvaydoning ayrim she'rlari boshidan oxirigacha tasavvufiy-falsafiy, didaktik mazmunga ega. Ularda inson xulq-atvori bilan bog`liq boʻlgan muhim bir tomon olinadi-da, shoir shunga oʻz munosabatini, simpatiya vaantipatiyasini bildiradi, ibratomuz oʻgitlar beradi:
Bevafo yorga koʻngul bergan kishi odam emas,
Mehnatu javru jafo andin zotnone kam emas.
Doimo ranju mashaqqat u kishining boshida,
Barcha boʻlg`ay shodu xandon, ul kishi beg`am emas.
Til uchida gap berib aytur syenga «dildorman»,
Zoʻri g`am kelsa boshingga lahzaye damdam emas.
Rozi dilni aytmag`il har kimni sen mahram bilib,
Boʻlmasa ahli muhabbat dardinga malham emas.
Ey Huvaydo, bevafoni yor deb berma ko 'ngul,
Oqil ersang sen agar ushbu nasihat kam emas.
Huvaydo xiyonat girdobiga og`ib ketuvchi ayrim din vakillari, hatto eshonu shayxlarning qiyofasini ham fosh etadi. Siyratining tashqi koʻrinishi-suratiga mos emasligidan, ularning riyokorligidan kuladi. U sodda dillarni aldab, koʻp gunohlaiga botgan bunday shaxsning ma'naviy jihatdan puch ekanligini, ishi riyo va hiylayu talbisdan iboratligini uqtiradi. «O'zum» radifida yozilgan quyidagi monolog-g`azal ana oʻsha badkirdorlarning qilg`iliklariga shoir nafratidan iboratdir:
Tunu kun aylabon gunoh, hech qilmag`on savob oʻzum,
Parvarish aylabon badan, qilguchi xo 'rdu xob o 'zum.
Dunyo ishiga sustman, toat ishiga koʻp lavand,
Jurm ishiga dalir o 'lub, ko p qilaman shitob o 'zum.
Elning koʻzicha zuhd yetib, yeb—ichibon kanorada,
Zarra haromu shubhadan qilmag`on ijtinob oʻzum.
Suratim avliyo qilib, kashfu karomatim oʻqub,
Sodda dilon aro kirib, qilguchi koʻp hubob oʻzum.
Soʻzida zarra lutfi yoʻq, surati bir quruq yog`och,
Boshida mag`zi ma'ni yoʻq, gumbazi boʻsh mozor oʻzum,
El ko 'zida namoz o 'qib, taqvii bo riyo qilib,
Koʻzga maloyika boʻlib, soddai surx abyyor oʻzum.
Yaqin bilib Huvaydoni, qilmangiz e 'tiqod ko 'b,
Berguvchi elga ko p firib, fosiqu nobakor o 'zum.
Shoir koʻpdan-koʻp she'rlarida kishini kamtar boʻlishga da`vat etganidek, quyidagi baytida bu fikr nozik poetik oʻxshatishlar asosida g`oyatda goʻzal va xotirda tez saqlanib qoladigan tarzda ifodalagan:
G`uncha kop og`zini ochqach bog`da qoʻymay uzdilar,
Og`zini ochmasligida bildi bog`bon qadrini.
Bu oʻrinda «og`zini ochmaslik» kamgap boʻlish, harzagoʻy boʻlmaslik mazmunida keltirilib, “bog`bon qadrini” esa uning parvarishlab etishtirgan hosili, bunyodkorliklari oshirajagiga ishora qilingan. Huvaydo real sevgi, oshiqu ma'shuqalarning orzu-maqsadlari, visol ishtiyoqi va hijron iztirobi tasvirini ifodalovchi she'rlar ham yaratgan:
Qolmas erdi zarracha koʻnglumda armonim mening, Oʻlsam erdi oldida guldek jamolig`a qarab...
Hur ila jannating netay anda yuz ingni ko 'rmasam, Hasta Huvaydo ohiga havz ila kavsaring quyar... Dardi yo 'q bedard kishilar dard qadrin na bilur, Dunyoda nomard ko 'pdir, mard qadrin na bilur.
Fahmi yoʻq befahmlar payvand qadrin na bilur...
Uning ruboiy-toʻrtliklarida ham yashamoqqa, umrni xush oʻtkazmakka boʻIgan navoiyona, boburona kuchli istaklar joksh urib turadi:
Baztn etmakka bog`ila bahoron yaxshi, May ichmakka mavsimi guliston yaxshi.
Bulbulsifat oldida fig`on etmakka, Bir orazi gul, lablari xandon yaxshi.
Demak, u doimo samoda yurmaydi, ba'zan zaminga tushib hayot ne'matlaridan bahra olishga harakat qiladi, boshqalarni ham shunga da'vat etadi. Bu holat uning hayotbaxshlik ruhi bilan sug`orilgan ishqiy she'rlarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Ularda qalbi pok insonga boʻlgan ulug` hurmat namoyon:
Bir g`aribni koʻnglini shod aylasang,
Yoʻl bosib Ka'ba sari bormoq abas...
G`aribni koʻnglini buztnak gunohi beadad ermish,
Kaforat boʻlmag`ay yuz Koʻbani qaytib bino qilsang.
kabi mashrabona baytlaiga koʻzimiz tushadi. Shu tarzda u hayot kishisiga xos kayfiyatlarni madh etadi:
Yigitlikda may ichmaklik na xush baxtu saodatdur,
Qarilik mavsimi mehnat, yigitlik vaqti rohatdur.
Tiriklikni g'animat bil, may ich, umringni xush o'tkaz,
Tepib oʻt dunyo molin hama ranju falokatdur...
Shu zaylda u insonning kundalik tashvishlar, orzu-havaslar bilan band boʻlishini, «dili Ollohda, qoʻli — oʻzi esa ishda» boʻlishini xohlaydi, shunday boʻlmoqlikka chaqiradi. Ayonki, XV asr oʻzbek adabiyotida sirli she'r janrlaridan muammo, lug`z-chiston namunalari mavjud edi. Alisher Navoiy va uning zamondoshlari muammolar, chistonlar yaratganliklari ma'lum. XVI asrning birinchi yarmi shoirlaridan Shayboniy-Shaboniy, Bobur, Ubaydiy ham, xususan, muammoda iqtidor koʻrsatganlar. Biroq, XVII—XVIII asrlar oʻzbek adabiyotida bunday sirli she'rlar yaratilgan—yaratilmaganligini hozircha bilmaymiz. Biz XVIII asr oʻzbek she'riyatida faqat Xojanazar Huvaydo qalamiga mansub bir chiston—muammoni uchratamiz. Huvaydoning yetti baytli bu g`azal — chistonidan abjad hisobi bilan «Zulfi ishq» nomi chiqadi. Shunday chistonlar keyinchalik Komyob, Ogahiy, Shavqiy, Uvaysiy kabi shoirlar ijodida ham yaratildi.
Bir pari ro 'yi koʻzumdin o 'tmishin ko 'rdum bukun,
Telba aylab, aqlim olib ketmushin koʻrdum bukun.
Boshi — yetmish, yuz —oyog`, uch yuz badanlik qush kelib,
Tan tuzida murg`i jon sayd yetmushin koʻrdurn bukun.
Bir qalandar hindu bachcha xirmano gul ustida,
Rumig`a mehmon boʻlib oʻlturmishin koʻrdum bukun.
Bir qaro qush ul zamon uchqonda gulzor ustidan,
Ikki ohu sahni gulzor tuzjnushin ko 'rdum bukun.
Etti bosh oʻttiz — badan, sakson oyog`mori siyah,
Xam bo 'lub gul ustida talpinishin ko 'rdum bukun.
Yor bazjnida Huvaydo erdi rashk aylab raqib,
Oshiq ahli g`unchadek qon yutmushin koʻrdum bukun.
Bu chiston—g`azalning ikkinchi baytida keltirilgan 70, 100, 300 sonlari arabcha E(a), (q) hamda (sh) harflarini anglatadi. Bu oʻrinda shoir «boshi etmish» deb eslatgan. Shu tufayli E(a)ni soʻz boshiga yuz —q)ni soʻz oxiriga, uch yuz — (sh)ni soʻz oʻrtasiga (badan) joylashtiramiz. Natijada ularning qoʻshiluvidan ishq soʻzi hosil boʻladi. Shunga oʻxshash beshinchi baytning birinchi misrasidagi 7, 30, 80 sonlari ham arabcha jЈz), (1), (f) harflarini bildiradi. Bu harflar birikmasidan unga izofali (i) qoʻshilsa, (zuJfi) soʻzi kelib chiqadi. Demak, Huvaydoning bu chiston—g`azalida abjad yoʻli bilan «Zulfi ishq» soʻzlari yashiringan. Huvaydoning bu chiston—g`azali muammo janriga xos poetik xususiyatlaiga ham ega. Nazarimizda, Huvaydq ramziy yo'l bilan tasavvufiy ishqqa aloqador kechinmalarni tasvir etgan.
Huvaydo g`azallarida tajnis, tazod, talmeh, qo 'shaloq tashbehlar, ayniqsa, mubolag`a juda keng qoʻllanadi. Ma'shuqaning goʻzalligi ideallashtiiilgani singari oshiqning kechinmalari ham koʻtarinki ruhda tasvirlanadi:
Chu ishq bozorida, jono, chiroying raxtini yozsang,
Koʻrub Yusuf, Zulayxo boʻlg`usi oldingda dalloling.
Yoki:
Shiddati ohim o 'tidin gunbazi ahzaring kuyar, Shamsu Qamar bila yana jumlai axtaring kuyar. Chiqsa tanimni uchquni, tushsa jahonni mulkina, Vahshu tuyuru devujin, mo"minu kofiring kuyar...
Huvaydo aruzning` deyarli hamma bahrlarida ijod etgan san'atkordir. Chunonchi:
Ramal (ramali musammani mahzuf):
G`uncha yanglig`qon yumuq ishqing bilan xomushmen, Bu Huvaydodek sango bag`ri toʻla qon qaydadur.
foilotun foilotun foilotun foilun -v—| -v—|-v— | -v-
Hazaj (hajazi musammani solim):
Oʻluk denglar Huvaydoni, tirik bilmang burodarlar,
Yururman shunchaki bir o 'Imagan tan ichra jonim bor.
mafoilun mafoilun mafoilun mafoilun v—|-v— |-v—|-v—
Mutaqorib (mutaqoribi musammani aslam):
Arzlmni aydim bodi sabog`a, Etkursa holim ul dilrabog`a.
fa'lan fauloʻn fa'lan fauloʻn -|V — | — |V —

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish