2. TIKUVCHILIK KORXONALARINING XAJMIY – REJAVIY ECHIMLARIGA TA'SIR QILADIGAN TEXNOLOGIK JIHATLAR Har qanday korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish jarayoni tashkil etib, bu jarayon bir-biri bilan o'zaro bog'liq mehnat jarayonlari majmuasidan iborat bo'ladi. Bu mehnat jarayonlari qator xollarda tabiiy jarayonlar bilan uyg'unlashadi.
Tikuvchilik korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlarining funktsionallashuvi asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlariga bo'linadi.
Ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari deb shunday jarayonlarga aytiladiki, bu jarayonlar natijasida asosiy xom - ashyo va gazlamalar tayyor mahsulotga aylanadi. Yordamchi jarayonlar deb shunday jarayonlarga aytiladiki, asosiy ishlab chiqarish xizmati uchun bu jarayonlardan foydalanish natijasida tayyor mahsulot amalga oshadi. Shuningdek xizmat ko'rsatuvchi jarayonlar xam mavjud bo'lib, ular asosiy va yordamchi jarayonlarni muvaffaqiyatli bajarilishi uchun xazmat qiladigan sharoitlarni (transport, omborxona ishlari va boshqalar) yaratish bilan bog'liqdir.
Ba'zi korxonalarda qo'shimcha va yordamchi ishlab chiqarish xam tashkil etilishi mumkin. Yordamchi ishlab chiqarishda har xil moslamalar, taralar, andozalar, furnituralar tayyorlanadi. Qo'shimcha ishlab chiqarishda siqib chiqarilgan mahsulotlari qayta ishlanadi, u asosiy ishlab chiqarish chiqindilaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Texnologik jihatdan maqsadga muvofiqlik nuqtai-nazaridan tukuvchilik ishlab chiqarishi sharoitlarini inobatga olgan holda asosiy ishlab chiqrish tashkil etuvchi qismlarga yoki tsexli ishlab chiqarishga bo'linadi. Unga korxonaning tayyorlash, bichish, tikish va pardozlash tsexlari tegishli bo'ladi.
Tikuvchilik birlashmasining asosiy tarkibiiy qismi - bu tsexdir. Tsex deganda birlashmada ishlab chiqarish jarayonining ma'lum ulushini bajarish uchun mo'ljallangan xududiy qism tushuniladi. Tsexlar korxonaga tegishli bo'lgan barcha belgilarni o'zida mujassam etadi.
Korxona-sanoat ishlab chiqarish tashkilotining ikki zvenoli strukturasini quyi zvenosi hisoblanadi. (birlashma - korxona) keyingi vaqtlarda yana bir "firma" degan termin tez-tez qo'llanilayapti. Firma deganda birlashma, yoki alohida korxonani xam tushunish mumkin. Bunda firma tushunchasi mahsulotni iste'mol qiluvchilar oldiga aniq bir majburiyatlarni (dizayniga, sifatiga va boshqalar) qo'yadi.
Tikuvchilik korxonasida texnologik jarayon quyidagi tartibdan iborat. Korxonaga keltirilgan gazlamaning sirtqi o'ramasi ochiladi va omborxonaga kiritiladi, u erda gazlama ko'zdan kechiriladi, so'ngra omborxonada faqat yaroqli gazlama saqlanish uchun qoldiriladi, u erdan esa zarur bo'lgan o'lchamlarda bichish tsexiga beriladi. Bichish tsexida gazlama o'lchash – kesish mashinasi yordamida qirqiladi, mexanizasiyalashgan to'shama stolga yoyiladi, harakatlanuvchi mashina orqali bo'laklarga qirqiladi va stasionar lentali mashinalar yordamida aniq bichimlar bo'yicha kesiladi.
Tayyor bichimlar taht holatga keltirilib bichish omborxonasiga topshiriladi so'ngra montajga va tikuv tsexlariga beriladi. Buyumning turiga bog'liq ravishda buyumlarning nam – issiq sharoitda qayta ishlaydigan alohida tsexlar ko'zda tutilishi mumkin. Tayyor buyumlar tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshiriladi. (1-jadval)
1-jadval