TNB-2 uskunasida texnologik tasnif
Xo‘jalik sovunining asosini tayyorlash. Davriy usulda sovun pishirish. Bu usul hajmi 200 m3 gacha bo‘lgan qozonlarda amalga oshiriladi.
Gidrolizlangan yog‘lar va yog‘ o‘rniga ishlatiladigan xomashyodan xo‘jalik sovunini asosini davriy ishlaydigan apparatlarda tayyorlash bevosita yoki bilvosita usul bilan bajariladi. Yog‘li aralashmaning yog‘ kislotalarini neytrallash, toza qozonda, sifati yaxshilangan soapstok yadrosi yoki qozonda oldingi pishirishdan qolgan sovun qoldig‘i ishtirokida olib boriladi.
Sovun pishirish qozoni (rasm) silindrik korpus (1) dan, konussimon taglikdan va qopqoqdan tashkil topgan. Hosil bo‘lgan CO2 va ishlatilgan ochiq bug‘ni atmosferaga chiqarib yuborish uchun qozonni qopqog‘ida so‘ruvchi patrubok (5) bor. Qopqoq ostiga halqasimon purkagichlar (3 va 4) joylashtirilgan, ular orqali yog‘ kislotalari, yog‘lar, ishqor eritmasi, tuz eritmasi, issiq suv qozonga beriladi. Ko‘rish oynasi (6) sovun pishirish jarayonini kuzatish (ba’zan quruq tuzni solish uchun) uchun xizmat qiladi. Tindirilgan sovun yadrosi nasosga ulangan sharnirli sifon truba (7) orqali quyib olinadi. Sharnirli truba zanjir va lebyodka (2) yordamida harakatga keltiriladi. Sovun yadrosini qizdirish uchun zmeevik (8) o‘rnatilgan. Qozonni pastki qismida sovun osti ishqori va sovun osti yelimini bo‘shatish uchun shtutser (9) mavjud.
Davriy usulda sovun asosini tayyorlash.
Davriy usulda sovun pishirish. Bu usul hajmi 200 m3 gacha bo‘lgan qozonlarda amalga oshiriladi.
Gidrolizlangan yog‘lar va yog‘ o‘rniga ishlatiladigan xomashyodan xo‘jalik sovunini asosini davriy ishlaydigan apparatlarda tayyorlash bevosita yoki bilvosita usul bilan bajariladi. Yog‘li aralashmaning yog‘ kislotalarini neytrallash, toza qozonda, sifati yaxshilangan soapstok yadrosi yoki qozonda oldingi pishirishdan qolgan sovun qoldig‘i ishtirokida olib boriladi.
S ovun pishirish qozoni (1-rasm) silindrik korpus (1) dan, konussimon taglikdan va qopqoqdan tashkil topgan. Hosil bo‘lgan CO2 va ishlatilgan ochiq bug‘ni atmosferaga chiqarib yuborish uchun qozonni qopqog‘ida so‘ruvchi patrubok (5) bor. Qopqoq ostiga halqasimon purkagichlar (3 va 4) joylashtirilgan, ular orqali yog‘ kislotalari, yog‘lar, ishqor eritmasi, tuz eritmasi, issiq suv qozonga beriladi. Ko‘rish oynasi (6) sovun pishirish jarayonini kuzatish (ba’zan quruq tuzni solish uchun) uchun xizmat qiladi. Tindirilgan sovun yadrosi nasosga ulangan sharnirli sifon truba (7) orqali quyib olinadi. Sharnirli truba zanjir va lebyodka (2) yordamida harakatga keltiriladi. Sovun yadrosini qizdirish uchun zmeevik (8) o‘rnatilgan. Qozonni pastki qismida sovun osti ishqori va sovun osti yelimini bo‘shatish uchun shtutser (9) mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |