8.2 – jadval
Jo’raev O.I.ga to’lovlar haqida ma’lumot
(ming so’m)
Hisobot davridagi oylar
|
Ish kunlari soni
|
Ish haqi, so’m
|
Oylik mukofot (ushbu oyda avvalgi oy uchun hisoblangan) so’m
|
Grafik bo’yicha
|
Haqiqatda ishlangan
|
Iyun
|
23
|
23
|
400
|
80
|
Iyul
|
23
|
2
|
35
|
80
|
Avgust
|
20
|
14
|
280
|
7
|
Jami
|
66
|
39
|
715
|
167
|
6. Ishbay asosida ishlovchi I razryadli ishchi Jumaev S.P. sentyabr oyida tungi vaqtda 50 soat ishladi. Qonunchilikka muvofiq, tungi soatlarga 1 soat stavkasiga 20-50 % qo’shimcha bilan to’lanadi. Hujjatlar mavjud.
7. Ortiqova S.A.ga farzandini davolashga to’lash uchun 6041140 so’m miqdorda moddiy yordam berildi.
Talab qilinadi:
Ish haqi qonunchilik hujjatlariga mos holda to’g’ri hisoblanganligi tekshirilsin.
Ish haqi summasini belgilashning to’g’riligi tekshirilsin.
Vaqtinchalik mehnatga yaroqsizlik bo’yicha nafaqa hisoblanishi to’g’riligi tekshirilsin.
Ta’til hisob – kitoblari tekshirilsin.
Ish haqi hisoblashning to’g’riligini tekshirish natijalari ishchi jadvalda (8.3 - jadval) aks ettirilsin.
8.3 – jadval
“Ramz” MChJda ish haqlarini hisoblashning to’g’riligini tekshirish
№
|
I.Sh.O
|
Hujjat nomi, №, sana
|
Hisoblangan, so’m
|
Hisoblash kerak edi, so’m
|
Og’ish (+-)so’m
|
Ortiqcha to’langan
|
Kam to’langan
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
4 Masala. 2011 yil sentyabr uchun 9-son hisoblash-to’lov qaytnomasiga muvofiq:
Jami ushlab qolingan – 3107800 so’m;
Shu jumladan, daromad solig’i – 2805000 so’m;
Boshqa ushlab qolishlar – 100000 so’m.
Ish haqidan moddiy zararlar sifatida 100000 so’m ushlab qolish haqida rahbarning buyrug’i va xodimning yozma roziligi yo’q. Daromad solig’i hisoblashda korxona xodimlarining birgalikda hisoblangan daromadlari qonun bilan ko’rsatilganidek, bolalarini va qaramog’idagilarni boqishiga minimal oylik ish haqining uch martalik miqdoriga (har bir bolaga oyiga 300000 so’m) kamaytirilgan. Soliq kartochkasidan ko’chirmaga muvofiq xodimlarining qaromog’idagilar soni:
G’aniev Z.N. – 1
Qosimova N.S. – 1
Artiqova A.S. – 1
Muqimov G.S. – 1
Jumaev X. P. – 2
Talab qilinadi:
Ish haqidan ushlab qolishning to’g’riligi tekshirilsin.
a) O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, soliqqa tortiladigan daromadlarga jamlangan daromadlarni qo’shishning qonuniyligini;
b) korxona xodimlari uchun (ro’yxatdagi va ro’yxatga olinmagan tarkib uchun) jismoniy shaxslar daromadlari soliq hisoblashda qo’llaniladigan to’g’riligini;
v) jismoniy shaxslar daromadlariga soliqlarini 9 –son hisoblash – to’lov qaytnomasi bo’yicha hisoblab chiqishning to’g’riligini;
g) ish haqidan boshqa ushlanmalarning qonuniyligini;
d) jismoniy shaxslar daromadlariga me’yordagidan ortiq xizmat safari xarajatlaridan soliq ushlanishi;
e) ushlanmalarni tekshirish natijalari bo’yicha ishchi jadval tuzilsin.
Auditor qanday usullar yoki auditorlik muolajalari bilan dalillar yig’adi?
Sentyabrda 23-son to’lov qaytdnomasining 12-son hisoblash – to’lov qaydnomasi va 2012 yil sentyabr uchun 1-son “Kassa” jurnal – order yozuvlari bilan sentyabrda berilgan bo’naklar taqqoslansin. Tekshiruv natijalari bo’yicha ishchi jadval tuzilsin. (8.4 - jadval)
8.4 – jadval
Hisoblash – to’lov qaydnomalaridagi mehnatga haq to’lash bo’yicha yozuvlarni 1-son “Kassa” jurnal – orderdagi yozuvlar bilan mos kelishi.
№
|
Oy
|
Hisoblangan
|
Og’ishlilar(+-)so’m
|
Hisoblash qaydnomasi
|
To’lov qaydnomasi
|
1-son “Kassa” jurnal – orderda
|
Ko’p
|
Kam
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
|
|
|
|
|
TESTLAR
1.Mol etkazib beruvchilardan TMZ olish uchun ishonch qog’ozlari berish muddati qancha?
a) 10 kun;
b) 15 kun;
v) 20 kun;
g) bir oy.
2. Ishchilarni qabul qilish va bo’shatish quyidagilarga mos holda amalga oshirilishi kerak:
a) Mehnat kodeksi bilan;
b) hisob siyosati haqidagi buyruq bilan;
v) direktorning buyrug’i bilan;
g) hech narsa bilan.
3. Xodimning roziligisiz amalga oshirish man qilinadigan ish haqidan ushlab (chegirib) qolish turi:
a) xayriya fondiga;
b) ijro varag’i (aliment) bo’yicha;
v) jismoniy shaxs daromadlaridan soliq;
g) mulk solig’i.
4. Ish kunlari qo’nimsizligini minimallashtirish uchun quyida sanab o’tilgan holatlarning qaysinisidan qochish mumkin.
a) o’qitish imkoniyatlarining etishmasligi;
b) yashash joyini o’zgartirish;
v) kasallik;
g) pensiyaga ketish.
5. Xodimlardan kreditga olingan tovarlar uchun hisoblashuvlar bo’yicha navbatdagi to’lovlardan chegirmalar:
a) D-t 6720 – “Deponentlashtirilgan ish haqi”
K-t 4820 – “Tezkor ijara bo’yicha olish uchun to’lovlar”;
b) D-t 6610 – “To’lanadigan dividentlar”
K-t 4820 – “Moliyaviy ijaralar bo’yicha olishga to’lovlar – joriy qismi”;
v) D-t 6710 – “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob - kitoblar”
K-t 4710 – “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”;
g) D-t 6610 – “To’lanadigan dividetlar”
K-t 5010 – “Milliy valyutada pul mablag’lari”.
6. Ish haqi hisoblashga asos bo’la olmaydi:
a) ishlovchining shaxsiy varaqasi;
b) limit – zabor kartasi;
v) pudrat shartnomasi;
g) ish vaqtini hisobga olish tabeli.
7. Kasallik varaqasiga o’rtacha ish haqqini hisoblashda quyidagilardan qaysi biri qo’shiladi?
a) har oylik mukofotlar;
b) hisobot berish sharti bilan berilgan summalar;
v) choraklik mukofotlar;
g)alohida muhim ko’rsatkichlarga erishganligi uchun bir martalik mukofotlar.
8. Ish kuchi qo’nimsizligini minimallashtirish uchun quyida sanab o’tilgan holatlarning qaysi biridan qochish lozim?
a) yashash joyini o’zgartirish;
b) o’qish imkoniyatlari etarli emasligi;
v) kasallik;
g) pensiyaga kiritish.
9. To’liq miqdorda soliqqa tortiladigan daromad to’lovlariga kirmaydi:
a) bola tug’ilganligiga nafaqa;
b) ishdan bo’shayotganda beriladigan nafaqa;
v) xizmat safarlariga me’yor doirasida sutkalik xarajatlar;
g) pensiyaga ketish munosabati bilan bir martalik nafaqa summalari.
10. Ish haqining xodimning hisob varag’iga (raqamiga) hisoblab, o’tkazish:
a) xodim;
b) tomonlar kelishuvi bo’yicha;
v) ish beruvchi;
g) bank hisobidan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |