Mavzu: tnb-2 apparati Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism


Sovun massasidagi yog‘ kislotalari miqdori, %



Download 4,48 Mb.
bet6/10
Sana01.07.2022
Hajmi4,48 Mb.
#724664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TNB-2 uskunasida pishirish

Sovun massasidagi yog‘ kislotalari miqdori, %

Sovun massasidagi elektrolit konsentratsiyasi (NaCl va NaON yig‘indisi), %

52-54

1,3 dan ortiq emas

54-56

1,0 dan ortiq emas

56-58

0,8 dan ortiq emas

Tuzlash tugaganda NaOH miqdori 0,3% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.


Qisman tuzlash to‘g‘ri olib borilsa, qozondagi sovun massasi bir tekis qaynaydi, uni yuzasida kengligi 20-25 sm bo‘lgan plastinalar ko‘rinadi. Po‘latdan yasalgan shpateldan yupqa qatlamda oqib tushadi, bunda shpatelni yuqorigi qismi quruq, pastki qismida esa sovun yupqa qatlamda tiniq ko‘rinishda bo‘ladi.
Sovun massasini qisman tuzlash jarayoni tugagandan keyin, uni to ikki fazaga ajralguncha bir necha soatga tindirib qo‘yiladi. Bu fazalar tarkibida 60-63% yog‘ kislotalari bo‘lgan yadro (tayyor sovun asosi) va 25-30% yog‘ kislotalari bo‘lgan sovun osti yelimidan iborat. Tindirish vaqti yog‘ tarkibi, konsentratsiyasi va qozon hajmiga bog‘liq. Masalan, hajmi 50m3 bo‘lgan qozonda tindirish vaqti 20-30 soatni tashkil etadi. Chiqayotgan asos (yadro) va sovun osti yelimining nisbati 65-70% va 35-30% bo‘ladi. Tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, tarkibida 0,2% dan ko‘p miqdorda erkin ishqor va 1% dan ko‘p bo‘lmagan natriy karbonat bo‘lgan tayyor sovun asosi sovun-yig‘gichga yuboriladi va sovitishga, so‘ng quritishga va mexanik ishlov berishga jo‘natiladi. Sovun osti yelimi esa pastki shtutser orqali alohida qozonga beriladi va tozalash maqsadida qayta ishlanadi.
Sovun pishirish uchun tozalanmagan yog‘li xomashyo va soapstokli yadro ishlatilganda sovun osti yelimi elektrolit eritmasi bilan to‘liq tuzlanadi. Buning uchun sovun osti yelimiga ochiq bug‘ bilan qaynatib va aralashtirib turgan holda yetarli miqdorda 20% li osh tuzi eritmasi beriladi. Agar kurakchaga olingan namunada tiniq suyuqlik (sovun osti ishqori) orasida yadro donachalari aniq ko‘rinsa, to‘liq tuzlash oxiriga yetdi deb hisoblanadi. Tuzlash jarayoni tugayotganda sovunli massa tindiriladi (sig‘imi 50m3 bo‘lgan qozonda 2-4 soat) bunda ikki xil faza (yadro va sovun osti ishqori) hosil bo‘ladi. Sovun osti ishqori so‘nggi marta ishlov berish uchun alohida sig‘imga olinadi, yadro esa asos sifatini oshirish, tarkibidagi elektrolit miqdorini kamaytirish va rangini yaxshilash maqsadida silliqlanadi. Silliqlashda dastlab yadroga suv qo‘shib, ochiq bug‘ orqali qaynatish yo‘li bilan uni sovun yelimiga aylantiriladi. Olingan, tarkibida 50-55% yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun yelimi qisman tuzlanadi va sistema yana yadro va sovun osti yelimiga ajraladi.
Sovun osti yelimiga ishlov berish. Sovun osti yelimida 30% gacha sovun ko‘rinishidagi yog‘ kislotalar, 1% gacha erkin ishqor, har xil elektrolitlar (natriy karbonat, osh tuzi), hamda hamroh moddalar va aralashmalar mavjud. Bu moddalar unga yog‘li aralashmalardan va boshqa materiallardan o‘tgan.
Sovun osti yelimini sovun pishirish uchun ishlatishdan avval uni sifatini yaxshilash maqsadida qayta ishlanadi. Bu jarayon sovun osti yelimidagi erkin ishqorni neytrallash va olingan sovunli massani osh tuzi bilan tuzlashdan iborat. Erkin ishqor va natriy karbonatni neytrallash jadal qaynatish orqali yog‘ kislotalarini qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Bunda olingan sovunli massadagi ishqor miqdori 0,05% dan oshib ketmasligi kerak. Olingan sovun yelimi qaynatilgan holda quruq tuz qo‘shish bilan tuzlanadi. Ikki soatlik tindirishdan so‘ng sovun osti ishqori ajratib olinib qayta ishlash davom ettiriladi. Tozalangan sovun yadrosi esa navbatdagi sovun pishirishga yuboriladi. Tozalash samaradorligini yanada oshirish uchun yadroni sovun yelimiga aylanguncha suv bilan eitiladi va tuzlash jarayoni qaytariladi.
Sovun osti ishqoriga ishlov berish. Xo‘jalik sovuni asosini bilvosita usul bilan tayyorlash jarayonida, hamda sovun osti yelimi va boshqa yog‘li chiqindilarni qayta ishlashda olingan sovun osti ishqori tarkibida 8-9% natriy xlorid, 0,1% erkin natriy gidroksid va 0,8% gacha sovun holidagi yog‘ kislotalari bo‘ladi. Sovun osti ishqorini qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va yog‘ kislotalari yo‘qotilishini kamaytirishdir. Sovun osti ishqori qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va yog‘ kislotalari yo‘qotilishini kamaytirishdir. Sovun osti ishqoriga ilashib chiqqan sovunni ajratish uchun u 500C gacha sovutiladi. Bunda 50% gacha sovunlangan yog‘ kislotalari ishqordan ajraladi.
Yog‘ kislotalari miqdorini yanada kamaytirish va soda mahsulotlarini ajratib olish uchun sovun osti ishqori yog‘lash usuli bilan qayta ishlanadi. Buning uchun sovun osti ishqori tarkibidagi o‘yuvchi va karbonatli ishqorlar yog‘ kislotalari bilan neytrallanadi. Bunda yog‘ kislota miqdori hisoblanganidan 15-20% ortiqcha olinadi. Bunday sharoitda qiyin eruvchan nordon sovun hosil bo‘lib, u sovun osti ishqoridan u yoki bu usul bilan ajratib olinishi mumkin. Sovun osti ishqorini neytrallash uchun texnik yog‘lar, soapstokning yog‘ kislotalari yoki sintetik yog‘ kislotalari C17-C20 fraksiyalaridan foydalaniladi. Jarayon 80-850C da uzluksiz aralashtirish, hamda 3-4 soat davomida tindirish bilan olib boriladi. Qozonning yuqori qismiga qalqib chiqqan nordon sovun yig‘iladi va asosiy sovun pishirishga yuboriladi, sovun osti ishqori esa realizatsiya qilinadi (qurilish tashkilotlariga sotiladi) yoki yog‘ tutgich orqali korxona tozalash sistemasiga uzatiladi.
Neytrallashda ishlatiladigan yog‘ kislota sarfi 1t sovun osti ishqoriga 100-130 kg ni tashkil etadi.
TNB-2 apparati (2-rasm) to‘rtta gorizontal baraban (3) va unga o‘rnatilgan bug‘ ko‘ylagi (11) hamda lentali spiralsimon aralashtirgichdan tashkil topgan. Aralashtirgich reduktor (2) orqali elektrodvigatel(1)dan harakatga keladi. Barabanlarni pastki qismiga CO2 gazini ajralib chiqishini tezlashtirish maqsadida aralashtirish uchun bug‘ borbatyori (10) o‘rnatilgan. Barcha barabanlar o‘zaro, patrubkalar bilan birlashtirilgan. (2) va (3) barabanlarni birlashtiruvchi vertikal patrubka(13)ga ishqor eritmasining kirishi uchun purkagich o‘rnatilgan.
Birinchi baraban ustiga silindr shaklidagi reaktor-aralashtirgich (8) o‘rnatilgan bo‘lib, uning ichida turbinali aralashtirgichli (7) stakan bor. Bu aralashtirgich reduktor (6) orqali elektrodvigatel (5)dan harakatlanadi. Stakan tubiga yog‘ kislotalari va natriy karbonat eritmasini kiritish uchun patrubkalar o‘rnatilgan. Yog‘ kislotalari va natriy karbonat aralashmasidan hosil bo‘lgan karbonatli massa yuqoriga ko‘tariladi va silindr devori bilan stakan orasidagi bo‘shliq orqali birinchi barabanga tushadi. Birinchi va ikkinchi barabanlarga gaz yig‘gich (4) o‘rnatilgan bo‘lib, unga karbonatli sovunlanish jarayonida hosil bo‘lgan CO2 gazi to‘planadi. Uchinchi va to‘rtinchi barabanlarda sovunli massa sathini saqlab turish, sovunni bo‘shatib olish, gidrozatvor (12) orqali amalga oshiriladi. TNB-2 apparatini unumdorligi 7-10t/soatni tashkil qiladi.
Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz usulda tayyorlash uchun “BShM” va “DON” apparatlaridan ham foydalaniladi. “BShM” apparati ikki pog‘onali aralashtirgich gaz ajratgich va tugal sovunlagichdan iborat. Ikki pog‘onali aralashtirgichda karbonatli sovunlash sodir bo‘ladi.
Bevosita usul bilan sovunni uzluksiz pishirish uchun mo‘ljallangan uskunalarning texnik -iktisodiy ko‘rsatkichlari 2-jadvalda ko‘rsatilgan.






Download 4,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish