Nitratlar nitritlar giponitratlar gidroksilamin ammiak
Nitrat azotini nitrat shakliga tiklashda fermentlar uchun molibden elementi zarur, nitrat shaklini giponitrat shakliga va giponitratni gidroksilamin shakliga o'tkazishda Cu-mis yoki Fe-temir moddalari va nihoyat oxirgi NH3 - ammiak holatiga o'tkazish uchun esa Mn-marganets elementi zarur. Aytilgan elementlar ichida ushbu tiklash reaksiyasi jarayonida Mo - molibden muhim o'rin tutadi. Ba'zi tuproqlarda Mo elementi kam bo'ladi, shuning uchun ham molibden bor o'g'itlardan foydalanish zarur.Lekin o’z navbatida bu ketma-ket reaksiyalar ham bir nechta fermentlar ta'siri da amalga oshadi. 1 ga yer ustidagi atmosfera havosida 70 ming t azot bor. Undan 3-5 killogrammdan atmosferadan yog'adigan yog'in miqdoriga qarab 20-30 kg gacha yog'inlar bilan yil davomida yerga tushadi.
Ma’lumki mineral azotli o'g'itlar quyidagicha guruhlarga bo'linib, tuproq iqlim sharoitiga qarab har xil samara beradi. 1) Ammiakli nitratli; 2) Ammoniyli va ammiakli, 3) N tratii va amidli, 4) Alohida guruhga ega bo'lgan suyuq azotli o'g'itlarga bo'linadi.
Ammakli - nitratli o'g'itlar - birinchi namoyondasi ammiakli selitra (NH4NO3) bo'lib, eng ko'p tarqalgan-o‘g‘itlardan biridir. Bu o'g'itni tarkibida - 34% sof azoti bor. Bu o‘g‘it havodagi ammiakni sintez qilish usuli bilan ammiakni 50-60 % li azot kislotasi bilan (neytrallash) kimyoviy reaksiyaga kiritib betaraf qilish yo'li bilan olinadi. NH3+HN03= NH4N03 tashqi qiyofasi oq yumaloq kristal holda va 1-3 mm yiriklikda donodorlashtirilgan o'g'it. Bu o'g'it neytral va yuqori buferlikka ega bo’lgan tuproqlarda yaxshi samara beradi. Kislotali muhitga ega bo‘lgan tuproqlarda ohak uni qo'shib ishlatish tavsiya etiladL Asosiy o’g’it sifatida 1,5-3 s/ga solish yetarli hisoblanadi. Bu o'g'it ta’sirida 13-15 s/ga o'rtasida bug'doy va javdar ekinlaridan qo'shimcha hosil olish mumkin. Paxta hosilini esa 2-3 martadan ko'proqqa oshiradi. 1 kg sof azot sarflab o'rtacha 7-10 kg dan 18-22 kg paxta hosilini yaratish mumkin. Azotni paxtachilik yer sharoitiga, o'simlikka solish me’yori va muddatlariga qarab har xil samaraga ega bo'lish mumkin. Masalan: K.M.Roziqov, O.O.Oblayorov va boshqalar tomonidan har xil me’yordagi ammiakli selitrani o'rta tolali g’o'za Toshkent-1, Toshkent-3 va Toshkent-6 navlariga turli usul va muddatlarda qo'llanilganda ushbu paxta navlaridan qo'shimcha 17- 21 s/ga dan hosil olingan. Nazorat variantlaridagiga nisbatan qulay usullarda qo'llanilgan variantlarda azotli o'g'it hisobiga hosildorlik 46,6-48,2 s/ga dan ham ortib ketganligi va 1 kg N hisobiga esa 15-18 kg paxta olinganligi ko'rsatilgan.
Ammoniyli va ammakli o'g'itlarga (NH4)2SO4 - sulfat ammoniy, NH4C1 - ammoniy xlorid, NH4CO3 - ammoniy karbonat va NH4RPCO3 - birkarbonat ammoniy, NH3 - suyuq ammiak, NH4OH - ammiakli suvlar kiradi.
Sulfat ammoniv - mayda oq yoki sur tusli kristallsimon o'g'it bo'lib, tarkibida 20,5- 21 % azoti bor. Suvda yaxshi eriydi. Bu o'g'it sulfat kislotasini ammiak bilan (neytrallash) kimyoviy reaksiyaga kiritib betaraf qilish natijasida olinadi.
Sulfat ammoniy jahondagi ishlab chiqarilayotgan azotli o'g'itlar miqdorini 25% ini tashkil qiladi. Bu o'g'it gazsimon NH3 - ammiakni sulfat kislotasiga singdirish usuli bilan kimyoviy biriktiriladi. Kimyoviy reaksiya quyidagicha o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |