Mavzu: tikuvchilik sanoati binolari



Download 305,72 Kb.
bet7/10
Sana19.11.2022
Hajmi305,72 Kb.
#868869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-MA\'RUZA S.B.L xemis

Ishlab-chiqarish qismi.
Tikuvchilik korxonasining ishlab chiqarish qismi asosan tsexlardan iboratdir. Tsexlarda albatta tabiiy yorug'lik bilan ta'minlanishi kerak, qoidaga ko'ra yorug'lik ishchi-xodimlar ishlayotgan joyiga chap tarafdan tushishi kerak.
Ichki mikroiqlimning mo''tadilligini ta'minlashda tabiiy yoritilganlik shartlari va tikuv korxonalarida tsexlarning shamollatishga jiddiy e'tibor berilishi lozim. Tikuv, bichuv tsexlari uchun eng yaxshi yo’nalish Janubiy va Janubiy - Sharqiy yo’nalishdir. Bu yunalishda quyosh nurlari yozda xonaga oz chuqurlikda, qishda esa xonaning katta qismigacha kirib boradi. G'arbiy yo’nalishda yozgi quyosh nurlari xonaga chuqur kirib boradi va natijada xona isib ketadi, qishda esa umuman tushmaydi. Janubiy - g'arbiy yo'nalishdagi xonalar Janubiy Sharqiy tomonga qaragan xonalarga nisbatan ko'proq isib ketadi.
Tayyorlov tsexi va bichish tsexi oraliq tom yopma konstruktsiyasiga nisbatan katta kuch berilishini hisobga olgan holda, ularni pastki qavatlarga joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tayyorlov tsexining taxlamlarni ochish bo'limi va tayyor mahsulotlar omborxonasi korxonaning biron bir tomonidan tashqi ko'chaga chiqish joyiga(darvozaga) ega bo'lishi lozim. (faqat fasad tomondan emas) gazlamalar va bichilgan kiyim - kechak qismlarini tashish, ko'tarish – transport vositalari yordamida amalga oshirilib binoning bir qismiga, tayyor mahsulotlarni esa qarama – qarshi tomonga joylashtiriladi.
Tayyorlov tsexining matolarni yaroqsizlikka ajratish bo'limi derazalarga yaqin bo'lishi lozim, bunda faqat shu tsexda gazlama, matolarni ma'lum muddatga saqlash uchun mo'ljallangan stellajlarni esa tabiiy yorug'lik tushadigan derazalardan mumkin qadar uzoqroqqa joylashtirish taqozo etiladi, chunki quyosh nurlari ta'sirida gazlama rangi o'zgarib ketishi mumkin. Tayyorlov tsexini rejalashda gazlama bo'laklarini hisoblash uchun alohida xona ajratilishini ko'zda tutish taqozo etiladi.
Bichish tsexini rejalash uning o'lchamlariga, ustunlar qadamiga, tayyorlov tsexidan gazlama bo'laklarining tarqatish, bichilgan kiyimlarni tikuv tsexiga uzatish xududlarini joylashishiga, buyumlar assortimentiga va qo'llanilayotgan jihozlarning joylashishiga bog'liq bo'ladi.
Jihozlarni tsex ichiga joylashtirish asosan gazlama, matolar yoyiladigan stollarning joylashishiga qarab aniqlanadi. Tsexlarning eni etarli darajada keng bo'lgan korxonalarda gazlamalar yoyiladigan stollar ko'pincha ko'ndalang yo'nalish bo'yicha joylashtiriladi. Bunday joylashtirish bichish tsexlarining kopmleksli mexanizasiyalashtirilishini amalga oshirish uchun ancha rasional variant hisoblanadi. Tsexninig eni etarli darajada katta bo'lmagan yoki gazlamalar yoyiladigan stollarning uzunligi katta bo'lgan hollarda bu stollar tsexning uzunligi bo'ylab joylashtiriladi.
Stasionar lentali mashinalarning bir chiziq bo'yicha joylashtirilishi gazlama qiyqimlarini bartaraf etishni mexanizasiyalash imkonini beradi. Buning uchun ikki yoki uch lentali konveyerlar qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda kompleksli mexanizasiyalash loyixasida pnevmatik konveyerlar qo'llanilyapti, bu konveyerlar orqali qiyqimlar chiqindilarni presslash uchun mo'ljallangan xona (joy)ga etkaziladi. (40-50 m2). Pnevmotarmoqlar lentali pichoqlarning harakatlanish zonasidan changlarni xaydab chiqarish uchun xizmat qiladigan maxsus otvodlar ham o'rnatiladi. Pnevmatik konveyerlar o'rnatilish evaziga tsexdagi changlanish ancha kamayadi.
Bichilgan kiyim-kechaklarni tashishda asosan transport yo'llarini qisqartirish uchun sifatni tekshirish, kesish, komplektlash, nomerlash bo'yicha ish joylarni (o'rinlarini) stasionar lentali mashinalarga ega bo'lgan bitta agregatga joylashtirish yoki bu ish joylarini (o'rinlarini) tayyorlov tsexiga yaqinroq joylashtirish taqozo etiladi.
Eksprimental tsexdagi joylarini belgilashda potok qatori bo'lishiga e'tibor qilish kerak. Masalan, andazalarni aniqlash maqsadida dastlabki modellar tikadigan guruhning ish o'rni bilan andazachilar guruhining ish o'rni modeler-konstruktorlar ish o'rniga yaqin bo'lishi kerak. Andaza qirqadigan va uning chetlariga tunuka qoplaydigan mashina andazachi ish o'rnining yonginasida bo'lishi kerak. Andazalar saqlanadigan ombor andaza tayyorlash guruhi bilan gazlama sarfini normalash guruhi yaqinida bo'ladi. Normalash guruhi uchun andazalar osib qo'yadigan kronshteynlar o'rnatish nazarda tutiladi (ularga eksperimental joylashtirishga ishlatiladigan andazalar osib qo'yiladi.
Tayyorlov va bichish tsexlari bevosita tikuv tsexlarining yaqinida bo'ladi. Bu bichish va tikish tsexlari orasida yaqin texnologik va tashkiliy aloqa o'rnatish imkonini beradi.
Tikuv tsexida loyihalanayotgan potok joylashtirilishi kerak bo'lgan tsexning kengligi hisobga olinadi. Tsexning kengligini 24, 36, 48 m olish tavsiya etiladi. Tsexning uzunligi ham, kengligi ham tirgak kolonnalarning (ustunlarning) qadamiga karrali bo'ladi. Tsex uzunasidagi kolonnalar qadami 6 m, tsexning eni bo'ylab qo'yilgan kolonnalar qadami esa - 6 m yoki 12 m bo'ladi. Masalan, tsexning kengligi 24 m bo'lsa, kolonnalar bir-biridai 12 m oraliqda o'rnatiladi.
Ishlab chiqarish xonalari tikuv tsexi uchun qoidaga ko'ra 1 ishchi-xodim uchun 6-7 m (kvadrat), bichuv tsexlarida esa 1 ishchi-xodim uchun 12 m (kvadrat) olinishi kerak. Shunga ko'ra ishlab chiqarish xonalarining maydoni va tarkibining jadvali tuzildi.
Agregatlarni joylashtirganda tirgak kolonnalar ko'ndalang o'tish yo'llariga to'g'ri kelib qolmasligi kerak. Agregatdagi ish o'rinlari bilan kolonnalar oralig'i kamida 0,4 m bo'lishi shart.
Tikish tsexlari ichida ham tikish, ham pardozlash prosesslari amalga oshishi birinchidan, mahsulot sifatiga va buyumning tovar ko'rinishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi; ikkinchidan, jihozlardan foydalanish darajasi past bo'ladi; uchinchidan, pardozlash prosesslarini mexanizasiyalash, ishchilarga normal sharoit yaratish qiyinlashadi, chunki pardozlash prosessida qo'llaniladigan dazmol va presslardan chiqadigan issiqlik faqatgina pardozlash prosessi zonasigagina emas, balki tikish zonasiga ham tarqaladi.
Hozirgi vaqtda tikuvchilik korxonalarida pardozlash prosesslari alohida pardozlash tsexlarida ixtisoslashtirilib, alohida xonaga loyihalash tavsiya etiladi. Tikish tsexlarida esa faqatgina tikish prosesslari amalga oshiriladi. Bu usul bir qator afzalliklarga egadir: birinchidan, tikish tsexlarida ishchilarning sog'lom mehnat qilishlari uchun normal sanitariya-gigiena sharoitlari yaratiladi; ikkinchidan, chuqur ixtisoslashtirilgan va kontsentrasiyalashtirilgan tikuv tsexlari hamda tikuv tsexlari ichida ixtisoslashtirilgan sektsiyalar, agregatlar tashkil qilish imkoni yaratiladi; uchinchidan, ishlab chiqarish prosesslarini mexanizasiyalashtirish, qimmatbaho va yuqori unumli jihozlar, yarim avtomatlarni joriy qilish va ular quvvatidan to'la foydalanishga erishiladi.
Pardozlash tsexda buyumlarni tikuv tsexlaridan qabul qilib olish va saqlash, buyumlarni pardozlash va saqlash uchastkalari tashkil qilinadi. Buyumlarni qutilarga joylash talab qilingan hollarda taralar tayyorlaydigan joy ajratiladi.
Oxirgi operasiyalarni boshqaruvchi – buyumlarga nam – issiq ishlov berish tsexlarini joylashtirishda yarim fabrikatlarni tikuv tsexlaridan transprt vositasida tashishda qulayliklarining hisobga olinganligi singari, buyumlarni tayyor mahsulotlar omborxonasiga tashishda xam tashish uchun zarur bo'lgan qulayliklarni ko'zda tutish taqozo etiladi.
Shulardan kelib chiqqan holda muallif kichik tikuvchilik binolarining arxitekturaviy-tarxiy kompozisiyasini ikki xil usulda, yaxlit kompozision va blokli kompozision echimlari, ya'ni ma'muriy-maishiy va ishlab chiqarish qismlari bitta majmuaga jipslashgan holda tashkil etish lozim. Shuningdek, korxona o'z ichki hovlisiga ega bo'lishi va ishchi - xodimlar tabiat qo'ynida xordiq chiqarishlari uchun hamma sharoitlar yaratilmog'i lozim. O'zbekistonda bino kompozisiyasining shakllanishidagi asosiy dalillardan biri mahalliy sharoitlarda xalqning ushbu ochiq muhit yordamida inson hayoti uchun muhim bo'lgan mikroiqlimni yaratishda , ishlab chiqarish xonalarini toza havo bilan ta'minlash maqsadida odatda ularni hovli tomonga qaratish bilan hal etish mumkin.

Download 305,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish