Mavzu: Tijorat banklari daromadlari va ularni oshirish yo’llari Reja: Kirish



Download 252,02 Kb.
bet2/8
Sana26.06.2022
Hajmi252,02 Kb.
#707167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sherzod davletov Bank ishi tayyor

Kurs ishining maqsadi. Tijorat banklarining asosiy maqsadini tashkil etuvchi – tijorat banklari daromadining ko’paytirish yo’llarini yanada oshirish va uning barqarorligini taminlash, shu bilan birga respublikamiz bank amaliyotidagi tijorat banklarining oladigan daromadini va daromad olish manbalarini tahlil qilgan holda, ularni respublikamiz tijorat banklari faoliyatiga qo’llash, ya’ni yangi xizmatlar va operatsiyalarni joriy etish.
Kurs ishining vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:
1. Tijorat banklari daromadini shakllanish mexanizmining nazariy asoslarini o’rganish.
2. Tijorat banklari daromadlarini oshirish va yo’llarini aniqlash.
3. Tijorat banklari daromadlarini tahlil qilish
4. Tijorat banklari daromadini ko’paytirish yo’llarini takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, 4 ta reja, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Asosiy qismdagi rejalarda iqtisodiy mohiyati va bank faoliyatida ahamiyati,Tijorat banklari daromadlarining turlari va ularning tarkibi,Bank faoliyatida daromadlarni boshqarish va ularni oshirish yo’llari batafsil yoritib berilgan.

1. Bank daromadining iqtisodiy mohiyati va bank faoliyatida ahamiyati


Iqtisodiyotning jadallashuvi jarayonida har bir iqtisodiy sub’ekt o’zini old o’rinlarda ko’rishni, hamda bozorni egallab, yuqori daromad olib, o’z mavqeyini ko’tarishga harakat qiladi. Bu o’z navbatida raqobat muhitini rivojlanishiga sabab bo’lib, iqtisodiy sub’ektlar xizmat turlarini kengayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga va narxlarining pastlashuviga olib keladi. Iqtisodiy sub’ektlar, xususan tijorat banklari turli moliyaviy o’zgarishlarga dosh berishi, shuningdek bozorda yetakchilikka erishishi uchun, birinchi navbatda moliyaviy barqarorligi yaxshi bo’lishi lozim. Ma'lumki, banklar faoliyatining moliyaviy jihatdan yaxshiligi, ular daromadsining muntazam ko’payib borishi, shu bilan birga ular ustidan nazoratning yetarliligi va samaradorligi bank tizimi barqarorligini ta'minlash va banklarga bo'lgan ishonchni mustahkamlashning asosiy omilidir. Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi hamda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. SHu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining etarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim. Bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti dinamik ravishda rivojlanib borayotgan hamda tijorat banklari oldiga o’z faoliyatlarini xalqaro darajaga yеtkazish talabi qo’yilgan hozirgi vaqtda, tijorat banklari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni boshqaruv usullarini takomillashtirish va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hisobiga amalga oshirishlari mumkin. Boshqaruv usullarini takomillashtirish va boshqaruv bo’yicha tеgishli qarorlarni qabul qilishda iqtisodiy tahlilning o’rni bеqiyosdir. Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy tahlilning nazariy masalalari nafaqat banklarda, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham hozirgi paytda yеtarli darajada ishlab chiqilgan dеb bo’lmaydi. Ayniqsa, bu pul oqimi kontsеptsiyasi, pul mablag’larining vaqtincha qiymati, daromadlilik va xavf o’rtasidagi tafovut, jalb qilingan mablag’lar bo’yicha xarajatlar, krеdit va invеstitsiya portfеlini boshqarish va boshqalarga tеgishlidir.
Tijorat banklari bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlar kabi, faoliyatidan olgan daromadlaridan qilgan sarf-xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda daromad olishlari lozim. Daromad –tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Tijorat banklari daromadsi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa – zarari, ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadalaridan xarajat hamda soliq va to‘lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summa ekan.
Tijorat banklari daromadlari ikki guruhga: foizli va foizsiz daromadlarga ajratiladi. Bank daromadlari tijorat banklari mijozlariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar uchun olingan foizlar, mabodo kreditlarni vaqtida qaytarmagan tarzda mijozlardan yuqori stavkalar bo‘yicha olinadigan foiz daromadlar, qimmatbaxo qog‘ozlar operatsiyalaridan olingan daromadlar, turli xil investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar –kabilar foizli daromadlarga kiradi. Tijorat banklari xarajatlari ham foizli xarajatlar va operatsion xarajatlarga guruhlanadi. Tijorat banklari depozitlariga qo‘yilgan mablag‘larga, olingan kreditlarga to‘langan foizlarga, qimmatbaxo qog‘ozlarga to‘lanadigan foiz va shu kabilarga – foizli xarajatlar deyiladi1. Tijorat banklariga ko‘rsatilgan xizmatlarga (transport, suv, gaz, elektroenergiya va shu kabilarga), xodimlarga ish haqi, ma’muriy-boshqaruv xarajatlarga – operatsion xarajatlar deyiladi. Banklar moliyaviy natijalar tahlilida bu xarajatlarning zarurligi, o‘tgan davrlar bilan o‘zgarganligi, tejamkorlikka rioya qilinganligi o‘rganiladi. Xullas, tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili, ularning daromad va xarajatlari tahlili bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi lozim ekan.
Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalteriya balansi, «Daromad va zararlar to‘g‘risidagi hisobotlardan, hamda audit tekshiruvi, yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zaruriyat tug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik yozuvlaridan olish mumkin.
Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili asosiy vazifalari bo‘lib:
• faoliyat moliyaviy natijalarini (daromad yoki zarar) aniqlash;
• daromadning belgilangan reja, o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish;
• daromadning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o‘zgarganligini o‘rganish hamda bu o‘zgarish sabablarini aniqlash;
• faoliyat davomida tejamkorlikka rioya qilinganligini o‘rganish;
• rentabellik (daromadlilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o‘zgarayotganliklarini o‘rganish;
xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko‘paytirib, daromadsini ko‘paytirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar.
Respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondirish muhim masalalardan hisoblanadi. Bunda esa moliyaviy mablag‘larning muhim manbasi sifatida bank aktivlari muhim o‘rin tutadi. Tijorat banklari faoliyatining asosiy qismini aktiv amaliyotlari tashkil qiladi. Aktiv amaliyotlar – bankning daromad olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali joylashtirishi bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, banklar aktivlari hajmining o‘sishi bilan bir qatorda bank aktivlari tarkibida muammoli, ya’ni qaytishi dargumon bo‘lgan aktivlar hajmining o‘sishi, bank aktivlarining muayayn sohaga yig‘ilib qolishi natijasida aktivlar tavakkalchiligi darajasiningortishi, bankda daromad keltirmaydigan aktivlar hajmining me’yor darajasidan oshib ketishi kabi salbiy holatlarning yuzaga kelish ehtimoli ham ortadi. Fikrimizcha, bunday sharoitda banklarda samarali menejment tizimi, ya’ni maqbul boshqaruv mexanizmini rivojlantirish asosiy masalalardan hisoblanadi.
Bank menejmenti moliyaviy menejmentning asosiy bo‘g‘ini sifatida o‘zida bank faoliyatini samarali tashkil etish, boshqarish va istiqbolli rivojlantirishning aniq mexanizmini qamrab oladi. Zamonaviy bank menejmenti tizimi bankni rivojlantirish, moliya instrumentlarini hamda hududlarda bank tarmoqlarini kengaytirish, raqobat siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, muloqot strategiyasini rivojlantirishni samarali boshqarishga oid munosabatlarni mujassamlashtiradi
Banklarda aktivlarni boshqarish masalalari bank menejmentining asosiy yo‘nalishi sanaladi. Bunda bank menejmentining muhim unsurlaridan hisoblangan – rejalashtirish, tahlil (monitoring), muvofiqlashtirish, nazorat (baholash) tamoyillari bank aktivlarini boshqarishning tashkiliy asoslarini ifodalaydi. Bank aktivlarini boshqarishda strategik, tavakkalchilik, sifat, marketing, innovatsiya kabi menejmentning turi usullaridan foydalanish zarurati asoslab berilgan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasini ko‘rsatishicha, bank aktivlarini boshqarish, aktivlarning samaradorlik darajasini saqlab turish, aktiv operatsiyalar hajmini oshirib borish banklarni rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Bunday vaziyatda bank aktivlarini to‘g‘ri boshqarish orqali bankning resurslar bazasini mustahkamlash, aktiv amaliyotlarni ko‘paytirish asosida bank daromadini oshirish talab qilinadi. Bundan tashqari, moliya bozorida banklarning raqobatbardoshligini mustahkamlash, mijozlar, aksiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini to‘liq kafolatlay oladigan bank mexanizmini shakllantirish ko‘p jihatdan banklarda aktivlardan samarali foydalanish, xarajatlar samaradorligini oshirish kabi bir qator ichki imkoniyatlardan keng foydalanishni talab etadi2.
Aktivlarni boshqarishda asosiy e’tibor tavakkalchilikning eng past darajasi sharoitida daromadlar va xarajatlar orasidagi ijobiy farqni mumkin qadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishga qaratilishi zarur.
Taraqqiyot ilgarilab borayotgan hozirgi sharoitda banklar faoliyatini, xizmatlar turini ko‘paytirish, reklama va boshqa zamonaviy usullar yordamida mijozlarni kengroq jalb etish zamon talabiga aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirshda banklarning rolini yanada oshirishga xizmat turlarini ko‘paytirishga, qolaversa, jahon bank amaliyotini chuqur tahlil qilgan holda respublikamizda universal bank tizimi faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishni taqozo etadi.

2. Tijorat banklari daromadlarining turlari va ularning tarkibi


Tijorat banklari daromadlarini shakllanishida ularning oladigan daromadlari ikki guruhga: foiz daromadlari va foizsiz daromadlar, ya’ni turli xil xizmatlar va tijorat faoliyatidan olingan daromadlarga bo’linadi. Foizli daromadlar - oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka bo'yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo'lib banklar o'z kapitalini tezroq ko'paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ulardan daromadlanib ko'proq daromad olish uchun qisqa muddatli kreditga ko'proq mablag’ yo'naltiradi. Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari tarkibi manbalari to’g’risida batafsil ma’lumotlarni quyidagi 1-jadvalda ko’risimiz mumkin bo’ladi. Foizli daromadlar bankka foiz ko’rinishida keladi



Download 252,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish