Mavzu: Tijorat banklari daromadlari va ularni oshirish yo’llari
Reja:
Kirish
1. Bank daromadining iqtisodiy mohiyati va bank faoliyatida ahamiyati
2. Tijorat banklari daromadlarining turlari va ularning tarkibi
3. Tijorat banklari daromadlari tarkibi va joriy holati tahlili
4. Bank faoliyatida daromadlarni boshqarish va ularni oshirish yo’llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari turli mulk shakliga asoslangan tijorat banklari shakllandi va ko’paydi. Bozor munosabatlarining muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. O’z navbatida bu kabi vazifalarning bajarilishi banklarning daromadlilik, barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash hamda ularning mijozlar jalbdorligini oshiradi va bu ishlarda amalga bajarish uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya vaoperatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Albatta, ularning barqaror faoliyat olib borishi, yuqori daromadlilikka erishishi, birinchi navbatda o’z faoliyatining davomiyligi va uzluksizligini ta’minlasa, ikkinchi navbatda esa mamlakat iqtisodiy o’sishiga ham ijobiy holda ta’sir ko’rsatadi.
Banklar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi organ hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlash, bo’sh pul mablag’larini yig’ish va ularni pul zarur bo’lgan sub’ektlar o’rtasida taqsimlash bo’yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa sub’ektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag’larga tayanib ishlaydilar. Bu esa o’z navbatida bank ishining risklilik darajasini oshiradi. Chunki bank bir tomondan unga o’z jamg’armalarini ishonib topshirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan bank o’z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab, banklar mablag’larni doimo iqtisod qilib ish olib boradilar.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bank sektorining samarali faoliyati bilan bog’liq. Raqobat sharoitida bank faoliyatining omad kaliti bo’lib, bank ichki imkoniyatlarini va raqobatchilarning hatti-harakatiga hamda bozor konyukturasidagi o’zgarishlarga bevosita javob bera olish qobiliyati hisoblanadi. Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to’g’ri tashkil qilish bilan bog’liq bo’lmasdan, balki yuqori daromad olish manfaati bilan tashqi sharoitlarga moslashish hamdir. Bu borada bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qabul qilingan dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni sozsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi.
Banklarning samarali faoliyat olib borayotganligi o’z navbatida ularning daromad ko’rib ishlayotganligidan dalolat beradi. Albatta, bu maqsadga erishish banklarning depozit va kredit mexanizmini samarali ishlashini ta’minlash, shuning bilan - ishlab chiqarishning o’sishi, investitsiyalarni keng jalb etilishi, iqtisodiyot sub’ektlari faolligiga ijobiy ta’siri, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga to’g’ridan-to’g’ri ko’maklashadi. Ayni vaqtda, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish, ular daromadsini ko’paytirish va takomillashtirish borasida hal qilinmagan masalalar, kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Chunonchi, mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatida daromad keltiruvchi operatsiyalar va xizmatlarning miqdorining cheklanganligi, tijorat banklarining aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog’ining nisbatan yuqori darajada qolayotganligi, ayrim yirik tijorat banklarining barqaror resurslar bazasining zaifligi, tijorat banklarining resurs bazasini shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi majburiy zaxira talabnomalarining mavjudligi, banklarning kredit portfelini diversifikatsiya qilish borasidagi va boshqa shu kabi ko’plab o’z yechimini kutayotgan muammolar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |