Mavzu. Xodimlar bilan mehnatga xaq to’lash bo’yicha muomalalari auditining uslubi



Download 57,83 Kb.
bet1/7
Sana22.01.2022
Hajmi57,83 Kb.
#400786
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 mavzu


8-mavzu. XODIMLAR BILAN MEHNATGA XAQ TO’LASH BO’YICHA MUOMALALARI AUDITINING USLUBI
1. Auditning maqsadi, ma'lumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish

Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'iy nazar korxonalardagi mehnat jarayoni ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi respublika mehnat qonunchiligining asosiy hujjati O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi1 (O`zR MK) hisoblanadi. Unda xodimlarning asosiy mehnat huquqlari belgilangan.

«Har bir xodim:


  • o`z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo`lmagan miqdorda haq olish;

  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o`rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to`lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish;

  • xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;

  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • ish bilan boqliq holda sog`ligiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o`rnini qoplash;

  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;

  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo`qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy ta'minot olish;

  • o`zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;

  • jamoalarga doir mehnat nizolarida o`z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir»2.

Audit jarayonida auditor, ayrim korxona darajasida ishga haq to`lash va ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish unda qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga oshirilganligi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari ishtirokida ishlab chiqilganligiga alohida e'tibor berishi lozim.

Mehnat shartnomalari3:



  • ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o`rtasida (jamoa shartnomasi);

  • ish beruvchi va ayrim xodimlar o`rtasida (mehnat shartnomasti, to`liq moliyaviy mas'uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin.

  • quyidagilar ish beruvchilar bo`lishi mumkin:

  • korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo`linmalari o`z rahbarlari timsolida;

  • mulkdorlarning o`zi ayni bir vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar;

  • o`n sakkiz yoshga to`lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.

  • Ish beruvchi:

  • korxonani boshqarish va o`z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat tuzish va bekor qilish;

  • mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;

  • o`z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beruvchilar bilan jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo`lish huquqiga egadir.

«Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emasligi kafolatlangan»4. Ularni qo`llash mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, «agar ish beruvchi xodimga ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni»5 to`lamagan taqdirda xodim o`z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan O`zR MK da belgilab qo`ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga haqli. Ish beruvchi haq to`lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi vakillik organi (yoki korxona xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa biror organ) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o`rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me'yoriy hujjatdir. Uning shartlari mehnat jamoasi a'zolari uchun ham, xodimlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Jamoa shartnomasining predmeti mehnat va unga haq to`lash shartlari, mehnat jamoasi a'zolariga ijtimoiy uy-joy-maishiy va tibbiy xizmat ko`rsatish, ish beruvchi tomonidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar hisoblanadi.

Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o`zlari vakolat bergan boshqa vakillik organ - orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi.

Tekshiruv o`tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to`lash va mukofotlash to`g`risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to`lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo`limi komputerlashganligi va boshqalarni aniqlashi lozim. Test savolnomasini o`tkazish bo`yicha namunaviy savollar ro`yxati 8.1-jadvalda keltirilgan.


8.1-jadval


Download 57,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish