2. Mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar auditini tashkil etish
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne'matlar yaratar ekan, ularni ishlab chiqarish uchun moddiy resurslardan tashqari bevosita inson o`z mehnatini sarflaydi. Mehnat jarayonida yangi mahsulot yaratilib, inson extiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iste'molchilarning asosiy daromad manbalari ish haqi bo`lganligi sababli, tovarlarga bo`lgan talab va taklif, ular bahosi bevosita ish haqiga bog`liq bo`ladi. Korxonaning ishlab chiqarish-xojalik faoliyati jonli mehnatni iste'mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o`lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste'molchilarga ko`rsatgan xizmatlari uchun sarflangan mehnatiga haq to`lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni talab qiladigan o`zaro munosabatlar vujudga keladi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o`zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to`lash fondi, to`lov turlari va xodimlar toifasi bo`yicha hamda mehnatga haq to`lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to`lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo`yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me'yori va unga haq to`lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:
- ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to`g`ri va o`z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to`lashni;
- hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo`nalishlari bo`yicha aniq taqsimlashni;
- ish haqidan budjetga majburiy to`lovlarni, shuningdek, korxonaga etkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to`g`ri hamda o`z vaqtida ushlab qolish va o`tkazishni;
- xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta'minlashi kerak.
Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlanadi. Korxonada xodimlar, eng avvalo, ikki guruhga ajratiladi:
1) asosiy faoliyatda band bo`lgan xodimlar;
2) asosiy bo`lmagan faoliyatda band bo`lgan xodimlar.
Asosiy faoliyatda band bo`lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi sexlarning, yordamchi ishlab chiqarishlarning, tozalash inshootlarining, aloqa uzellarining, axborot hisoblash markazlarining, barcha turdagi qo`riqlashning, korxona boshqarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo`lmagan faoliyatda band bo`lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal xo`jaligiga xizmat ko`rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo`lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- ishchilar;
- xizmatchilar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne'matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko`chirish, yo`lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko`rsatish bilan bevosita band bo`lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo`linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o`rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iktisodiy hamda muxandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo`lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xojalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to`g`ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to`g`ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo`shatish, boshqa ishga o`tkazish, ularga ta'til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma'lumot bo`lgandagina korxona xodimlari bilan o`z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo`limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
«Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to`liq ro`yxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, ya'ni ma'lum me'yordan chetga chiqqan xodimlar ro`yxat qilib boriladi. Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya'ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel sex boshlig`i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi.
Shunday qilib, mehnat haqi bo`yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining to`g`irligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi va auditorlik hisobotida aks ettiriladi.
3. Xodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisob-kitoblar auditining uslubi
Korxona buxgalteriyasi har oyda xodimlarning shaxsiy schyotlariga hisoblab yozilgan ish haqi va xodimning boshqa daromadlari, miqdori, ushlab qolingan summalar va chegirmalar, shuningdek to`lanishi lozim bo`lgan summalar haqidagi ma'lumotlarni kiritadi.
Shaxsiy schyotlarni to`ldirishda asos bo`lib ish vaqtidan foydalanilganlikni hisobga olish tabeli, ishbay mehnat uchun topshiriqlar, bajarilgan ishlar uchun topshiriq-buyurtmalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik to`g`risidagi varaqa, mukofotlar to`lash, moddiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi ma'muriyat buyruqlari (farmoyishlari), korxonaga kelib tushgan ijro hujjatlari va boshqalar hisoblanadi.
Misol. «Fayz» OAJ XK ga jismoniy shaxs 20 - yil 5 - apreldan oyiga 500000 so`m maosh bilan buxgalter lavozimiga ishga qabul qilindi. Xodim ilgarigi ish joyidan ma'lumotnomani taqdim etdi, unga ko`ra 20 - yil boshidan:
daromad - 156 0000 so`mni, daromad solig`i - 302800 sumni tashkil qilgan.
«Ish beruvchining buyrug`i (T-1-son shakl) bilan ishga qabul rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo`ladi. Buyruq mehnat shartnomasi mazmuniga to`liq mos ravishda chiqariladi hamda xodimga tilxat bilan e'lon qilinadi»6. «Xodim shartnomada belgilangan kundan boshlab, (mazkur holatda – 20 - yil 5 - apreldan) mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishi lozim7.
Oyiga beriladigan maosh summasi - 500000 so`m ham mehnat shartnomasida qayd etiladi8.
Buyruqqa asosan xodimga shaxsiy varaqa (T-2-son shakl) to`ldiriladi, ish boshlagan paytidan 5 kun o`tgach mehnat daftarchasida ishga qabul qilinganligi haqida yozuv qayd etiladi1 hamda shaxsiy schyot (T-54-son shakl) ochiladi, unga ish haqini hisob-kitob qilish uchun zarur barcha ma'lumotlar kiritiladi.
Oy tugagach, tabelchi yoki bunga vakolatli boshqa shaxs tomonidan rasmiylashtirilgan ish vaqtini hisobga olish tabeli (T-12-son, T-13-son shakllar) buxgalteriyaga topshiriladi. Tabelda tabel raqami, F.I.Sh., ishlangan soatlar soni, dam olish kunlari, turli sabablarga ko`ra ishga chiqilmagan kunlar soni ko`rsatilgan holda barcha xodimlarning ro`yxati aks ettiriladi.
Buxgalteriya boshlang`ich tabel hisobi ma'lumotlari asosida 20 - yil aprel oyi uchun ish haqini hisoblab chiqaradi. Besh kunlik ish haftasi deyilganda, aprel oyida 22 ish kuni hisoblanadi. Xodim 15 - apreldan ishga qabul qilinganligi bois, agar ishga chiqmagan kunlar bo`lmasa, u mazkur oyda 20 ish kuni ishlagan bo`ladi.
20 - yil aprel oyi uchun hisoblab yozilgan ish haqi summasi 454550 so`mni (500000 : 22 x 20) tashkil qiladi (8.3-jadval).
8.3-jadval
20 - yil aprel oyi uchun hisob-kitob varag`i
Axmedov A.B. Tabel raqami – 234, buxgalter Maoshi 50000-00
|
To`lov turi
|
oy
|
bo`lim
|
kunlar
|
soatlar
|
summa
|
kod
|
nomi
|
hisoblab yozildi
|
ushlab qolindi
|
01
|
Asosiy ish haqi
|
4
|
1
|
20
|
0.0
|
454550-00
|
|
201
|
Daromad soligi
|
4
|
|
|
|
|
95109-15
|
229
|
Jamg`arib boriladigan Pensiya jamg`armasiga
|
4
|
|
|
|
|
4545-50
|
|
JAMI:
|
|
|
|
|
454550-00
|
109654-65
|
|
TO`LANDI:
|
|
|
|
|
344896-30
|
|
OLDIM
|
|
Buxgalter A.N.Petrova
|
imzo
|
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor mazkur xojalik operatsiyasiga buxgalteriya provodkasi to`g`ri berilganligiga e'tibor berishi kerak. 21-son BHMS ga muvofiq quyidagicha provodka berilishi nazarda tutilgan (8.4 -jadval).
8.4-jadval
Mehnatga haq to`lash bo`yicha xojalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish
T/R
|
Xojalik operatsiyasining mazmuni
|
Summa, sum
|
Schyotlar korrespondensiyasi
|
Debet
|
Kredit
|
1.
|
Buxgalterga ish haqi hisoblab yozildi
|
454550
|
9420
|
6710
|
2.
|
Ish haqidan daromad solig`i ushlandi
|
95109,15
|
6710
|
6410
|
3.
|
Ish haqidan sug`urta badali ushlandi
|
1136,38
|
6710
|
6520
|
4.
|
Jamg`arib boriladigan pensiya jamg`armasiga hisoblandi
|
4545,50
|
6710
|
6520
|
5.
|
Kassadan ish haqi summasi to`landi
|
344896,65
|
6710
|
5010
|
«Har bir xodimni unga tegishli davrda to`lanishi lozim bo`lgan ish haqining tarkibiy qismlari, olib qolingan ushlanmalar miqdori va asoslari, shuningdek to`lanadigan umumiy pul summasi haqida yozma shaklda xabardor qilish lozim»
Ish haqi hisob-kitobi hamda to`lanishi hisob-kitob-to`lov qaydnomalari (T-49-son shakl) yoki alohida hisob-kitob va to`lov qaydnomalarida (T-51-son, T-53-son shakllar) amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda boshqa holatlar (ko`pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta'tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta'tili bir maromda berilmaydi.
Auditor ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to`g`ri aniqlash uchun yil davomida ta'tillarga haq to`lash bo`yicha xarajatlarni bir maromda kiritib borishni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor berishi kerak. Mehnat ta'tili vaqtiga to`lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta'tiliga to`lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda o`tkazilishini ta'minlash uchun har oyda ma'lum miqdordagi mablag` korxona tomonidan zaxira qilib borilishi kerak.
Jamg`arib boriladigan pensiya ta'minotiga o`tkazmalar bo`yicha quyidagicha (8.5-jadval) buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
8.5-jadval
Jamg`arib boriladigan pensiya hisobraqamiga o`tkazmalar bo`yicha buxgalteriya yozuvlari
T/R
|
Xojalik operatsiyalarining mazmuni
|
Schyotlar korrespondensiyasi
|
Debet
|
Kredit
|
1.
|
Daromad hisoblab yozilgan
|
2010, 2310
va boshqa schyotlar
|
6710
|
2.
|
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq hisoblab yozilgan
|
6710
|
6410
|
3.
|
Jamg`arib boriladigan hisobvaraqqa 1 % aks ettirildi
|
6410
|
6530
|
4.
|
Jamg`arib boriladigan pensiya badalini Xalq banki hisobraqamlariga o`tkazish aks ettirildi
|
6530
|
5110
|
5.
|
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq summasi budjetga o`tkazildi
|
6410
|
5110
|
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish hamda ish haqini hisoblash bo`yicha audit o`tkazganda auditor dastlabki hujjatlar, ya'ni: naryadlar, marshrut haritalar, yo`l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo`yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korxonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
Vaqtbay mehnatga haq to`lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to`g`ri qo`llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to`g`risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo`yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga uydirma (soxta) shaxslar kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo`yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo`limidagi shaxsiy tarkibni hisobga olish ma'lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo`yicha avval to`langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to`lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo`lmagan va qisqa muddat ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni, yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo`yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisoblar to`g`riligiga katta e'tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag`batlantirishga qaratilgan turli to`lovlar, ya'ni: ma'lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko`ra mukofotlar, tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo`shimcha to`lov va ustama haqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta'tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to`lovlar hujjatlarda to`g`ri rasmiylashtirilganiga alohida e'tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy rag`batlantirish va turli qo`shimcha to`lovlar va mukofotlarni hisoblash to`g`risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo`lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug`i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to`g`risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo`lishi lozim.
O`rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to`g`riligini tekshirganda o`rtacha ish haqi to`g`ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to`lovlar to`g`ri hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va xatolar bo`yicha buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |