qoladilar. Har qadamda ularni marhumning arvohi izma-iz quvib, qasos
olayotgandek bo'laveradi.
MORIS METERLINK (1862-1949-y.)
Asil belgiyalik adib Moris Meterlink simvolizm oqimining eng ulkan
dramaturgi va nazariyachisi sifatida maydonga chiqdi.
Meterlink ijodi fransuz madaniyati bilan bog'liq bo'lib, bu ijod XIX asr oxiri —
XX asr boshlarida drama va teatr rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatdi.
Meterlink o'z estetikasini shunday falsafiy qarashlar asosida yaratgan.
Uning
estetikasida «ruhiyat teatri» nazariyasi va «sukut» nazariyasi alohida o'ringa ega.
«Ruhiyat teatri» nazariyasi «kundalik turmush mushkiloti»ni ochishga
qaratilgan. Sahnada zohiriy, ya'ni tashqi voqealar emas, balki insonning ichki
hayoti, uning ruhiyat olamiga tobeligi ko'rsatilishi kerak.
Meterlinkning «Malikayi Malen» (1889), «Chaqirilmagan», “So'qirlar” (1891),
«Ichkarida» (1894) va «Tentajilning o’limi» (1894) pyesalari shunday estetik
qarashlar mahsuli sifatida tug'ilgan. Bu asarlarda Meterlink ijodining
ilk davriga
xos tarzda inson ojizligi va insoniyatning halokatga mahkumligi muammosi
ko'tarilgan.
Meterlinkning ilk pyesalarida taqdir qudrati, insonning kuchiga ishonchsizlik,
inson umrining besamar va halokatga mahkumligi shoirona jo'shqin his-
kechinmalar orqali ifodalangan. Ayni zamonda Meterlink yangi
usuldagi teatr,
yangi sahnaviy ifoda shakllarini izlaydi.
Shuni ta'kidlash lozimki, Meterlink o'z ijodiy izlanishlarida dramaturgiya va
sahnaviy ifoda sohasida A. P. Chexov ochgan yangiliklarga yaqin keladi. Bular
kundalik turmushhing alam-iztiroblarini ochish, g'ayrioddiy qahramonlardan voz
kechish, dramatik to'qnashuvlarni yangicha usulda tuzish, «ostki oqim», tubma'no
tamoyili, sukut va kayfiyat omillaridan foydalanish kabilar edi.
XX asrning boshlarida Meterlink dramaturgiyasining tabiati o'zgara boshlaydi.
1903-yili yozilgan «Ko'k qush» ertagida Tiltil degan bolakay
bilan uning singlisi
Mitilning mo'jizaviy ko'k qush (ideal)ni izlab topishlari orqali Meterlink insonga
mehr-shafqat baxsh etuvchi ilhom shavqiga to'la nafosat olamini chizib berdi. Bu
yerda ko'k qush baxt va nafosat timsoli tarzida namoyon bo'ladi.
1903-yili yozilgan «Avliyo Antoniy karomati» hajviy rivoyati burjua
riyokorligini fosh etuvchi asar sifatida shuhrat topdi. Boyvuchcha marhuma Ortans
xonimning dafn etilish kuni uning qarindoshlari go'yoki achingan bo'lib yig'i
ko'taradilar. Shu asnoda kutilmaganda juldur kiyimli afandi sifat kishi paydo bo'lib,
marhumani tiriltirishi mumkinligini aytadi. Lekin uning boyligiga ega bo’lish
ilinjida turgan yaqinlari
buni zinhor istamas, faqat xizmatkor qiz Virjinigina
marhumaning o'limidan astoydil qayg'urganligi ma'lum bo'ladi.
1949-yili chop etilgan «Janna d'Ark» dramasi Meterlinkning so'nggi asari bo'lib
qoldi... Unda dramaturg frantsuz xalqining fidoyi qizi Janna d'Arkning
qahramonona hayoti haqida hayajon bilan hikoya qilingan. Muallif fashizm ustidan
g'alaba qozonish yo'lida jonlarini qurbon qilgan vatandoshlari, Qarshilik harakati
qahramonlarining mardonavor kurashiga hamohang asar yaratishga intilgan edi.
Belgiya adibi Meterlinkning ijodi XIX—XX asrlar bo'sag'asida G'arbiy Ovro'po
dramasi rivojida muhim bosqich bo'lib, u ushbu davr estetikasi
va teatr amaliyoti
rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: