3-jadval7
Foizli daromadlar joriy yilda o’tgan yilda nisbatan 32,8 foizga o’sgan bo’lsa, foizsiz daromadlar o’tgan 2021-yilga nisbatan 37,0 foizga oshganligini ko’rishimiz mumkin. Xozirgi davrda bank daromadlarinini jadallik bilan divertifikatsiya qilishga ur’gu berilmoqada.Buning yaqqol misolini so’nggi yillarda tijorat banklari daromadlari tarkibida foizsiz daromadlarning oshib borayotganini yaqqol misol tariqasida ko’rishimiz mumkin.
Quyidagi 4-jadvalda ATB “Hamkorbank”ning foizli daromadlarining 2012-2014-yillar oralig’idagi holatini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
4-jadval8
ATB “Hamkorbank” ning foizli daromadlari (ming.so’mda)
Foizli daromad
|
2019-yil
5-yanvar
|
2020-yil
5-yanvar
|
Farqi
(so’m)
|
Farqi
(foiz)
|
Kreditlar bo'yicha
foizli daromad
|
150 208 238
|
200 205 325
|
49 997 087
|
30,99
|
O'zR Markaziy banki va boshqa banklar hisobvaraqlari bo'yicha foizli
daromad
|
1 525 256
|
1 754 568
|
629 312
|
15,1
|
So'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli
daromad
|
498 630
|
231 342
|
-409042
|
-52,47
|
Boshqa foizli
daromadlar
|
35 441
|
50 060
|
14 619
|
41,2
|
Jami:
|
152 267 565
|
202 391 235
|
50 228 346
|
32,9
|
Yuqoridagi jadval asosida AT “Hamkor bank”ning foizli daromadlari 2020- yilda 2019-yilga nisbatan ko’paygan. Joriy yilda bankning foizli daromadlari
202 391 235 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2019-yilda esa bu ko’rsatkich 152 267 565 ming so’mni tashkil etgan. Oshgan daromad miqdori 50 228 346 ming so’mni tashkil etgan. Bank daromadlarining o’sishiga kredit bo’yicha foizli daromadlarning ulushining ko’payishi asosiy sabab bo’lgan. Kredit bo’yicha foizli daromadlar 2020-yilda 200 205 325 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich o’tgan 2019-yilda 150 208 238 ming so’mni tashkil qilgan. Bundan shuni aniqlashimiz mumkinki, bankning kredit bo’yicha foizli daromadlari 2020-yilda deyarli 31,0 foizga oshib, ko’paygan summa 49 997 087 ming so’mni tashkil qilgan. Shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, boshqa foizli daromadlar ham 2020-yilda 2019-yilda nisbatan oshgan.
ATB “Hamkorbank”ning foizli daromadlari guruhidan ba’zi bir daromadlari o’tgan yil bilan taqqoslanganda kamayganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Bu foizli daromadlar guruhiga O'zR Markaziy banki va boshqa banklar hisobvaraqlari bo'yicha foizli daromad, so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad misol bo’ladi. Har bir daromad turini alohida tahlil qiladigan bo’lsak, so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad 2020-yilda 231 342ming so’mni tashkil qilgan bo’sa, 2019-yilda bu ko’rsatkich 409 042 ming so’mni tashkil qilgan. O’tgan yilga nisbatan so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad 52,47 foizga kamayganligini guvohi bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |