Mavzu: zahiriddin muhammad boburning hayoti va adabiy merosi



Download 417,3 Kb.
bet66/91
Sana23.07.2022
Hajmi417,3 Kb.
#842275
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Qissa va dostonlari. Huvaydo mumtoz adabiyotmizdagi didaktik nasrchilik hamda epik dostonchilik an'analarini davom ettirib «Rohati dil» hamda «Ibrohim Adham» asarlarini yaratdi. Shoir «Rohati dil» masnaviysi muqaddimasida:
Kitobim oti erur “Rohati dil”,
Erur har bir so'zi tanbehi g`ofil.
Ko 'ngulning shahri sori azm qildim,
Kitobim nasr erdi nazm—qildim, — deydi.
Shoir asarning nasriy nusxasini avval forsiyda yozib, soʻng turkiyxon kitobxonlarning ehtiyojini hisobga olib, uni turkiy nazmga aylantiigan kurinadi:
Bu Chimyon shahriing piyru javoni,
Tamomiysi erurlar turkiy xoni.
«Rohati dil» asarining g`oyasini insonning ichki dunyosini boyitish, islom shariati ruknlariga ongli ravishda chuqur e'tiqod bilan amal qilish kabi mavzular tashkil etadi. Unda islom axloqi aqidalarini, farzu sunnatlarini tashviq qiluvchi koʻpdan-koʻp diniy— axloqiy hikoyatlar, rivoyatlar keltiriladi. Ulardagi obrazlarning bir guruhi iymon, soflik, halollik, poklik, insoniylik, ikkinchi guruhi esa g`azab-nafrat uyg`otuvi obrazlardir. Shunday qilib, manzuma koʻp asrli adabiyotimizda qalamga olinib, tashviq-taig`ib etib kelingan shariat yoʻriqlarini adabiy vositalar, obrazlar, she'r orqali xalqqa ta'sir oʻtkazishga bag`ishlangan asardir. Ularda Ahmad Yassaviy, Rabg`uziy, Navoiy, Mashrab, Soʻfi Olloyor asarlaridagi diniy-ma'rifiy mavzu va g`oyalar rivojlantiriladi. Shu bois, shoir uni «g`ofillarga tanbeh", saboq boʻlishi uchun yozganligini ta'kidlagan edi. Huvaydo bu holni quyidagi misralarda ham eslatib oʻtadi:
Talab qil, ma 'naviy ganj, ey birodar, Vagarna sandin avlo gov ila xar.
Talab qil, boʻlsa ganfi beziyoni, Sanga boʻlg`ay chu umri jovidoni.
Kishi boʻlmasa ma'nidin xabardor, Ani odam dema, de naqshi devor.
Ketar, bil andin insofu diyonat, Kecha—kunduz boʻlur fikri xiyonat.
Yig`ilsa molu mulkat misli Qorun, Koʻzi toymas, qilay der boz afzun...
Huvaydoning «Ibrohim Adham» dostoni ham asosan diniy-axloqiy yoʻnalishdagi asardir. Bu asarning shu nomdagi xalq kitobi namunalari ham yaratilganligi ma'lum. Huvaydo asari oʻzbek epik poeziyasi dostonlariga yaqinligi bilan ajralib turadi. Doston Ibrohim Adham qismati bilan bog`li syujet chizig`iga, obrazlar silsilasiga egadir. Shoirning asosiy maqsadi zamondoshlarida halollik, poklik, xokisorlik, dinu diyonatda sobitqadamlikni koʻrish, ulaiga shunday e'tiqodni singdirish edi. Huvaydo dostonda ezgulik va yovuzlikni zid qoʻyib tasvirlaydi. Zolim hukmdorlarga, riyokor shaxslaiga, ilmiga amal qilmagan olimlarga nafratini bildiradi.
Xullas, Xojanazar Huvaydoning Ollohni dildan sevishni, uning oldida gunohkor boʻlib qolmaslikni tashviq etuvchi she'rlari bilan birga, real sevgini, oshiq-ma'shuqlarning orzu-maqsadlarini, shirin xayol va iztiroblarini, insonning hayotdagi oʻrnini goʻzal tarzda ifodalovchi she'rlari koʻpdir. U XVIII asr Farg`ona vodiysidagi adabiy hayotda oʻz davrida roʻy bergan voqealarga naqshbandiya tariqati qarashlari koʻzi bilan qaragan, ularni «ham dil ba yor, ham dast ba kor» yoʻlida mushohada etgan zabardast shoir sifatida namoyon boʻladi. Huvaydoning naqshbandiylik ruhi bilan sug`orilgan hayotbaxsh asarlaridagi sog`lom an'analar uning avlodiga mansub shoirlar hamda XVIII-XIX asrlarda mashhur boʻlgan Amiriy, G`oziy, Muqimiy, Furqat, Muhyi, Kamiy, Yusuf Saryomiy, Haziniy kabi iste'dodli shoirlar ijodida davom ettirildi.
Said Umarbek — Umarxon, adabiy taxallusi Amir, Amiriy boʻlgan hukmdor, shoh va shoir oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin siymolaridan biri sanaladi. U oʻzining ancha qisqa, atigi 35 yillik umri davomida madaniyat va adabiyot rivojiga katta havas bilan qarab, oʻz poytaxt shahri Qoʻqonda kuchli adabiy markaz tashkil etgan. Yuzdan ortiq shoiru adiblar, xofizu xonandalar, kulgi, askiya ustalari, xattotlar uning homiyligida oʻz iste'dodlarini namoyon etganlar. Amiriy saltanat shukuhi va dabdabalari bilangina oʻralashib qolmagan. Diyonati, e'tiqodi mustahkam, madaniyati yuksak shaxs sifatida mamlakat hamda elu yurt tashvishlari bilan yashagan. Koʻp vaqtini mamlakat obodonchiligiga, bunyodkorlikka, adabiyot va san'at ravnaqiga sarf etgan.
Amiriy qoldirgan she'riy devon olima Mahbuba Qodirova tomonidan 1972 yili katta kirish soʻzi bilan chop etildi. Biroq oʻsha yillari Amiriyga oʻxshash shoh va shoirlarga munosabat yaxshi emas edi. Shu sabab uning devonini, undagi asarlarni chuqurroq oʻrganish, ommalashtirish ishlari rivoj topmay toʻxtab qoldi. To XX asrning 90-yillari, respublikamiz mustaqil boʻlgunga qadar Amiriy—Umarxon xususida soʻz yuritilmadi desak ham boʻladi. Chunki istiqlolgacha tnumtoz abadiyotimiz shoʻrolar mafkurasi tazyiqi ostida «dunyoviy adabiyot», «feodal-saroy adabiyoti», «diniy-mistik adabiyot» tarzida uch guruhga ajratib yuborilgan edi. Mazkur yoʻnalishlardagi Adabiyotlardan faqat dunyoviy adabiyot saralanib, u ijobiy hodisa sifatida tan olindi va oʻrganildi. Hatto shu dunyoviy adabiyot vakillarining asarlari ham ilohiy-irfoniy g`oyalardan «tozalanib» tahlil va talqin qilindi. «Feodal-saroy (klerikal)» va «diniy-mistik» yoʻnalishdagi adabiyot deb hisoblangan asarlar va ularning mualliflariga oʻtmishni qoralash uchungina murojaat etib kelindi. Amiriy merosiga nisbatan ham shunday yo'1 tutildi. Shu bois istiqlol shabadalari esa boshlagach, Amiriy va unga oʻxshash shoh shoirlar faoliyatiga, merosiga munosabat oʻzgardi. Ular ijodiga ham oʻzlikni anglashga, milliy g`ururni taibiyalashga koʻmaklashuvchi vositalardan biri sifatida qarash qaror topdi va topmoqda. Keyingi yillari Amiriy ijodini kengroq oʻrganishga qiziqish kuchaydi. A.Hayitmetov, MQodirova, H.Muhammadxo'jayev, R.Orzibekovning Amiriy va uning ijodiga bag`ishlangan maqolalari, adabiy portretlari maydonga keldi. Saidumarbek — Umarxon — Amiriy shaxsiyati va ijodi haqidagi qaydlar shoirning oʻz devoniga yozgan debochada, tarixchilar tomonidan bitilgan asarlarda, «Majmuat ush-shuaro tazkirasida, Amiriy hayoti va ijodiga doir boshqa manbalarda uchraydi.
Umarbek ayrim manbalarda 1785 yili, ayrimlarida esa, 1787 yili tavallud topgan, deb koʻrsatiladi. Boʻlajak iqtidorli hukmdor va iste'dodli shoir Umarxon puxta ta'lim-taibiya oladi. U ayniqsa adabiyot va tarix kabi fanlarni zoʻr qiziqish bilan oʻqiydi, fors, arab tillarini mukammal egallaydi, diniy-islomiy manbalardan ham yaxshi xabardor boʻladi. Norboʻtabiydan soʻng qonuniy valiahd sifatida Qoʻqon taxtiga oʻtirgan Olimxon (1798-1810) oʻtkir zehnli, haibiy salohiyati kuchli, davlat ishlariga qiziqishi baland ukasini Farg`ona-Marg`ilon hokimi yetib tayinlaydi. Olimxonning pochchasi, diniy arboblardan biri sanalmish Mas'umxon toʻraning «Muntahab ut-tavorix» asarida keltirilishicha, shu shaxsning vositachiligida, Olimxonning taklifi bilan Umarbek 1808 yili amakisining (Rahmonqulibiyning) qizi Mohlaroyimga uylantiriladi. Amiriy yoshligidanoq husni malohatda, odob va axloqda, iste'dodda chinakamiga ismi jismiga monand boʻlgan Komila (Nodira)ning mashhur shoira, davlat arbobi, sifatida hurmat qozonishida kcf magi katta. Nodiraning she'riyatdagi bevosita ustozi Amiriy boʻlgan.
Amiriy oilaviy hayotda oʻta samimiy, umr yoʻldoshiga g`amxoʻr va mehribon boʻlgan. Biroq taassufki, biz shoʻrolar hukmronligi yillari Umarxonni Nodiradan ajratgan holda feodal hukmdor, saroy shoiri, shuhratparast shaxs sifatida tushuntirib keldik. Ilmiy asarlarda uning shaxsi, asarlari qora boʻyoqlarda koʻrsatildi. Amalda esa, Umarxon—Amiriy ham saltanat egasi—hukmdor, ham iste'dodli ijodkor sifatida oʻz oʻtmishdoshlari, Husayn Boyqaro va Mirzo Bobur yoʻlidan borib, mamlakat barqarorligi, obodonligi yoʻlida, madaniyat va adabiyot rivojiga muhim hissa koʻshgan ulkan bir tarixiy shaxs edi. Umarxonning akasi Olimxon saroy amaldorlari fitnasi tufayli 1810 yili Toshkentdan Qoʻqonga qaytishda oʻldirilgach, 22-23 yoshli Saidumarbek xonlik taxtiga lozim koʻriladi. U 1810 yildan 1822 yilgacha hukmdor sifatida ulkan ishlarni amalga oshiradi, xonlik sarhadlarini kyengaytiradi, yangi shaharlar, manzilgohlar, obod joylar barpo qildiradi. Uning davrida Qoʻqon xonligi madaniy va adabiy hayotida kuchli yangilanish paydo boʻldi. U Qoʻqon adabiy markazining asoschisi, tashkilotchisi va homiysi boʻldi. Farg`ona, uning markazi Qoʻqon shoiru shuarolar qarorgohiga aylandi. Unda Husayn Boyqaro va Navoiy davri Hirot adabiy muhiti an'analari tiklangandek boʻIdi. Shuning bilan birga, u feodal hukmdor sifatida qoʻshni xonlik Buxoro bilan nizolarda boʻladi, bosib olingan oʻlka va shaharlardan koʻplab aholini asir sifatida Farg`onaga keltirib, yangi manzilgohlar barpo ettiradi. «Tarixi muhojiron» memuar asari hamda “Sabot ul-bashar” she'rlar majmuasining muallifi Dilshodi-Barno yoshlik yillarida Oʻratepadan asira sifatida Qoʻqonga haydab keltirilganlardan biri edi. Keyinchalik u himoyat topib, Umarxon va Nodiraning iltifotiga sazovor boʻladi. Ma'naviyat homiysi Umarxon Dilshodning iste'dodini qadrlaydi. Dilshod-Barno Nodira va Uvaysiyga maslakdosh sifatida oʻz ijodini davom ettiradi, uzoq umr koʻrib, XIX asrning soʻnggi choragida talantli shoira sifatida tanilgan Anbarotinga ham otinbuvilik qiladi. Haqiqatni dadil gapiruvchi bu shoira oʻzining «Tarixi muhojiron» asarida Umarxon haqida soʻz yuritib, uni «Olijn va buyuk shoir edi, biroq shunday boʻlsa-da, mazlum aholiga mehr-shafqati kam bo'ldi», deb yozadi. Shu oʻrinda Umarxonning feodal hukmdor sifatidagi salbiy jihatlari ham boʻlganligini unutmasligimiz lozim.
Qoʻqon xonligi tarixi va adabiyotining chuqur bilimdoni alloma Poʻlatjon Domulla Qayyumovning uch jildlik “Tazkirai Qayyumiy” asarida yangi ma'lumotlar keltirilgan: «Amiriy. Bu kishi Xoʻqand shaharidan boʻlub, nomi Umarbek, Shohruxiylardan Noiboʻtabiyning oʻg`lidir. Melodiy 1787 yili tug`ildi. She'rda taxallusi Amirdur. 1810 yili akasi boʻlmish Olimxonning vafotidan soʻngra Farg`ona amiri boʻlub taxtga chiqmishdur. 1822 yili vafot etmish. Ustoz Muhammad Ya'qubdan taxsili ilmi irfon olmish. Navoiyga eigashuvchi shoirlardan boʻlub, bir devonga egadur. Badiiy tomondan raso shoir ekani yozg`on ash'ori obdoridan ma'lumdir. Bu kishining xonligidan qafi nazar, oʻqandli buyuk shoir sifatida hurmat etamiz... oʻz davrida uning saroyi adabiyot ahli, ilm-ma'rifat kishilari uchun ochiq boʻlub panoh toptilar. oʻsha vaqt Xoʻqandga atrofdan adabiyot ahllari kela boshladilar va hurmat koʻrdilar, ma'rifat ahllari ziyodalashdi. Umarxonning amri bilan oʻsha davr shoirlaridan Mushrif, Mirzo Qalandarva Mulla Abdulkarim Fazliylar tomonidan yaratilgan «Majmuat ush-shuaro» kitobining zamonamizgacha yetib kelishi birmuncha klassik shoirlarimizni oʻiganishga muyassar etdi...».
She'riyati. Amiriyning adabiy merosi uning oʻz davrida tartib berilgan «Devon»ida, bir qismi «Majmuat ush-shuaro» tazkirasida jamlangan. «Devon»ning oʻn bitta qoʻlyozma nusxasi oʻzFA Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanmoqda. Bu qoʻlyozmalarning bir qanchasi Umarxon hayotligi davrida koʻchirilgan. Arniriy she'riyatiga boʻlgan qiziqish muttassil davom yetib borgan. Uning asarlari qoʻshni mamlakatlarda ham sevib oʻqilgan, kitobat qilingan. 1882 yili Istanbulda, 1905 yili Toshkentda bosma nashrlari yuzaga kelgan. Amiriy devonining eng yaxshi koʻlyozmasi asosida filologiya fanlari doktori Mahbuba Qodirova 1972 yili she'rlarini «Devon» nomi bilan chop ettirdi, unga ancha tafsiliy kirish soʻz yozdi. Bungacha ham uning she'rlaridan namunalar 1945 yili nashr qilingan «O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» hamda 1959 yili tuzilgan «O'zbek adabiyoti* majmuasida keltirilgan edi. Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha adog`ida unga kiritilgan she'rlarning yozilish tarixi, tartib berilishi hamda «so'z gavharlarining sarroflari» va zuftinunlar maslahatlari bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan.
1972 yili Toshkentda chop qilingan «Devon»dan 216 g`azal, 6 mustaqil muxammas, 3 musaddas, 6 tuyuq, Navoiy, Lutfiy, Jomiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil hamda Zaliliy, Kamol, Nobiy g`azallariga bog`langan tazmin muxammaslar joy olgan.
An'anaga koʻra, g`azal Amiriy she'riyatining etakchi janridir. U asosan shu janr orqali ishq ahlining amiri sifatida koʻzga tashlanadi. Shu janrdagi asarlarida insonga xos najib his-tuyg`ularni, hayotiy va ilohiy kechinmalarni, orzu-umidlarni tarannum etadi. Demak, muhabbat — shoir g`azallarning etakchi mavzuidir. Shoir deydi:

Download 417,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish