1- rasm. Sovun pishirish qozoni
Davriy usulda xo‘jalik sovuni asosini tayyorlash sxemasi (1-rasm).
Sovun pishirish sexining 18 sig’imidagi osh tuzi eritmasi nasos (19) orqali sarf o’lchagichga (4) uzatiladi. Natriy karbonat eritmasi (24) bakdan nasos (23) yordamida sarf o’lchagich (1) ga uzatiladi. Sovun pishirish uchun tayyor holatga keltiriladi. To’g’ridan - to’g’ri sovun pishirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parchalangan yog’ kislotalar, sintetik yog’ kislotalar, distillangan yog’ kislotaldar, texnik hayvon yog’lari omborlardan yig’uvchi sig’imlar (2, 5, 6, 7) ga olinadi. Sovun resepturasi asosida hisoblangan ishqor sarfi miqdori sarf o’lchagich (3) dan 28-30% li konsentrlangan ishqor eritmasi sovun pishirish qozoni (9)ga beriladi. So’ngra qozonlarga ochiq bug’ berilib, qaynash darajasiga yetkaziladi. Yog’li xom ashyolardan, qozonlarga tabiiy yog’lar, yog’ o’rnini bosuvchilar, sintetik yog’ kislotalar issiq holda beriladi.
Ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan uskunalar
Sovun pishirish qozoni
Sovun pishirish jarayoni asta sekinlik bilan davriy ravishda ochiq bug’ yoki isitilgan xavo yordamida amalga oshiriladi. Karbonatli sovunlash jarayoni sovun tarkibida massa ulushi 80% bo’lganda tugagan hisoblanadi. Hosil bo’lgan sovun osti ishqori va sovunosti kleyi nasos (14) yordamida yordamchi qozon (10) ga o’tkaziladi. Hosil bo’lgan sovun yadrosi nasos (12) yordamida sovun pishirish qozoni (8) ga uzatiladi. Ajratib olingan sovun osti kleyi va ishqori sig’im (13) da sovigandan so’ng sovun asosi ajratib olinadi va nasos (14) orqali qayta ishlashga yuboriladi.
Hosil bo’lgan karbonatli aralashmada yog’ kislotalari massa ulushi 60-70% bo’lishi kerak. Karbonatli sovunlash tugashi bilan 40-42% li kaustik ishqor (NaOH) bilan sovunlash olib boriladi. Kaustik ishqor oz-ozdan qaynatish va aralashtirish vaqtida berib turiladi. Sovunlanayotgan aralashmadagi ortiqcha ishqor miqdori 0,10,2 % qilib jarayon oxirigacha yetkaziladi.
Sovunlash vaqtida eng avvalo erkin yog’ kislotalarini neytrallash jarayoni qatori so’ng neytral yog’lar sovunlanadi. Kautik ishqor bilan sovunlash sovun asosida ortiqcha ishqor miqdori 30 minut davomida o’zgarguncha davom etadi. Shu usulda olingan sovun asosi bir jinsli bo’lishi, tarkibidagi yog’ kislotalar miqdori 60% dan kam bo’lmasligi, ortiqcha ishqor miqdori 0,15 % dan oshmasligi kerak. Shundan so’ng sovun pishirish jarayoni tugagan deb hisoblanadi. Sovun asosi (9, 10) qozonlardan nasos(17) orqali maxsus saqlagich-sig’im(11) ga yuboriladi.
U yerdan (25) filtr orqali va 0,3MPa bosim ostida (26) me’yorlovchi nasos yordamida quritish va mexanik ishlov berishga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |