1. TIKUVCHILIK KORXONALARINI SHAXARSOZLIK VA ER MAYDONIGA QO'YILADIGAN TALABLAR.
Engil sanoatining yangi qurilayotgan tikuvchilik korxonalari, qoidaga muvofiq, band bo'lmagan ishchi kuchiga ega bo'lgan, bunday korxonalarda asosan ayollar mehnatidan foydalanilgani uchun ular ta'minlangan aholi hududlariga joylashtiriladi. Korxonalarning rekonstruktsiya qilinishi va kengaytirilishi asosan shaharlar va aholi yashaydigan hududlarida joylashgan korxonalarda amalga oshiriladi va sanitar – himoya zonasi 50 m. ni tashkil etadi. Bunday joylashtirishda tikuvchilik korxonalari boshqa zararli moddalar ajratib chiqaradigan korxonalar (tsement, ximiya va h.k.)ning sanitar – himoya zonasiga tushib qolmasligi lozim.
Korxonalarning bosh rejalari hududning minimal qismini egallagan holda echiladi. Hamma ishlab chiqarish, xo'jalik, yordamchi xonalar va omborxonalar qoidaga ko'ra bitta korpusga joylashtiriladi, bu korpus sanoat maydoni qaerda joylashishini belgilaydi.
Tikuvchilik korxonalari o'z maydoni bo'yicha uncha katta bo'lmagan uchastkalarni egallaydi (0,5 - 2 ga) va ularning katta qismi shahar ko'chalarining kesishgan joylariga joylashtiriladi va ko'cha bo'yi qismiga korxonalarning asosiy fasadlari va asosiy kirish joylari, zavod oldi zonasiga joylashishi lozim bo'lgan tashkilotlarning binolari va individual transport vositalari to'xtash maydonlarini joylashtirish rejalashtiriladi. Korxona hududiga mashinalarning (har xil turdagi texnikalar, xom ashyo va boshqalar) kiritilishi ikkinchi darajali ko'chadan yoki yuklash – tushirish ishlari bajariladigan hudud yaqiniga loyihalanadi.
Korxona hududida dam olish va gimnastika mashqlarni bajarish uchun zonalar, kichik arxitekturaviy shakl: gulzorlar, axborot stendlari, faxriylar doskasi (taxtasi), O'zbekiston iqlim sharoitida dekorativ basseynlar, soya hosil qiluvchi ayvonlar uchun zonalarning ajratilishi ko'zda tutiladi.
Kichik tikuvchilik korxonalarini qurilishini muhokama qilayotganda quyidagi ko'rsatkichlarga ahamiyat berish kerak.
1) shahar arxitektura ansambli bilan hamohangliligiga.
2) shahar maydonlariga, ko'chalariga qulay joylashishi tikuvchilik korxonasiga kirib chiqish yo'llari jamoat transportlariga qulayligiga axamiyat berish kerak.
Shaharlarda kichik tikuvchilik korxonalarining joylashtirishni uchta turga bo'lish mumkin:
1. Aholi istiqomat qiluvchi turar joylarga yaqin joylarda;
2. Shaharlar markaziga yaqin joylarga;
3. Aholi istiqomat qiluvchi turar joy mahalalari ichida.
Shaharlarda korxonalarni 1-5 km gacha bo'lgan radiusda joylashtirish maqsadga muvofiq.
— 30 ishchi xodimgacha bo'lgan korxonalar mikrorayonlar uchun;
— 30-50 ishchi xodimgacha bo'lgan korxonalar turar joy mikrorayonlari uchun;
— 100-200 gacha bo'lgan korxonalar katta va yirik shaharlar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |