MAVZU: TIKUVCHILIK SANOATI BINOLARI.
REJA:
Tikuvchilik korxonalarini shaxarsozlik va er maydoniga qo'yiladigan talablar.
Tikuvchilik korxonalarining xajmiy – rejaviy echimlariga ta'sir qiladigan texnologik jihatlar
Tikuvchilik korxonalarining funktsional tuzilishi
Tikuvchilik korxonalari binosining tarxiy joylashishiga qo'yiladigan talablar
Tikuvchilik korxonalarining arxitekturaviy kompozisiyasi
Umumiy ma'lumotlar
Hozirgi kunda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha Inqirozga qarshi choralar dasturida korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish va kichik biznes sohasida aholi bandligini ta'minlash hamda hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifalardan biridir.
Tikuvchilik korxonalari aholini kiyimga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash va yoshlarni, ayollarni ish o'rni bilan band qilish maqsadida quriladi. Bunday inshootlar barcha turdagi zaruriy kommunal qulayliklar (suv, kanalizasiya, isitish qurilmalari va h.k.) bilan jihozlash, ishchi xodimlarga qulay sharoitlar yaratish va dam olish zonalari bilan ta'minlangan bo'lishi zarur.
Bunday tikuvchilik korxonalari bevosita shaharlarning aholi yashaydigan hududlarga ya'ni turar joy binolari bilan arxitekturaviy bog'lanishda joylashtirish lozimdir. Kichik tikuvchilik korxonalari loyihasini uning qurilish qoidalariga rioya qilgan holda va IV ta iqlim rayonlaridagi zilzilabardoshlik (seysmika) 7-9 ballik deb hisobga olinishi, shuningdek bino atroflarini ko'kalamzorlashtirish, obodonchilik, binoning yo'nalishi (orientasiyasi) va mikroiqlimni hisobga olgan holda yaratish tavsiya qilinadi.
Ushbu bayon etilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni taklif qilamiz:
1. Tikuvchilik korxonalarining binolari mahalla guzarlarida bunyod etilishi, uning ishlab chiqargan mahsulotini korxona do'konida sotish yo'lga qo'yilishi, korxona kasb-hunar o'rgatuvchi, yosh qizlarni mustaqil xayotga yo'llovchi muqaddas maskanga, fayzli mehnat o'chog'iga aylantirilishi zarur.
2. Tikuvchilik korxonalari binolarining arxitekturasi, xizmat xonalarining joylashtirilishi zamonaviy andozalarga javob berishi, dam olish xonasi, tibbiy xona, ma'naviyat va ma'rifat xonasi va boshqa yordamchi xonalar qurilishi ko'zda tutilishi, bino tarzi o'zbek xalqining turfa urf-odatlari, go'zal va rang-barang liboslari kabi bezakdor, o'ziga xos betakror go'zallikka ega bo'lishi, ya'ni boshqa binolardan ajralib turishi maqsadga muvofiq.
3. Tsexlar sun'iy shamollatish moslamalari va mehnat xavfsizligini ta'minlaydigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
4. Tikuvchilik korxonalari binolari turar joylarga yaqin qurilganligi sababli uning kam shovqin-suronli bo'lishi ta'minlanishi, bino atrofi ko'kalamzorlashtirilishi, ish joylari, omborxona kabi katta miqdorda og'ir yukga ega, serxarakatli qismlari birinchi qavatga joylashtirilishi va ishchilarning hovliga chiqib tabiat quynida xordiq chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratilishi lozim.
5. Mahallalarda istiqomat qiladigan xotin-qizlarning katta qismi ish bilan band emasligini nazarda tutib, korxonada qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, korxona qoshida kasanachilik faoliyatini keng rivojlantirish orqali kam ta'minlangan oilalarning vakilalarini ish bilan ta'minlash orqali ularni ijtimoiy muxofazalashga erishish, mahalla qo'mitalari va xomiylarning ko'magida tikuvchilik korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga e'tibor qaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |