Mavzu: tnb-2 apparati Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 4,48 Mb.
bet1/10
Sana01.07.2022
Hajmi4,48 Mb.
#724664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TNB-2 uskunasida pishirish


Mavzu: TNB-2 apparati
Reja:


I. Kirish:
II. Asosiy qism:

  1. Davriy usulda sovun asosini tayyorlash.

  2. Sovun pishirish qozoni.

  3. Texnologik sxemani tanlash va asoslash

  4. Davriy usulda xo‘jalik sovuni asosini tayyorlash sxemasi.

  5. Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz usulda TNB-2 uskunasida pishirish.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati.


Kirish
Oziq - ovqat sanoatining muhim va murakkab yo‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi. Yog‘-moy sanoati strukturasida moy ekstraksiya korxonalari, yakuniy mahsulotlari, tabiiy o‘simlik moylari (paxta, kungaboqar, loviya, raps va boshqalar) bo‘lgan korxonalar, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, sovun ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pligi va korxona strukturasining xilma - xilligidan yog‘ - moy sanoati korxonalari uskunalari ham turli - tumandir. Moy va moy maxsulotlari ishlab chikarish murakkab fizik-kimyoviy jarayonlardan tashkil topgan. Shularni inobatga olgan xolda talabalarga "Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi " fanini xozirgi davr talablari asosida o‘qitilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Respublikamiz ta’lim tizimida "O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi" fanini o‘qitish borasida to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, talabalarning ko‘pchiligida bu fan bo‘yicha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, ayniqsa mustaqil fikrlash jarayonida fikrni to‘g‘ri bayon qilish, uskunalarni tasavvur qilish ko‘nikma va malakalari yetarli emasligi ko‘zga tashlanadi.
Bu xolat talabalarga korxonalarda qo‘llaniladigan uskuna va jixozlar borasida fikr yuritish, uskuna va jixozlari ishlatish qonun-qoidalarini o‘rgatishga jiddiy e’tibor berishni va ayni paytda "Korxona uskuna va jixozlari" fani dasturini takomillashtirishni, xususan, unda mazkur soxa bo‘yicha keyingi davrlarda yuzaga kelgan masalalarini aks ettirish, soxada erishilayotgan yutuqlarni, yangi uskuna va jixozlarni, shu bilan yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratildi.
Ana shundan kelib chiqib, mazkur dasturda, avvalgisidan farqli o‘laroq, bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, uni qayta tuzishda amaldagi o‘quv dasturi yangilandi, "Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi" fanini o‘rganuvchi boshqa fanlar bilan, ayniqsa «Korxona uskuna va jixozlari», "O‘simlik moylari ishlab chiqarig texnologiyasi", "Mexnatni muxofaza qilish", "Ekologiya", "Iqtisodiyot nazariyasi", "Texnologik fizik-kimyoviy nazorat" uabi fanlar bilan aloqalari inobatga olindi, xususan "Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi" fanining bugungi fan va texnika taraqqiyoti, mamlakatdagi soxa korxonlarini modernizatsiya qilish jarayoniga ta’siri, bitiruvchi talablarini yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalash kabi masalalar o‘z aksini topgan.
Dasturni tuzishda "Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi" fanini o‘qitish bo‘yicha oldin yaratilgan dasturlardagi barcha ijobiy jixatlar saqlab qolindi, ulardagi muxim masala va mavzular keyingi davrlarda yaratilgan yangi texnologik uskunalar hamda adabiyotlar bilan boyitilib, takomilashtirildi. dasturda mustaqil ishlarni tashkil qilishning mazmun va shakllari, talabalar bilimlarini baholash mezonlari to‘laroq berildi.
Mualliflar takomillashtirilgan mazkur dastur asosidagi majmua o‘zlashtirilishi natijasida talabalarda davlat standartlariga moy keladigan ko‘nikmalar hosil bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Maxsus texnologik uskunalar bilan bir qatorda umumiy foydalanadigan, sanoatning boshqa tarmoqlarida keng tarqalgan yordamchi uskunalar ham bayon etilgan.
Jihozlarning xizmat ko‘rsatishi, ularning konstruksiyasi va texnologik jarayoniga ko‘ra uskunalar avtomatlashtirilgan, yarim avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan holda bo‘ladi. Yildan-yilga korxonalarda komplekt liniyalarga kiradigan, avtomatlashtirilgan uskunalar birinchi o‘rinlarni egallab kelmoqda va kelajakda ular maxsus dastur bo‘yicha ishlaydi, ularning nazorati va boshqarilishi elektron-hisoblash mashinalar yordamida bajariladi.
Ma’lum texnologik jarayonlarni bajarishda yog‘-moy sanoatida uskunalarning xususiyatlarini hisobga olish joizdir. Bular quyidagilardir:
-ishlab chiqarishdagi portlash yoki yong‘inga nisbatan xavf mavjud bo‘lgan bo‘limlar (tayyorlov bo‘limi, ekstraksiya bo‘limi, vodorod ishlab chiqarish bo‘limi, gidrogenlash bo‘limi, tozalangan moy kislota ishlab chiqarish bo‘limi, shrotdan oqsil ishlab chiqarish bo‘limi) uskunalari. Bu uskunalarning yaratilishi va montaji qat’iy talab asosida amalga oshirilib, davlat texnika nazorati qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda tekshirilib turiladi;
-sanoatda vakuumning va bosimning keng ko‘lamda qo‘llanilishi (absolyut qoldiq bosim 0.133 KPa, shu bilan birga o‘rta bosimni 3 MPa gacha ushlash); -fizik-kimyoviy jarayonlarda haroratni 3500S gacha ushlash;
-tabiiy va sun’iy moy kislotalar, sulfat va xlorid kislotalar, sulfanol, osh tuzi aralashmasi saqlanadigan uskunalarini kislota yemirmaydigan po‘lat va boshqa materiallardan tayyorlashni yo‘lga quyish;
-tez qotadigan suyuqliklar (salomas, margarin, moy kislotalar, gudron) saqlanadigan uskunalarni maxsus qizdirish moslamalari (trubkali isitgichlar) va hozirgi zamon hamjamiyatida O‘zbekistonning o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish