Bakterial o’g’itlar
Bu o’g’itlar turiga nitragin va rizotorfin bakterial o’g’itlari kiradi. Ularning tarkibida o’simlik uchun foydali rizobium bakterialari bor. Nitragin o’g’itining tarkibida tugunak bakterialar bo’lib, ular dukkakli o’simliklarning ildizlaridan ajratib olinadi. Bu tugunak bakterialar havodan sof azotni o’zlashtirib, o’suv davrida o’simlikni azot bilan ta’minlaydi, tuproqni azot bilan boyitadi. Ammo tugunak bakterialar har bir o’simlik uchun alohnda bo’ladi. Masalan, soya ildizidagi tugunaklardan faqatginka soya uchun o’g’it tayyorlash mumkin. Bir o’simlikdan ajratib olingan tugunak bakterialar ikkinchi o’simlik uchun foydasiz, har bir tugunak bakteriyasi faqatgina o’z egasi uchun ishlaydi. Rizotorfin ham nitragin kabi xususiyatlarga ega bo’lib, faqatgina ajratib olingan bakteriyalar (rizobium) torfga aralashtirilgan. Nitraginda tugunak bakteriyalar agar-agar bilan aralashtiriladi. Aks holda, tugunak bakteriyalar miqdori juda oz bo’lib, bir gektarlik urug’ bilan aralashtirish juda qiyinlashadi. Nitroginning bir gektarlik miqdori 0.5 litrli qattiq shishalarda saqlanadi. Bakterial o’g’itlar quyosh nuri tik tushmaydigan soya joylarda uruqqa aralashtiriladi, chunki bakteriya quyosh nuridan nobud bo’ladi. Nitroginlangan urug’ni kechki payt ekish maqsadga muvofiqdir.
Fosforobakterin — tarkibida tuproqdagi fosforli organik birikmalarni minerallashtiradigan bakterialari bo’lgan bakterial o’g’it. Bu preparat faqat organik moddasi ko’p bo’lgan tuproqdagina yaxshi natija berishi mumkin. Fosforobakterin suyuq va qattiq holda ishlab chiqariladi. U suvda eritiladi va bu eritma bilan urug’ ishlanadi. Fosforobakterin ta’sirida don ekinlari hosili gektariga 1.2— 3.0 st. kartoshka xosili 18—22 stga oshadi. Sabzavot ekin- larining xosili oshganligi ham takidlangan. Bu o’g’itlar hosildorlikni 4—8 st gacha oshiradi.
Mineral o’g’itlar
Dehqonchilikda eng ko’p qo’llaniladigan va samara beradigan o’g’itlar mineral o’g’itlardir, ular makro va mikro hamla oddny va murakkab o’g’itlarga bo’linadi. Qishloq xo’jaligida asosiy qo’llaniladigan o’g’itlar makro o’g’it yoki azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlardan iborat. Ular tarkibidagi o’simlik uchun zarur bo’lgan moddalar suvda tez eriydi va o’simlik tomonidan tez o’zlashtirilib olinadi.
Azotli o’g’itlar ammiakli, nitratli, ammiakli-nitritli, amidli va suyuq o’g’itlarga bo’linadi, ammiakli selitra — (NH4NO3). Bu o’g’itning 100 kg mida 34—35 kg sof azot bor. O’g’it zavodlarda mayda oq donachalar tayyorlanali. Donachalar quruq» holda, yaltiroq, sirpanchiq nam havoda tez o’ziga namni singdirib, bir-biriga yopishib qoladi. Mamlakatda ekiladigan ekinlarning deyarli hammasiga azotli o’g’it beriladi. Tuproqqa solinganda ammoniy (NH4) suvda erimaydi, nitrat (N03) yuvilib ketadi.
Ammoniy sulfat (NH4)2S04. Bu o’g’itning 100 kg mida 20,5 kg sof azot bor, mayda yoki turlicha ko’rinishdagi yirik kristall, suvda tez eriydi, namni o’ziga tez olmaydi.Karbamid yoki mochevina CO(NH2)2 100 kg mida 46 kg amid holidagi azot bor, bu tarkibida azotni eng ko’p saqlaydi. Karbamid oq tusda, donador,suvda yaxshi eriydi, 10—12 kun davomida parchalanadi, boshqa o’g’itlarga nisbatan namni yaxshi ko’radi.
Natriy selitrasi NaNO3, bu o’g’itining tarkibida 100 kg sof holdagi azot bor. Suvda yaxshi eriydi. Bu o’g’itni kislotali tuproqlarga solish yaxshi samara beradi.
Ammiakli suv. Ammiak (NH3) ning suvdagi eritmasi. Tarkibida 18—20.5% sof azot bor. Kultivatsiya paytida tuproqqa solinadi, suvsiz suyuq ammiak tarkibida 82.8% sof azot bor, ammo bu o’g’itni ishlatish o’ta xavfli, o’simlik ildiziga tegsa, uni kuydiradi. Tuproqqa chutqur solinadi.Fosforli o’g’itlar tabiiy qazilmalardan olinadi. Fosforit va appatitlar tarkibida fosfor bor. Xozirgi kunda mamlakatimiz mustaqillikdan so’ng o’zimizdan olingan xom ashyodan fosforli o’g’itlarni ajratib olmoqda.
Superfosfat Ca(H2P04)2 tarkibida 14—20.5% fosfor bor. Suvda kam eriydi. shuning uchun asosan kuzda dalaga solinadi, hamcha o’simliklar uchun foydali.
Kaliyli o’g’itlarga kaliy xlorid (KCI), kaliy tuzi 40% (KCI), silvinit (KCI + NaCl), kaliy sulfat (K2S04) va boshqalar kiradi. Kaliy o’g’itlar xom ashyosi O’zbekistonda mavjud.Kaliyli o’g’itlar sabzavotlarga, ildiz mevalarga ko’proq qo’llaniladi.
Kaliy tuzi tarkibida 30—40% kaliy moddasi bor, ildiz mevalilar, tamaki va sitrus o’simliklariga ko’llaniladi. Kaliyli o’g’itlar g’o’za va don ekinlariga nisbatan kamroq beriladi.
Murakkab o’g’itlar deb, tarkibida 2—3 va undan ko’p kimyoviy moddalarni saqlaydigan o’g’itlarga aytiladi. Ular tarkibida o’simlik uchun zarur bo’lgan azot, fosfor birgalikda bo’ladi yoki ayrim o’g’itlar tarkibida azot, fosfor va kaliy birgalikda uchraydi.Murakkab o’g’itlardan hozirgi kun dexqonchiligida eng ko’p qo’llaniladigan ammofos NH4H2PO4 hisoblanadi. Bu o’g’it don ekinlariga ham, g’o‘zaga ham ko’p beriladi. Ammofos tarkibida azot miqdori 12%, fosfor 46% bo’lib, kech kuzda shudgor bilan va bahorda urug’ ekishda va oziqlantirishda beriladi.Kuzda berilganda, tuproqda azot ko’pincha yuvilib ketadi, ammo tarkibidagi fosfor uni kuzda berish lozimligini taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |