Foydaga (daromadga) soliq solinganda quyidagi stavkalar qo‘llaniladi



Download 22,72 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi22,72 Kb.
#696607
  1   2

Foydaga (daromadga) soliq solinganda quyidagi stavkalar qo‘llaniladi:
1) foydaga solinadigan soliqni to‘laydigan korxonalarga — 37 foiz soliq solinadi. Qishloq xo‘jalik mahsuloti etishtiruvchi korxonalar foydasiga tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha, lekin 20 foizdan oshmagan miqdorda soliq solinadi. Soliq stavkalarining aniq miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ishlab chiqarish hajmida mahsulot eksporti kamida 30 foizni tashkil etadigan korxonalar foydaga (daromadga) solinadigan soliqni belgilanganiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar.
Bolalarga mo‘ljallangan assortimentdagi tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar foydaga solinadigan soliqni 10 foizli stavka bo‘yicha to‘laydilar.
Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmida bolalarga mo‘ljallangan tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va o‘yinchoqlar kamida 20 foizni tashkil etadigan korxonalar foydaga solinadigan soliqni amaldagi stavkadan 30 foiz kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar.
(6-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuni asosida uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda;)
Banklar va sug‘urta tashkilotlariga daromad solig‘i 35 foizli stavka bo‘yicha solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim banklar uchun soliqlarning pasaytirilgan stavkalarini, lekin 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilashga haqlidir;
2) videosalonlardan (video namoyish punktlaridan), kimoshdi savdolari, kazinolar, pul yutuqli o‘yin avtomatlaridan, davlatga qarashli bo‘lmagan organlar o‘tkazadigan lotereya o‘yinlaridan, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olinadigan daromadlarga — 60 foiz soliq solinadi;
3) ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va bundan ortiq bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining foydasiga, ustav fondining miqdoriga qarab:
300 mingdan 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan summaga 20 foiz soliq solinadi;
1 million AQSh dollariga teng va bundan ortiq bo‘lgan summaga 16 foiz soliq solinadi.
Ustav fondida chet el kapitali bo‘lgan qo‘shma korxonalar xorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga o‘tkazilayotganda, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ularga 10 foiz miqdorda soliq solinishi kerak.
Daromadlar chet elga qaysi valyutada o‘tkazilayotgan bo‘lsa soliq summasi shu valyutada to‘lanadi.
(6-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
4) ajnabiy yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan hamda manbai O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan dividendlardan, foizlardan, mualliflik huquqlaridan olgan daromadlariga, basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, — doimiy vakolatxonalar orqali 20 foiz (fraxtdan tushadigan daromadlardan tashqari) soliq solinadi;
5) xalqaro tashish ishlarini amalga oshirganligi uchun ajnabiy yuridik shaxslarga to‘lanadigan fraxt daromadlari summasiga — 6 foiz soliq solinadi;
6) korxonaning aksiyalardan keladigan dividendlar bo‘yicha daromadlariga hamda o‘zga korxonalarning ustav fondiga kiritgan kapitaldan oladigan boshqa daromadlariga, renta to‘lovlariga (royaltiga) — 15 foiz soliq solinadi”.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)

Download 22,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish