Mavzu: Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlar ahamiyati va turlari mundarija


Yer unumdorligini oshirishda o’g’itlarning turlari



Download 24,93 Mb.
bet3/27
Sana28.05.2022
Hajmi24,93 Mb.
#613110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlar ahamiyati va turlari

1.1 Yer unumdorligini oshirishda o’g’itlarning turlari.
Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan o’g’itlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: organik, mineral, bakterial o’g’itlar. Organik yoki mahalliiy o’gitlarga go’ng, torf, kompost, ko’kat o’g’itlar, tovuqlar axlati va boshqalar kiradi.Mineral o’g’itlar o’z navbatida oddiy va murakkab guruhlarga bo’linadi: oddiy guruhlarga azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar kiradi. Murakkab guruhlarga ikki va uch moddadan iborat bir necha o’g’it kiradi. Bu o’g’itlar makroo’g’itlar deyilali. Yana bir guruh mikroo’g’itlar xam mavjud, ular juda kam miqdorda ishlatiladi.
Qishloq xo’jaligida organik o’gitlarning ichida eng ko’p uchraydigani go’ng xisoblanadi. Go’ng hamma sharoitda, hamma joyda foydalanish imkoni bo’lgan o’g’it. Madaniy o’simliklarga go’ng solinganda, hosildorligi sezilarli darajada oshadi, bundan tashqari tuproq unumdorlngi xam yaxshilanadi. Go’ng tuproqda mikroorganizmlarning hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan karbonat angidrid (CO2)ning manbai hamdir. Foydali, gumus xosil bo’lishida ishtirok etadigan mikroorganizmlar tuproqqa faqatgina go’ng orqali kiradi.
Go’ng foydaliligiga qarab qaysi xayvondan olinganiga ham bog’liq bo’ladi. Albatta, eng kuchli go’nglar ot va qo’ylarniki hisoblanadi, qoramol va cho’chqa go’ngi tarkibida kimyoviy moddalar nisbatan kamroqdir. Yana bir tomoni ot va qo’y go’ngi issiq hisoblanib, tuproqda tez parchalanadi, qoramol va cho’chqalarniki sovuq hisoblanib, ular tuproqda juda sust parchalanadi.
Go’ngning kimyoviy tarkibi uning quyuq va suyuq bo’lishi bilan ham farqlanadi. Quyuq go’nglarda mineral moddalardan fosfor ko’p, suyuq go’ng azot va kaliyga boy bo’ladi. Qoramol, qo’y va otlardan asosan qattiq go’ng olinadi, xayvonlar tagidagi to’shamalar ham go’ngning kimyoviy tarkibini o’zgartiradi.
Yangi to’plangan go’nglar dalaga solishga yaroqsiz hisoblanadi, chunki ular chirimagan. Tarkibidagi mineral moddalar o’simliklar tomonidan o’zlashtirishiga tayyor emas, achish, bijg’ish jarayonida juda ko’p mikroorganizmlar harakatda bo’lib, karbonat angidrid ko’p chiqadi, natijada tuproqda azot kamayib ketadi.
Chirigan yoki bir yil saqlangan go’nglar tarkibida turli xil zararli hasharotlar, kasalliklar va begona o’tlarning urug’’lari ham bo’lmaydi. Ular achish, bijg’itish jarayo­nida yo’q bo’lib ketadi. Eng kamida, go’ng 4—5 oy davomida saqlanishi kerak. Shuning uchun go’ng maxsus go’ngxonalarda saqlab chiritiladi.
Go’ngni sug’oriladigan maydonlarga solish foydali lalmikor yerlarda tuproqda nam yetishmasa, go’nni solish hamisha ijobiy natija beravermaydi. Go’ngning kimyoviy tarkibida mineral moddalar miqdori quyndagicha; azot 0,36—40%, fosfor 0,08—14% va kaliy 0,40—0,52%. CHhrigan go’ng tuproqqa solinganda, birinchi yili tarkibidagi fosfornnig 25—30% ni, qolganlarini keyingi yillar o’zlashtiradi. Bizda go’ng asosan qoramollardan olinadi, ma’lumki, qoramol go’ngida fosfor kamligi uchun albatta tuproqqa fosforli o’g’it solish kerak. Go’ng tarkibidagi azotning 25—30% tuproqqa gumus holida o’tib qoladi, qolganlari o’simlik tomonidan asosan birinchi yili o’zlashtiriladi. Birinchi yil solingan go’ng tarkibidan kaliyning 50—60% o’zlashtiriladi, keyingi yillar o’zlashtirilish darajasi juda kamayib ketadi. Go’ng tarkibidagi fosforni oshirish uchun saqlanayotgan go’ngning 1 tonnasiga 15—20 kg miqdorida fosforli o’g’it solib saqlash mumkin.
Bu usulda go’ng tez chiriydi, tarkibida fosfor o’simlik o’zlashtiradigan holatga o’tadi, azotning parchalanishi kamayadi. Go’ng bilan boshqa chiqindilar ko’shilib saqlanib, o’g’it sifatida qo’llanishi mumkin. Ana shunday chiqindilardan tovuq go’ngi juda kuchli organik o’g’it hisoblanadi, mamlakatda keyingi paytda sanoat asosida ishlaydigan parrandachilik komplekslarining borligi ko’plab tovuq go’nglarini tayyorlash imkonini beradi. Tovuq go’ngi tez chiriydi va o’simlik tomonidan erkin, qulay o’zlashtiriladi. Kimyo­viy tarkibi ham qoramol go’ngiga qaraganda kuchli hisoblanadi. Masalan, tarkibida 0,8—20% azot,5—2,0% fosfor va 0,9—1,1% kaliy bor. Tovuq go’ngi berilganda ekinlarning hosildorligi bi­rinchi va ikkinchi yili sezilarli darajada oshadi. Go’ng hamma vaqt kuzda berilib, keyin shudgor qilinadi. Berish me’yori gektariga 15—20 tonna bo’lishi lozim, go’ngni qator yillar uzluksiz berish tuproqda gumus miqdorining oshishiga sabab bo’ladi. Dehqonchilikning yana bir organik o’g’it turi ko’kat o’g’it (siderat) lardir.
Ko’kat o’g’itlar deb, maxsus yetishtirilgan o’simliklar o’suv davrining ma’lum bir fazasida haydab yerga ko’mib yuboriladi. Bundan maqsad tuproq unumdorligini oshirishdir. O’simlikshunoslikda maxsus ekinlar ko’kat o’g’it sifa- tida o’stiriladi. Bu vaqtda ularning kimyoviy tarkibi, sovuqqa chiyamliligi va tez O’suvchanligi kabi xususiyatlari xisobga olinadi. Ko’kat o’g’it bo’ladigan o’simliklar turiga: xantal, raps, perko, indov, ko’k no’xat, vika, javdar, shabdar, bersim va lyupinlar kiradi. Mamlakatimizda ko’kat o’g’itning turli o’simliklarga ta’siri o’rganilgan, bu borada Samarqand qish- loq xo’jalik instituti professori Ye. P. Gorelob rahbarligida qator ilmiy ishlar olib borilgan. Jumladan, ko’kat o’g’itlarning g’o’za, va poliz o’simliklarining o’sib rivojlanishi va xosildorligini oshirishiga ta’siri o’rganilgan. Shuningdek, ko’kat o’g’itning tuproqdagi o’rni xam aniqlangan. Ko’kat o’g’itlar tuproq strukturasini, oziq rejimini,suv,havo o’tkazuvchanligini yaxshilaydi, gumus miqdorini oshiradi. Bu o’g’itlar o’simlik tomonidan o’zlashtiriladigan xolga keladi. Shurxok, qumoq tuproqlarda juda yaxshi natija beradi. Ko’kat o’g’itlarni ko’pchilik holatlarla kuzda ekib, bahorda asosiy ekinlarni ekishdan oldin avval disklar yordamila maydalab. ksyin yerga 30—35 sm chuqurlikka haydab tashlanadi. Ko’kat o’g’itlarni erta bahorda ekib, kechki yoki takroriy ekinlarni ekishdan oldin ham haydab tashlash mumkin yoki yer ustki qismini o’rib mollarga yedirib, qolganini haydab tashlash mumkin. Kuzda ekilgan ko’kat o’g’itlar bir gektardan 320—400 st ko’k poya to’playdu, bu ko’k poya 20—25 t go’ng miqdorini bosadi. Ko’kat o’g’it dehqonchilikda eng arzon va tez o’zlashtirilaligan o’g’it turiga kiradi.
Madaniy o’simliklarning hosildorligini aniqlashda asosiy ko’rsatkich tuproq unumlorligi hisoblanadi. Tuproq unumdorligini tuproq tarkibidagi gumus yoki chirndi miqdori belgilaydi. Tuproqadgi chirindi miqdori o’simlik ozuqa sifatida foydalanilganligi tufayli albatta kamayib boradi. Gumus yoki chirindi miqdorini tuproqqa turli xil organik O’g’itlar solish bilan oshiriladi. Go’ng tuproqqa solinadigan to’liq o’g’it hisoblanadi, uning tarkibida o’simlik uchun zarur bo’lgan barcha ozuqa elementlari mavjud. Go’ng solinganda tuproqdagi mikroorganizmlarning faoliyati yaxshilanadi. Go’ng tuproqning fizik xususiyatlarini. ya’ni tuproq strukturasi, nam saqlashi, nam o’tkazuvchanligini va havo rejimini yaxshilaydi.

Download 24,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish