Mavzu: Tijorat banklari daromadlari va ularni oshirish yo’llari Reja: Kirish


Bank faoliyatida daromadlarni boshqarish va ularni oshirish yo’llari



Download 252,02 Kb.
bet7/8
Sana26.06.2022
Hajmi252,02 Kb.
#707167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sherzod davletov Bank ishi tayyor

4.Bank faoliyatida daromadlarni boshqarish va ularni oshirish yo’llari
Bank tizimi bozor iqtisodiyotida o’z mazmun-mohiyati va tashkiliy darajasi bo’yicha islohotlarning hozirgi bosqichida eng ilg’or va ahamiyatli bo’g’in bo’lishi uchun zaruriy choralar ko’rilmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab bank tizimini mustaqkamlashga alohida ahamiyat berilayotganligi va bu sohadagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi o’z samarasini bermoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini qo’llagan holda juda ko’p bank operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mijozlarning joylashgan joyidan qat’i nazar, banklar aloqa vositalari orqali uzoq masofadan turib ularga xizmatlar ko’rsatmoqda. Texnologik rivojlanishdagi yutuqlar tufayli bank operatsiyalarini amalga oshirishda geografik omil ta’siri kamayib, bank xizmatlari hajmi yanada kengaymoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, respublika tijorat banklari xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga va xalqaro moliya bozorlarida faoliyat yuritishga intilar ekanlar, ularning faoliyatlari bank nazoratining xalqaro andozalariga javob berishi taqozo etiladi. Bank nazorati amaliyotini xalqaro andozalarga va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda tashkil etish maqsadida, 1996 yildan boshlab Respublika Markaziy banki Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bank rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ustida ish olib bora boshladi.
Bank muassasalarining asosiy ish prinsipi kamroq xarajat qilib, ko’proq daromad olish hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal daromad olish hisoblanadi. Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat tasarrufidan chiqarilishi sababli xarajatlarni minimallashtirishga qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda olingan barcha daromadlardan qilingan xarajatlar chegirib tashlash orqali oxirgi natija daromad yoki zarar aniqlanadi. Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog’liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Odatda, banklar o’z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag’lar, shuningdek, kredit riski bilan bog’liq bo’lgan yo’qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar.

    • Tijorat banklari daromadining shakllanishi jarayonida daromadning xarakterli belgilari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xarakterli belgilarga quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin:

    • tijorat banklari akkumlyatsiya qilingan mablag’larning egalari bo’lmasada, shu mablag’larni faoliyat ko’rsatuvchi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning oborotiga joylashtiradilar va foiz shaklida daromad oladilar.

    • tijorat banklarining daromadi har doim alohida tovar shakliga ya’ni pul shakliga egadir, shuning uchun ham u hech qachon tovar substansiyasini yo’qotmaydi

Tijorat banklari daromadsining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish sohasida muomala xarajatlari to’liq foizlar hisobidan qoplanadi. Natijada, tijorat banklarida daromad olingan foizlar va muomala xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida shakllanadi. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish. Bunda asosiy e’tiborni qo’shimcha aksiyalar, hamda obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuvni oshirish mumkin. Tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni ham samarali bo’ladi. Bunda omonatlar turlarini ko’paytirish va reklamalar orqali ular jozibadorligini oshirish mumkin deb o’ylayman.
Tijorat banklari faoliyatida ularning oladigan daromadlari va manbalarini o’rganish muhim hisoblanadi. Tijorat banklarining daromadlarni shakllantirish borasidagi amalga oshirilishi zarur bo`lgan yo`nalishlarni takomillashtirish bizning fikrimizcha quyidagilar hisoblanadi:

    • ehtimoliy хatarlar darajasi cheklangan holda eng katta daromad olish maqsadida bank balansining eng maqbul tuzilishini shakllantirish;

    • sarmoya yetarliligi va likvidlikni nazorat qilish;

    • sarmoya bazasi bankning aktiv operatsiyalari o`sishiga adekvat tarzda o`sishini ta’minlash; mijozlarning manfaatlarini muhofaza qilish;

    • standart teхnologiyalarni har bir mijozga individual yondashuv bilan uyg`unlashtirish asosida mijozlar bilan ishlash ideologiyasini takomillashtirish;

    • mijozlar bazasini kengaytirish;

    • operatsiyalar rentabelligi va bozordagi shart-sharoitni baholash asosida yagona foiz va tarif siyosatini hayotga tadbiq etish;

    • boshqaruv tizimini takomillashtirish;

    • mijozlar ishonchi, хizmat ko`rsatish tariхi, an’analari va tajribasi kabi raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish;

    • bank balansi yanada o`sishini ta’minlash va hokazolar.

Bank faoliyatidagi risklarni aniqlash va likvidlilikning muvozanat- lashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har kunlik nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish kerak. Shuning uchun, operativ holatda analitik ishlarni bajarish uchun ma’lumotlarni olinishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar bazasini tuzish kerak. Bunga asosan, bankning strategik rivojlanish siyosati aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda manba sifatida kredit va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar, kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj xaqida ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha ma’lumotlar, kreditlarning aylanishi haqida ma’lumotlar va boshqa shu kabi ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. Hamda banklar tomonidan kredit berilayotganda, mijozni kreditga layoqatliligini baholashda faqat uchta koeffisiyent bilan cheklanib qolmasdan, ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, hamda ularni baholashni skoring usulini kengaytirish.
Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan har kunlik likvidlilik va to’lovga layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank operatsiyalarini kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish kerak. Bu esa bank mablag’larini joylashtirish, resurslarni jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish, bankning boshqa muassasalarga ulush qo’yishni ko’paytirish, yangi daromad topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini bog’lab bitta yechim topishga yordam beradi.
Banklar faoliyatida daromad ko’payishida ularning aktivlarining daromadliligi asosiy masala hisoblanadi. Bugungi kunda ko’pgina banklarimizda daromad keltirmaydigan aktivlar sezilarli miqdorlarni tashkil etgan. Mamlakatimiz tijorat banklari daromadsini ko’paytirish asosiy vazifalardan biri garomadlar keltirmay- digan aktivlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Quyidagi 2-rasmda aktivlarining umumiy hajmida pul shaklida daromad keltirmaydigan aktivlarning salmog’i ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
5-rasm.Tijorat banki aktivlarining umumiy hajmida pul shaklida9
Rasm ma’lumotlaridan shuni ko’rish mumkinki, 2020-yil 1-yanvar holatida tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida daromad keltirmaydigan aktivlarining mamlakatimiz bank tizimida sezilarli ko’rsatkichlarni tashkil etgan. jumladan eng yuqori ko’rsatkich daromad keltirmaydigan aktivlar bo’yicha AT Sanoatqurilishbank tegishli bo’lib, bu ko’rsatkich tijorat banki umumiy aktivlari hajmida 31,2 foizni tashkil etgan. Bu bank daromadlarining kamayishi va natijada yakuniy moliyaviy daromadning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. TIF Milliy bank daromad keltirmaydigan aktivlarining miqdoriy ko’rsatkichi tijorat banki umumiy aktivlari hajmida 30,6 foizni tashkil etgan. shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari ichida daromad keltirmaydigan aktivlar ulushi bo’yicha yaxshi ko’rsatkich Asaka bankka tegishli bo’lib, bu 21,7 foizni tashkil etgan. Bu albatta bank aktivlarining daromadliligini oshishini ta’minlaydi. Yevropa bank amaliyotida esa daromad keltirmaydigan aktivlar umumiy aktivlar hajmida juda kam miqdorni tashkil etgan.
Bank tomonidan aktiv operatsiyalar bir vaqtning o’zida qonuniy me’yorlarga roiya qilgan, bank likvidligini ta’minlagan, alohida operatsiya turlari bo’yicha risklarni mutanosib taqsimlagan holda daromad olish maqsadida amalga oshiriladi. Ko’proq daromad keltiruvchi (yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar, valyuta bilan bog’liq operatsiyalar, komission daromadlar kabi) operatsiyalar hajmini oshirib, daromad keltirmaydigan operatsiyalar hajmini mumkin qadar kamaytirish kerak. Bundan tashqari, ko’rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish maqsadida daromad keltiruvchi operatsiyalarning yangi ko’rinishlarini qidirib topish zarur. Shuningdek, barqaror daromadlarni ham oshirish lozim.
Quyidagi aktiv operatsiyalar hajmini oshirish kerak:

  • yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning turlarini yanada ko’paytirish, ularni turli xil maqsadlarga yo’naltirish va bu borada qulay shart-sharoitlarni yaratish;

  • davlat va yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarni ko’paytirish, o’z nomi va o’z hisobidan chiqariladigab qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmini kengaytirish;

  • investitsion loyihalarni amlaga oshirish;

  • lizing operatsiyalarning yana yangi turlarini amaliyotga joriy etish.

Jahon svilizatsiyasi jadallik bilan rivojlanayot paytda, dunyoda birja bozorining ahamyati ham ortib bormoqda. Hozirda jahonning ko’plab banklari bu soha bilan shug’ullanmoqdalar Biz bu sohani O’zbekistonda ham juda tez rivojlanishi uchun banklar xizmatidan foydalanishimiz, to’g’rirog’i bu sohani bank xizmat turlaridan biriga aylantirishimiz kerak. Bu bilan har bir jismoniy va yuridik shaxs qo’shimcha daromad manbai sifatida shug’ullanishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasida banklarning daromadsini yanada oshirish uchun quyidagilar amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:


-xalqaro amaliyotdan daromadlangan holda bank nazorati samaradorligini oshirish;
-Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to’liq moslashtirish;
-mijozlarni kreditga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish va yangicha baholash usullaridan foydalanish;
-banklarda yangi turdagi xizmat turlarini tashkil etish orqali ularning rentabellilik darajasini, hamda jozibadorligini oshirish;
-ichki audit xizmatini takomillashtirish orqali, bank filiallari ulardan maslahatchi sifatida daromadlana olish imkoniyatini yaratish;
-banklar joriy likvidlilikning talablarini bajarishi uchun Markaziy bank tomonidan obligatsiya va sertifikatlarni chiqarish;
-banklarda marketing va menejment xizmatlarini rivojlantirish yordamida banklar moliyaviy ahvolini yaxshilash va boshqalar.
-banklarning elektron tijorat faoliyatini yanada rivojlantirsh va ular bo’yicha yangi qonunlar joriy etish.
- tijorat banklari o’z faoliyatini yanada kengaytirish uchun ular daromad solig’ining tushirilishi, shuningdek imtiyozlar belgilanishi.
Umumiy daromadda daromad ulushining kamayishiga foizli va foizsiz xarajatlarning ham ta’siri bor, shuning uchun bu xarajatlarni kamaytirish maqsadga muvofiq.
Foizli xarajatlar: jalb qilingan resurslar hajmi, deposit bazasining strukturasi, jalb qilingan resurslarning foiz stavkalari kabilarga bog’liq
Quyidagi xarajatlarni qisqartirishga erishish kerak:

  • foizsiz xarajatlar (valyuta operatsiyalarida, qimmatli qogo’z bilan bog’liq operatsiyalarda, vositachilik xarajatlari);

  • ma’muriy boshqaruv bilan bog’liq xarajatlar.

Bank xarajatlarini kamaytirish orqali resurs bazaning tarkibi yaxshilash ya’ni mijozlarning depozitlarini ko’paytirish va qimmat depozit vositalarining (masalan banklararo kreditlar) ulushini kamaytirish imkonini beradi.
Raqobatchilik sharoitida bank tomonidan taklif etilayotgan har bir mahsulot yoki xizmat turlari mijozlarga tushunarli, qulay va mashhur bo’lishi kerak.
Internetdagi ma’lumotlar hajmini yanada ko’paytirish, mijozlarga xizmat ko’rsatishning qulay usullarini qo’llash, taklif etilayotgan mahsulot va xizmat turlari, ularning afzallik tomonlari to’g’risida, umuman bankning texnologik imkoniyatlari haqida mijozlarga ko’proq va batafsil ma’lumotlarni qiziqarli qilib reklama yordamida yetkazish mumkin. Zaruriyat tug’ilsa, mijozlar uchun maxsus seminar va konferensiyalar, maqsadli reklama aksiyalarini tashkil etish lozim. Bunday ishlar mijozlarning shu bankka bo’lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi aytib o’tilgan fikrlarimiz hamma banklarimiz amalayotida ham qo’llanilib kelinmaydi, ayniqsa bank o’z faoliyatida filiallar bilan bog’liq faoliyatga ham alohida va chuqur e’tibor qaratib ularning sifatini oshirishlari kerak. Zero, bunday qilingan samarali harakatlar albatta o’z samarasini ko’rsatib,bank daromadsini oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa
Mazkur kurs ishida ko’tarilgan mavzudan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, Respublikamiz tijorat banklarining asosiy daromad manbasi kreditdan oladiga foizli daromadlar ekanligini ko’p bora ta’kidlab o’tdik. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyotida kreditdan foydalanish uchun to`lanadigan foiz darajasi iqtisodiy jihatdan belgilangan chegarasiga ega. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o`rtacha tarmoq rentabellik darajasi foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilab beruvchi mezondir. Shu narsadan kelib chiqqan holda kredit olgan хo`jalik yurituvchi sub’ekt uchun ushbu darajadan ortiqcha foizni to`lash maqsadga muvofiq emasdir. Kredit uchun olinadigan foizning quyi chegarasi esa bank tizimining ob’ektiv zaruriy хarajatlar normasi bilan belgilanadi.
Respublikamiz tijorat banklarining daromadlarini oshirish, bank foydasini ko’paytirish maqsadida quyidagi takliflarni kiritishimiz mumkin:
1. Tijorat banklarining foizli daromadlarini yalpi daromad hajmidagi salmog’ining mo’tadil darajasini ta’minlash, bunda jami daromad tarkibida foizli daromadlarning ulushini 70% va undan ortiqroq qilishga erishish lozim. Bu ishlarni bajarishda maxsus fondlar yordamidan kengroq foydalanish zarur.
2. Tijorat banklariga barqaror resurs manbalarini ko’proq jalb qilib, shu orqali har xil kutilmagan zararlarnin kamaytirishga erishish kerak.
3. Banklarda innovatsion texnologiyalar va yangi zamonaviy xizmat turlarini ko’proq qo’llagan holda bank faoliyatining samaradorligini oshirish va bu orqali operatsion va boshqa xarajatlar salmog’ini kamaytirishga erishish lozim.
4. Tijorat banklarida marketing tadqiqotlarini samarali va keng yo’lga qo’yish orqali banklarga yangi mijozlar jalb qilishni takomillashtirish tizimini yaratish kerak, bu esa o’z navbatida bank foydasini yanada ko’paytirishga xizmat qiladi.
5. Foyda va zararlarni chuqur tadqiq etishda foyda va rentabellikni o’stirishning ichki imkoniyatlarini aniqlashda, bank foydasini o’stirish yuzasidan har tomonlama asoslangan xulosalarni chiqarishda moliyaviy hisobotlarning takomillashgan tartibini joriy etish lozim.
6. Respublika tijorat banklarining moliyaviy bozordagi operatsiyalarini rivojlantirish.
Yuqoridagi takliflarni bank amaliyotida qo’llanilishi tijorat banklari daromadini oshirishga yordam beradi degan umiddamiz.

Download 252,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish