Talab qilinadi:
Mehnatga haq to’lash hisobi bo’limida nazoratni baholash o’tkazilsin (13 - jadval);
2012 yil sentyabr uchun hisobdor shaxslarga xisobot berish sharti bilan berilgan summalarning ortiqcha to’lanishi va kam to’langanligi qaydnomasi tuzilsin.
Olingan natijalar bo’yicha mehnat qonunchiligiga amal qilinishi va mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob – kitoblar to’g’riligining auditorlik tekshiruvi dasturi tuzilsin.
Auditor qanday usullar yoki auditorlik muolajalari bilan dalillar yig’adi?
8.1-jadval
Ichki nazorat va buxgalteriya hisobi tizimi holatlarini tekshirish uchun savolnoma
№
|
Savolnomalar
|
javoblar
|
Eslatma
|
ha
|
Yo’q
|
Javob yo’q
|
A. Ichki nazorat
|
1
|
Ishchilarning ro’yxatdagi tarkibi tekshiriladimi (qachon va necha marta)?
|
|
|
|
|
2
|
Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi sonining sanab chiqilishi to’g’riligi tekshiriladimi?
|
|
|
|
|
3
|
Mohiyatiga ko’ra yozilgan ish haqi tekshiriladimi (buyruqlar, shartnomalar, kontraktlar, dastlabki hujjatlarning haqiqiyligini, bajarilgan ish hajmi) ?
|
|
|
|
|
4
|
Shtat jadvali va shtat jadvaliga ko’ra mehnatga haq to’lash tekshiriladimi?
|
|
|
|
|
5
|
Ish haqidan ushlab qolishlar to’g’riligi tekshiriladimi?
|
|
|
|
|
6
|
Mehnatga haq hisoblashda ta’riflardan, narx va razryadlar hamda shu kabilardan foydalanishning to’g’riligi tekshiriladimi?
|
|
|
|
|
7
|
Mukofotlar, rag’batlantirishlar, ta’til pullari, yo’l pullari yozilishi asoslanganligi tekshiriladimi (qarorlar, buyruqlar, ish hajmi, hujjatlar bilan tasdiqlanishi)?
|
|
|
|
|
B. Hisob tizimi
|
1
|
Dastlabki xujjatlar ishonchliligi va ular to’g’ri tuzilganmi?
|
|
|
|
|
2
|
Tabelga boshqa o’ylab topilgan shaxslarning hujjatlarini ham qo’shib qo’yish holatlari yo’qmi?
|
|
|
|
|
3
|
Avval to’langan hujjatlar bo’yicha yana takroran summa (haq) yozish holatlari yo’qmi?
|
|
|
|
|
4
|
Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarida arifmetik xatolar yo’qmi?
|
|
|
|
|
5
|
Mehnatga haq to’lashni tashkil qilish va to’lovlar hisobini yuritish loyixasi mavjudmi?
|
|
|
|
|
6
|
Hamma holatlarda namunali hujjatlar va hisob registrlaridan foydalaniladimi?
|
|
|
|
|
7
|
Ish haqini hisoblash va undan ushlab (chegirib) qolishlar bo’yicha muomulalar hisob-varaqlar (schetlar)da to’g’ri aks ettiriladimi?
|
|
|
|
|
8
|
6710 va 6720 schet bo’yicha analitik hisob yozuvlari ijro varaqalari bo’yicha hisob-kitoblar qismidagi va deponent qilingan ish haqi registrlaridagi, Bosh kitob, balans yozuvlari bilan taqqoslanadimi?
|
|
|
|
|
2 Masala. “Ramz” MChJ xodimlarining mehnatiga mehnatga haq to’lash haqidagi Nizom asosida vaqtbay mukofotli va ishbay tizimi bo’yicha haq to’lanadi. Mukofotlash haqidagi Nizomga ko’ra maoshga 35 % miqdorda mukofot belgilangan. Firma rahbari Meliev T. tomonidan 2012 yilga shtat jadvali tasdiqlangan. 2012 yil sentyabrda “Ramz” MChJda ish vaqtini hisobga olish tabeliga muvofiq shtat jadvali bo’yicha 15 xodim ishladi (shundan 7 tasi ishchilar), oltitasi o’rindoshlik bo’yicha (Qosimova N.S., Muqimov G.S., Jumaev S.P. ), bittasi pudrat shartnomasi bo’yicha (Muhammadiev A.S). Firma buxgalteri tomonidan ishchilarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni 22 kishi (15+6+1) deb belgilangan.
Yusupov L.F. 2012 yil 1 maydan o’rindoshlik bo’yicha buxgalterlik lavozimiga qabul qilingan (asos – shaxsiy arizasi, rahbarining ishga qabul qilish haqidagi buyrug’i yo’q).
Rahbarning 2012 yil 21 avgusdagi 20 – sonli buyrug’iga muvofiq ekspeditor Jumaev S.P. 14 avgust 2012 yildan o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shatilgan.
Haydovchi Jo’raev O.I 5 sentyabr 2012 yildan ishchilar shtati qisqarishiga ko’ra bo’shatilgan (4 sentyabr 2012 yildagi 25 sonli buyruq).
Do'stlaringiz bilan baham: |