3. Tijorat banklari daromadlari tarkibi va joriy holati tahlili Banklar daromadlarini tahlil qilishda dastaval ularning tarkibi va dinamikasi o‘rganiladi. Daromadlarning o’z vaqtida tegishli hisobvaraqlarda to’g`ri aks ettirilishi, daromad va xarajatlarning har bir moddasining jami daromadlardagi hissasi birma-bir tahlil qilinadi. Bundan tashqari daromad va xarajatlarni o’tgan davr bilan taqqoslagan holda ham tahlil qilinadi. Bank daromadlarining qonuniyligini tekshirish audit tekshiruvlarinnig asosini tashkil qiladi. Bank daromadlarining har bir hisobi alohida tekshirilib, natijalari hisobotda aks ettirilishi kerak.
“Foyda va zarar to’g’rida”gi hisobot foydaning shakllanishi va yakuniy miqdori bilan bog’liq bank daromad va xarajatlari shakllanish jarayonini faol boshqarish imkoniyatini beruvchi asosiy ma’lumotlar manbaidir. Bu moliyaviy hisobotning asosiy ko’rsatkichi sof foyda hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Chunki tijorat banklari joriy va investitsion xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy, birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa banklarning daromadlilik mohiyatini chuqur anglab yetish va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil qilish zarurdir. Tijorat banklarining moliyaviy natijalari asosiy o’rganiladigan masalaning eng muhim
jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank rivojlanishi uchun uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi.
Foizsiz daromadlar “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning “Xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” satridan boshlaydi. Bu satrda bankning O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar uchun, akkreditivlar va akseptlar bo`yicha, overdraft bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan vositachilik haqi va to`lovlar ko`rinishida hisoblangan daromadlar, kredit majburiyatlari bo`yicha, menejment bo`yicha, mahalliy va xorijiy to`lovlar bo`yicha, inkasso operatsiyalari bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan daromadlar va vositachilik va xizmatlar uchun to`lovlar ko`rinishida boshqa daromadlar aks ettirilishi lozim.
“Valuta operatsiyalaridan olingan foyda” valutani sotish, sotib olish va valyuta bilan amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalardan olinadigan foydani o`zida aks ettiradi. Bu satrda quyidagilar o’z ifodasini topadi:
• 45401 “SPOT” bitimi bo`yicha xorijiy valyutalardagi foyda;
• 45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo`yicha xorijiy valyutalardan foyda;
• 45409 Valuta transaksiyalari bo`yicha foyda.
“Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar”- ushbu satrda xususiy kapitalga qilingan investitsiya bo`yicha olingan dividendlar aks ettiriladi.
“Investitsiyalardan olingan foyda”- bu satr bankning qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlarni o`zida aks ettiradi. Quyidagi hisobvaraqlarning qoldiqlari bu satrni tashkil qilishi lozim:
• 45801 Obligatsiya va boshqa qarz vositalariga qilingan investitsiyalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
• 45803 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
• 45805 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda.
“Sof pul moddalari bo`yicha foyda”- ushbu satrda inflyatsiya ta`sirini hisobga olish uchun hisobot moddalarini qayta hisoblash natijasi aks ettiriladi. “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu satrga yuqoridagi satrlarga kiritilmagan daromadlar kiritiladi. Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat banklarining ko`pchilik qismida aynan foizsiz daromadlarning ulushi deyarli foizli daromadlarning ulushiga teng. Bu banklarning asosiy faoliyat turi hisoblanadigan operatsiyalardan kam daromad olayotganligini anglatadi. Ushbu satr:
• 45901 Bankning asosiy vositalari ijarasidan olingan daromadlar;
• 45905 Bankning boshqa ko`chmas mulkka qilingan investitsiyalardan olingan daromadlar;
• 45909 Bankning asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda;
• 45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan daromadlar
• 45994 boshqa foizsiz daromadlar hisobvaraqlar qoldiqlarini o`zida aks ettiradi22.
Tijorat banklari daromadlari tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olishda ular avvalambor tan olinadi va shundan so‘ng daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi:
Debet 16401 – «Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar»;
Kredit 45249 – «Mahalliy to‘lovlar bo‘yicha vositachilik xizmatlari uchun olingan daromadlar».
Hisoblangan daromad undirilganda esa:
Debet - mijozning hisobvarag‘i;
Kredit 16401 – «Hisoblangan vositachilik haqi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar».
Fikrimizcha, 16401, 16405, 16409, 16413 shaxsiy hisobvaraqlardagi hisoblangan foizsiz daromadlarning o‘z vaqtida to‘lanmaganlarini hisobga olish uchun 16477 – «Olish uchun hisoblangan, shartnoma muddatida to‘lanmagan foizsiz daromadlar» hisobvarag‘ini kiritsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Banklarning moliyaviy natijalari hisobot davrid (oy, chorak, yil) 31206- “sof foyda (zarar)” hisobvarg’ida hisobga olinadi.
Bank balans foydasi uning haqiqatda olingan daromadlari (40000- “Daromadlar”) va xarajatlari (50000-“Xarajatlar”) o’rtasidagi ijobiy farq sifatida vujudga keladi. Bank balans foydasi yil davomida shakllanib boradi, bank ma’lum oy yoki chorakni foyda bilan emas, balki zarar bilan ham yakunlashi mumkin, lekin uning moliyaviy holatiga baho berilganda hisobot yilining oxiridagi natijalari e’tiborga olinadi.
Tijorat banklari foydasi tahlilining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar:
faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;
foydaning belgilangan reja, o’tgan davrlardan farqini o’rganish;
foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o’zgarganligini o’rganish hamda bu o’zgarish sabablarini aniqlash;
faoliyat davomida tejamkorlikga rioya qilinganligini o’rganish;
rentabellik (foydalilik) ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o’zgarayotganliklarini o’rganish;
xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko’paytirib, foydasini ko’paytirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar.
Quyidagi 3-jadval ma'lumotlaridan shuni ko'rishimiz mumkinki, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari 2021-2022-yillar davomida o'sish tendensiyasini tashkil qilgan. 2013-yil davomida banklarning jami daromadlari 17 499 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2022-yil davomida jami daromadlar o’tgan yilda nisbatan 33.5 foizga oshib, 23 376 mlrd so’mga yetgan.