2NH3+H2SO4 = (NH4)2SO4. Sulfat ammoniy quruq holda fizik holati juda yaxshi. Uzoq saqlanganda qishloq xo'jalik mashinalarida yerga solish qiyinlashadi. Chunki nam tortuvchan o'g'itdir. Bu o'g'it, asosan, bog'dorchilikka moljallangan bo’lib, boshqa ekin turlarida kam foydalaniladi. Ammo paxta va sholikorlikda ham unumli foydalanilmoqda. Ammoniy xlorid – NH2C1 tarkibida 24-25% N bor. Bu o'g'it kam miqdorda chiqariladi Tarkibida 66.6 % Cl bo'lganligi uchun xlorli sho'rlangan tuproqlarda kam samara beradi. Bu o'g'it soda ishlab chiqaruvchi zavodlar chiqndisidan tayyorlanadi. Fiziologik kislotali muhitga ega. Bu o'g'it tarkibida xlor ko'pligi sababli kartoshka, tamaki, uzumga qo'llanilganda ular hosili sifatini buzib qo'yishi mumkin. Ammo Cl ga o'ch ekinlarga kuzda haydov ostiga solinsa yaxshi samara beradi. Nitradli o'g'itlar - bunga NaNO3 va Ca(NO3)2 o'g'itlari kiradi. Natriy selitrasi tarkibida - 15-16 % azoti bor. Oq yoki qo'ng'ir sarg'ich tusli mayda kristallsimon bo’lib, suvda yaxshi eriydi. Tarkibidagi NO3 tuproqda harakatchan holda bo'ladi. Shuning uchun ekishgacha va o'suv davri davomida ham o'simlikka solish mumkin. Bu o'g'itlar podzollashgan va ishqoriy muhitga ega bo'lgan qora tuproq mintaqalarida ham yaxshi samara beradi. Kalsiy selitrasi - tarkibida 15% N bor. Oq rangli, suvda yaxshi eriydigan o'g'it Natriy selitrasi kabi foydalanish mumkin. Bu o'g'it fiziologik ishqoriy o'g'it. Kislotali muhitli tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bu o'g'itlarni kamchiligi tarkibida azotni kamligidir. Amidli azotli o’g'itlar. Mochevina (karbomid) (NH2)2CO - tarkibida 46 % azoti va 0.2% ham bor. Hozirgi qattiq azotli mineral o'g'itlar ichida eng azotga boy o'g'it hisoblanadi. Mochevina sintetik ammiak bilan CO2 korbonot ongidnd galzini katta bosim va harorat ostida qo'shish bilan olinadi. 2NH3 + C02 = CO(NH3) +H2O Bu o’g‘it hozirgi davrda 1 -2,5 mm kattalikda donodor qilib azot ishlab chiqarish zavodlarida ishlab chiqariladi. Juda nam tortuvchan fiziologik kislotali o’g'it. Barcha qishloq xo'jalik ekinlariga yaxshi foyda beradi. Kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlarda 100kg mochevinaga 80 kg CaCO3 -- ohak qo'shish yo'li bilan foydalaniladi. Samandoriik jihatdan ko'pchilik ekinlarda ammiakli selitraga teng. sholikorlikda esa yuqori samarodoriikka ega bo'Igan sulfat ammoniy bilan teng kela oladi. Suvuq azotli o'g'itlar - oxirgi davrlarda suyuq azotli o'g'itlar ham ko'p foydalanilmoqda. Ularga suyultirilgan ammiak va -ammiak suvi kiradi. Bu o'g'itlar dunyoda AQSH da ko'proq qo'llanilmoqda. Suyultirilgan ammiak yoki suvsiz ammiak- NH3, eng yuqori konsentratsiyali azotli o'g'it bo'lib, tarkibida 82,3 % sof azoti bor. Bu o'g'it katta bosim ostida gazsimon ammiakni siqish yo'li bilan olinadi. Tashqi ko'rinishi rangsiz, harakatchan suyuqlik, solishtinna og'irligi 20°C haroratda 0,61 g/sm3 teng. Qaynash harorati 34°C ga teng. Yuqori haroratda gazga aylanib ketadi va hajmi kengayib ketadi. Og'zi ochiq idishlarda havoga ketadi. Shuning uchun uni yopiq qalin devorli katta bosimga chidaydigan maxsus sistemalarda saqlanadi. Tuproqqa maxsus moslamali traktor agregatlarida solinadi. Yengil mexanika tarkibli tuproqlarda 15-18 sm va og'ir mexanik tarkibli tuproqlarda esa 12-15 sm chuqurlikka solinishi kerak. Ishlab chiqarishda dala sharoitida protivogaz kiygan holda oqilona foydalanish zarur. Aks holda o'simlik, daraxt, odam zaharlanadi.Bu o'g'itdan to‘g‘ri agrotexnikaviy tadbirlar asosida qo’llanilganda, mineral o'g'itlarga nisbatan transport xarajatlaridan katta iqtisodga erishiladi.