Mavzu: Yer unumdorligi va ekin hosildorligini oshirishda o’g’itlar ahamiyati va turlari
M U N D A R I J A
KIRISH........….........................................................................
1 BOB.YER UNUMDORLIGINI VA EKIN HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA O’G’ITLARNING AHAMIYATI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT……………………………………….……
1.1 Er unumdorligini oshirishda o’g’itlarning turlari…………………………
1.2. Azotli o’g’itlar va fosforli o’g’itlar hamda ularning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi roli.............................................................................
1.3. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan mikroelementlar, mikroo’g’itlar va kompleks o’g’itlar haqida tushuncha………………………………..……………..
1.4 Yerga o’g’it solish texnologiyasi................................................................
Birinchi bob bo’yicha xulosa
2-BOB. 5 -SINF O’QUVCHILARIGA O’G’ITLAR VA ULARDAN FOYDALANISH HAQIDA MA’LUMOT BERISH……………………………………………………………………
2.1 5-sinfda o’g’itlar haqidagi mavzuni o’rganishni rejalashtirish……….……
2.2 5-sinfda o’quvchilarga o’g’itlardan foydalanish ishlarini o’rgatish bo’yicha dars ishlanmalari…………………………………………………………
2.3 Qishloq xo’jalik ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,
Birinchi bob bo’yicha xulosa ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,......
Umumiy xulosa va nazariy uslubiy tavsiyalar…………..................
Ilovalar, internet xabarlari……………………………….................
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Qishloq xo’jalik ekinlari maxsuldorligining oshishi albatta qishloq xo’jaligi fanining ilmiy asosda yo’nalishini taqozo qiladi. Har bir jamiyatda qishloq xo’jalik fanining rivojlanishi, shu davrda yashayotgan insonlarning turmush tarziga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etadi. Qishloq xo’jaligi ikki katta tarmoqqa bo’linib rivojlanadi: dehqonchilik (agronomiya) va chorvachilik.
Agronomiya yoki dehqonchilik fani bir qator fanlar majmuasidan iborat bo’lib, asosiy vazifasi tuproq, unumdorligini oshirish va ekinlardan yuqori sifatli hosil olishdir. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish natijasida faqat qishloq aholisining farovonligi emas, balki barcha mamlakat aholisining turmush tarzi yuqori darajaga chiqali. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dehqon-fermer xo’jaliklarini tashkillashtirib, ishlab chitqarishni, mehnat va mehnatga bo’lgan munosabatlarni mutlaqo yangi ichki xo’jalik tizimini joriy etish yo’li bilan olib borish kerak.
Respublikada mustaqillik munosabati bilan dehqonlarda yerga egalik hissini tarbiyalovchi qator qonunlar qabul qilindi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi qishloq xo’jalikdagi dehqon-fermer va mutaxassislar oldiga tuproq unumdorligini uzluksiz oshirish, eroziyaga qarshi kurashish, meliorativ tadbirlarni uzluksiz o’tkazish, ekinlarni yetishtirishda sanoatga asoslangan yangi texnologiyani joriy etishni qo’yadi. SHuningdek, qishloq xo’jalik ekinlari hosillorligini va chorva mollari xamda parrandalarning mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi zamonaviy agrotexnika va zootexnika qoidalariga amal qilinshi o’rgatadi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar dastavval qishloq xo’jaligida boshlandi. Buning natijasida qishlok xo’jaligi bugungi kunda mamlakatning yalpi ichki mahsulotining 30 foizdan ortiqrog’ini, valyuta tushumining 55 foizini, tovar aylanuvining 70 foizini ta’minlamoqda. Shuning uchun xam qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalq xo’jaligini iqtisodiy jihatdan baquvvat qiladi.
Qishloq xo’jaligining yana bir vazifasi sanoatni zarur xomashyo bilan uzluksiz ta’minlashdir. Oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, to’qimachilik, yog’-moy, tamakichilik sohasi, ipakchilik va boshqa sohada qishloq xo’jalik o’simliklari yoki ulardan olingan mahsulotlar asosiy xomashyo xisoblanadi. Qishloq xo’jalik asoslari fani, bir qator fanlar bilan o’zaro bog’liq xolda rnvojlanali. Bu fan dehqonchilik, o’simlikshunoslik, tuproqshunoslik fanlarii o’z ichiga oladi. Mahalliy va mineral o’g’itlar, ularning axamiyati, turlari va solish me’yori va boshqalarni umumlashtirib o’rgatadi. Bu fan talabalarga qishloq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirish uchun tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib, mehnat unumdorligini oshirish natijasida yuqori hosil olish yo’llarini o’rgatadi.
Ekinlardan yuqori xosil olish uchun tuproq unumdorligini doimiy suratda oshirib borish, agrotexnik va tashqi omillarning ta’sirini o’simlik uchun qulay holga keltirish zarur. Akademik R.Villyams hosildorlik to’g’risida shunday deydi: “Agar o’simliklar hayoti uchun shart-sharoitlar to’liq yaratilsa, hosildorlikning chegarasi bo’lishi mumkin emas”.
Mavzuni o’rganishdan oldin eng ko’p uchraydigan terminlarga albatta izoh berish lozim, chunki har bir fanda o’ziga xos bo’lgan lug’at so’zlari uchraydi va alohida sharhlanib boradi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |